Pochta aloqa texnologiyalari


-  g’ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof  ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash;  -



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix30.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#91577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Dinshunoslik fanidan 2-joriy


g’ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof 
ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash; 

g’ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki tashkilotlari faoliyatida faol 
qatnashish bilan bog’liq harakatlar belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdorida 
jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga axloq tuzatish ishlari, yoki qamoq yohud 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo’yilgan. 
Mamlakatimizda missionerlik va prozelitizmning oldini olish, ayniqsa yoshlarni 
bunday zararli oqimlar domiga tushib qolishlarining oldini olish bo’yicha tizimli chora-
tadbirlar amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishda yosh 
avlodni hozirgi davrda mamlakatimizda din sohasida sodir bo’layotgan o’zgarishlar, 
yaratilgan imkoniyatlar bilan muntazam tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. 
Shu bilan birga, qiziqishlari, bilim darajalarini inobatga olgan va differentsial 
yondashgan holda yoshlarning din, shu jumladan, xalqimiz asrlar davomida e’tiqod qilib 
kelgan islom dini haqidagi bilimlarni va milliy-diniy an’analar asoslarini sog’lom asosda 
egallashlariga ko’maklashish ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib 
qolmoqda. Bunday bilimlar ob’ektiv bo’lishi, voqelikni to’g’ri va to’liq aks ettirishi va o’z 
mohiyatiga ko’ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog’liq bo’lmog’i kerak. 
Yoshlarimizning missionerlikning mohiyati haqida xolis va yetarli bilimga ega bo’lishlari 
unga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 
Tahlillar hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan xoli emasligini 
ko’rsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning mohiyatini to’g’ri 
va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo’lida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib 
borish zarur bo’ladi. Egallangan bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo’lsa, uning zamirida 
yuzaga keladigan baholar, qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo’ladi. Shakllangan 
qadriyatlar tizimi esa turli tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi. 
Adabiyotlar 
1. Missionerlik: kecha va bugun. - Toshkent: «Toshkent islom universiteti» 
nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008. - 64 b. 
2. Shermuhammedov K., Karimov J., Najmiddinov J. Diniy ekstremizm va 
terrorizmga 
qarshi 
kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. – Toshkent: 
«Movarounnahr» nashriyoti, 2016. – 224 b. 


3. Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo’llari. - 
Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017. - 200 
b. (A.Achildiev bilan hammualliflikda). 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin