2. Axborot
urushi
va uning
mazmuni. Insonlararo
o‘zaro munosabatlardagi xar qanday ziddiyat – bu, axborotlar
ziddiyatidir. Axborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo‘lib,
u nafaqat, to‘qnashuv paytida optimal
xatti-harakatlarni amalga oshirish,
balki, maqsadga
yo‘nalgan
faoliyatni
boshqarish
imkonini
beradi.
Tizim mavjudligi va barbod bo‘lishini belgilovchi
omillaridan biri hisoblanadi.
Qadim davrlardan buyon axborotni o‘zaro urush va nizolar jarayonida hujum
uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin etishga urinishlar bo‘lib keladi.
Biroq hozirga kelib ilmiy doirada «axborot urushi» kategoriya sifatida rasmiylashdi.
Bunday urushlarning moxiyatini anglashga doir metodologik yondashuvlar,
nazariyalar shakllandi. «Bunday sharoitda, – deb yozadi NA.Kostin, – axborot
dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, «axborot urushi» deb
nomlanayotgan faol kurash shakli paydo bo‘lmokda».
Bugungi kunda axborot urushlari haqida ko‘p yozilmokda. Bu tushunchaning
paydo bo‘lish tarixi, ilk marotaba ko‘llanilishi haqida turli, ba’zida bir-biriga zid
fikr-mulohazalar mavjud. Ularga alohida ravishda to‘xtalmagan holda, bu boradagi
ayrim nuqtai nazarlarga e’tiborni qaratish joiz. Manbalarda ta’kidlanishicha,
«axborot urushi» atamasi ilk bor 1976 yil «Boeing» kompaniyasi uchun
tayyorlangan «Qurol tizimi va axboro urushi» deb nomlangan hisobotda Tomas Rona
tomonidan ishlatilgan. Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi AQSh
iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot sohasi ham
urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.
T.Rona tomonidan ilgari surilgan ushbu g‘oya harbiylar ommaviy axborot
vositalari xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi, bu borada ilmiy tahlillar, intervyular,
chiqishlar avj oldi.
1980 yillarga kelib esa jamoatchilikda axborotning maqsad hamda qurol,
vosita sifatida namoyon bo‘lishi haqida yagona xulosa shakllandi.
«Sovuq urushi»ning nihoyasi va AQSh oldida yangi vazifalar paydo bo‘lishi
bilan «axborot urushi» atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi. 1991 yil
«Sahrodagi bo‘ron» operasiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba
harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi.
1996 yil Pentagon eksperti Robert Banker AQSh mudofaa kuchlarining XXI
asr uchun yangi harbiy doktrinasiga bag‘ishlangan ma’ruza qiladi. Unda mutaxassis
harbiy harakatlar teatrini an’anaviy harbiy makon hamda kibermakondan iborat ikki
muhim asoslarda tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Boshqacha aytganda, R.Banker
raqib harbiy kuchlarini bostirish,
neytrallashga qaratilgan an’anaviy harbiy konsepsiyalarning tabiiy to‘ldiruvchisi
sifatida xizmat qilishi zarur bo‘lgan «kibermanyovr» doktrinasini taklif etadi. Shu
tariqa, quruqlik, dengiz, havo yo‘llaridan tashqari harbiy harakatlar tizimiga
«infomakon» – axborot makoni ham qo‘shiladi. Bunday yangi shakl va mazmundagi
urushlarda raqib tomonning axborot infratuzilmasi va ruhiyati asosiy ob’ekt (nishon)
bo‘ladi.
1998 yil oktyabrda AQSh mudofaa vazirligi «Axborot operasiyalarining
birlashgan doktrinasi»ni amalga oshirishga kirishdi. Aslida, ushbu doktrina avval
«Axborot urushining birlashgan doktrinasi» deb nomlangan edi. Keyinchalik uning
nomi o‘zgartirildi. Bunga sabab esa,
«axborot operasiyalari» va «axborot urushi» tushunchalarining o‘zaro munosabatiga
oydinlik kiritish edi. Shu tariqa axborot operasiyasi – o‘z axborot tizimlarini himoya
qilish jarayonida raqib tomonning axborotni to‘plash, qayta ishlash, uzatish va
saqlash borasidagi ishlarini murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan
xatti-harakat; axborot urushi esa, qarama-qarshi tomonning siyosiy va xarbiy
boshqaruv tizimi hamda rahbariyatiga qaratilgan kompleks ta’sirlar, axborot
operasiyalari majmui, deb ta’riflandi. Bunday ta’sirlar orqali tinchlik va urush
holatlarida raqib tomon rahbariyatini informasion ta’sir o‘tkazayotgan tomonga
maqbul qarorlar qabul qilishiga erishish maqsadi ko‘zlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani
ta’minlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan
xatti-harakatlarni ifoda etadi. Bunda raqib tomon axborot tizimlariga ta’sir o‘tkazish
bilan bir vaqtda o‘z axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.
Axborot sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni uzluksiz
to‘plash, qayta ishlash va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Bunday qobiliyat, o‘ziga
xoslik esa, raqib tomonga xuddi shunday xatti-harakatlarni amalga oshirishda
to‘sqinliklar qilish, qarshiliklar ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, axborot
sohasidagi ustunlik harbiy holat haqida real tasavvurga, raqib xatti-harakatlarining
aniq va interfaol manzarasiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi ko‘plab davlatlar
siyosatining ystuvor yo‘nalishiga aylangan. Bu borada davlatlar tomonidan axborot
agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy madaniyat ekspansiyaga qarshi chora-
tadbirlar bilan bog‘liq keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik
yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish, axborot
almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari majmui
shakllantirildi.
Jumladan, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
4-moddasida "Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari,
axborot
texnologiyalari
va
axborot
tizimlarini
rivojlantirish
hamda
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy
axborot tizimini yaratishga qaratilgan» – degan qoida o‘z aksini topgan.
Hozirda mazkur yo‘nalishdagi konunchilik amaliyoti boshqa davlatlar
siyosatida ham keng o‘rin egallagan. Zero, axborot xurujlari avj olib, O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «mafkura
Dostları ilə paylaş: |