Psihologik testlar



Yüklə 38,88 Kb.
səhifə2/18
tarix29.12.2021
ölçüsü38,88 Kb.
#48858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
testlar

Natijalar izohi

Tavsiya etilayotgan 16 ta savolning hammasiga ochiq ko’ngillik bilan javob bering va

ochkolar yig’indisini toping.

Agar siz “ha” deb javob bergan bo’lsangiz 2 ochko, “bilmadim” deb javob bersangiz 1

ochko, “yo’q” deb javob bersangiz 0 ochko bo’ladi.

Agar ochkolar yig’indisi 30-32 ochkoni tashkil qilsa u holda siz kommunikabelniy

emassiz, yani muloqotga ehtiyoj sezmaysiz, bu hususiyatingizdan o’zingiz jabrlanasiz,

yaqinlaringizni siz bilan muomala qilishlari murakkab. Odamlar bilan ko’proq muloqotda

bo’lishga intiling.

25-29 ochko yig’ilganda siz indamassiz, kamgapsiz, yolg’izlikni yoqtirasiz, yangi ish,

yangi muloqotlar sizni anchagina muvozanatdan chiqaradi.

19-24 ochko to’planganda atrofdagilar bilan osoyishta muloqotda bo’lasiz va notanish

sharoitda o’zingizga ishonasiz, odamlar bilan kelisha olasiz. Tortishuvlarda qatnashishni

yoqtirmaysiz.

128

Muloqotmandmisiz?” testi



Quyidagi savollarga javob berib, muomalangiz xususida ma’lum xulosaga kela olasiz.

Tavsiya qilingan javoblardan o’zingizga mosini tanlab, so’ng ularning raqamini yozib oling. (M,

1a, 2v, 3v).

1. Sizning yaqin odamingiz mehmonga taklif qilsa, uni qabul qilasizmi?

a) ha;

b) faqat ayrim hollarda;



v) yo’q.

2. Faraz qiling, mehmondorchilikda o’zingizga do’st deb hisoblamaydigan odamning yoniga

o’tirishga majbursiz, siz o’zingizni qanday tutasiz?

a) unga e’tibor qilmaysiz;

b) faqat uning savollariga javob berasiz;

v) u bilan erkin suhbat qurishga harakat qilasiz.

3. Ma’lum bir xonadonning eshigini taqillatmoqchi bo’ldingiz, qo’qqisdan xonadonda bahs

ketayotganligini eshitib qoldingiz, siz endi nima qilasiz?

a) baribir taqillatasiz;

v) taqillatmay ketib qolasiz.

b) bahs tug’aguncha kutasiz;

4. Mehmonda siz yoqtirmagan taomni taklif qilishsa, nima qilgan bo’lardingiz?

a) majburan yeysiz;

b) bu taomni iste’mol qilmasligingizni aytasiz.

v) ishtahangiz yo’qligini bahona qilasiz.

5. Odatda xontaxtadan qanaqa taomni tanlaysiz?

a) eng yaxshisini;

b) eng kichigini;

v) sizga yaqin turganini.

6. Davradagi suhbat paytida to’satdan hamma jimib qolsa, siz qanday yo’l tutasiz?

a) boshqa birov gapni boshlaguncha kutib turasiz;

b) suhbatni davom ettirish uchun o’zingiz mavzu topasiz;

v) o’rningizdan turib telefon tomon yurasiz.

7. Noqulay ahvolga tushib qoldim deb faraz qiling. Siz bu haqida o’z tanishlaringizga gapirib

berasizmi?

a) birinchi uchratgan tanishingizga albatta gapirib berasiz;

b) faqat yaqin do’stingizgagina gapirib berasiz;

v) biror kishiga ham aytmaysiz.

8. Boshqalardan eshitgan hikoyalaringizga o’zingizdan biror narsa qushasizmi?

a) ha;


b) ma’nosini ozgina ko’chaytirish uchun qushasiz;

v) deyarli hech narsa qushmaysiz.

9. Sevgilingiz suratini o’zingiz bilan olib yurib, uni atrofdagilarga ko’rsatasizmi?

a) ha;


b) ba’zan;

v) hech qachon.

10. Davrada aytilgan hazil-mutoyiba yoki latifaning ma’nosiga tushunmay qolgan paytingizda

Siz o’zingizni qanday tutasiz?

a) tushunganlar bilan birga kulasiz;

b) jiddiyligingizcha qolib, hech kulmaysiz;

v) biror bir kishidan latifa yoki hazilning ma’nosini tushuntirib berishni iltimos qilasiz.

11. Davrada o’tirgan paytingizda bexosdan boshingiz og’rib qolsa, o’zingizni qanday tutasiz?

a) yuzaga chiqarmaysiz;

b) biror kishidan dori so’raysiz;

129

v) davrani tashlab uyga ketasiz.



12. Mehmonda o’tirgan paytingizda siz qiziqib tomosha qiladigan ko’rsatuvni favqulodda

televizorda berishini bilib qolsangiz nima qilasiz?

a) o’y egasidan televizorni qo’yib berishini so’raysiz;

b) mehmonlarga halaqit bermaslik uchun boshqa xonaga o’tib ko’rasiz;

v) bir amallab chidaysiz.

13. Siz o’zingizni mehmonda o’tiribsiz deb faraz qiling, qaysi paytda o’zingizni yaxshiroq his

qilasiz?

a) mehmonlarni ko’nglini olgan paytingizda;

b) boshqalar sizning ko’nglingizni olgan paytda;

v) umuman unga befarqsiz.

14. Mehmondorchilikda qancha vaqt qolishni oldindan o’ylab qo’yish odatingiz bormi?

a) yo’q;


b) ba’zan bu haqda o’ylayman;

v) doimo bu haqda o’ylayman.

15. Tasavvur qiling, ro’znomaning muhbiri siz bilan suhbat qilayapti?

a) suhbatni ro’znomada bosib chiqarsa xursand bo’lasiz;

b) bu holatning bo’lmasligiga harakat qilasiz;

v) suhbat chop etiladimi yoki yo’qmi, sizga baribir.

16. Ichdan sizni ko’rolmaydigan tanishingizga tashqi hayajonsiz muloqotda bo’la olasizmi?

a) ha;


b) ba’zan faqat istisno tarzida;

v) bu haqda o’ylab ko’rmaganman.

17. Siz uchun qulay bo’lmasada, boshqa kisxilarning odilona fikriga qusxilasizmi?

a) ha;


b) shaxsiy fikringizga mos kelganda;

v) hech qachon.

18. Bahslashishga qachon chek qo’yasiz?

a) qancha tez bo’lsa shuncha yaxshi;

b) bahsning ma’nosi bo’lmasa;

v) bahslashayotgan kishingizni ishontirgandan keyin.

19. Agar she’rni yod bilsangiz, uni notanish davrada o’qiy olasizmi?

a) o’z xohishingiz bilan;

b) ha, agar iltimos qilishsa;

v) hech qachon.

20. Graf Monte Kristo davrida yashayapman deb faraz qiling, siz qamoqxonadasiz va qo’qqisdan

qo’shni kamerada sizning ashaddiy dushmaningiz qamalganini eshitib qoldingiz, u bilan

muloqotga kirishish maqsadida taqillatishni boshlaysizmi?

a) darhol;

b) yolg’izlikka toqat qilmagan paytingizda;

v) hech qachon.

21. Yangi yilni ko’pcxiliq davrasida, masalan, shahar bosh maydonida kutib olish odatingiz yoki

xohishingiz bormi?

a) ha;

b) yo’q;


v) odatda yangi yilni bir o’zim kutib olaman yoki uxlayman.

130



Yüklə 38,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin