www.pedagoglar.uz 44-son 2–to’plam may 2023
Sahifa: 210
aniqlik kiritish maqsadida V.I.slobodnikov va E.I.Isaevlar tomonidan “Amaliy
psixolog” tushunchasini ikki jihatini ajratib ko’rsatadi:
1.Amaliy psixolog-amaliy tartib sifatida “tabiiy-ilmiy tipdagi akademik tadqiqot
psixologiyasiga yo’nalgandir.
2.Amaliy psixolog-maxsus psixologik amaliyot sifatida undagi asosiy
yo’nalganlik psixikani tadqiq qilishga emas, psixika bilan ishlashga qaratilgandir.
Yuqoridagi fikrlarga qo’shimcha tarzda bunday bo’limni rivojlanishiga quyidagi
jihatni ham qo’yish mumkin: “Amaliy psixolog o’z nomiga ko’ra, psixologga uni
buyurtmachi”lari tomonidan qo’yilgan masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan.
Masalan, qandaydir muassasani boshqaruvi. Bu jarayonda psixolog mazkur
muassasada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni yaxshiroq ishlashlariga yordam
beradi. Bundan ko’rinadiki, psixolog o’zini ishlab chiqarishning turli jabhalarida
namoyon etishi mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda psixolog
faoliyat yurita oladigan quyidagi jabhalarni keltirishimiz mumkin.
1.Kosmik psixologiya bunda psixolog kosmanavtlarning uchish jarayoniga
tayyorgarliklarini
tadqiq
qilishi
shuningdek,
kosmanavtlar
tayyorlashning
optimallashtirish bo’yicha tavsiyalar, uchishdan keyingi tibbiy-psixologik reablitatsiya
ko’rsatish va boshqalarni amalga oshira oladi.
2.Aviatsion psixologiya uchuvchilar, aerofort dispecherlari va uchish
xizmatchilari shuningdek, boshqa ishchilarini faoliyatlarini psixologik shart-
sharoitlarini optimallashtirishga qaratilgan.[1]
Mehnat psixologiyasi va unga yaqin bo’lgan boshqaruv psixologiyasi. Mehnat
psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy
asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o’rganadi. Muhandislik
psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini
hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi. Boshqaruv psixologiyasi –
bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan – boshqarishning
psixologik tomonlarini o’rganadi. Ta`kidlash joizki, nazariy jihatdan ishlab