www.pedagoglar.uz 44-son 2–to’plam may 2023
Sahifa: 212
Harbiy psixologiya-psixolog faoliyati ko’p qirrali bo’lib, “qaynoq nuqtalar” da
sodir bo’layotgan voqealar va ekstremal vaziyatlardagi faoliyatga harbiylarni
tayyorlash va xizmat davrini tugash jarayonidagi psixologik yordam ko’rsatishni
o’rganadi. Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori
bilan bog`liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ`ibot
metodlarini,
harbiy
texnikani
boshqarishning
psixologik
muammolarini
o’rganadi.Bunday jarayonda psixolog bir tomondan o’zining spetsifik predmetini
yo’qomasligi (psixika shaxs sub`ektivligi) boshqa tomondan esa u xizmat qilayotgan
jabhani o’ziga xosligini hisobga molishi zarur. Shunday qilib amaliy psixolog vaqt
o’tgan sari juda ko’p narsalarni o’rganishi kerak hamda ba`zi vaziyatlarda esa o’zini
rivojlantirayotgan jamoasining ishchilari muhitiga kirishib ketadi. Shu tariqa psixolog
o’zi ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismiga aylanib boradi va mehnat
jamoasining real a`zosiga aylanadi. Aynan shuning uchun psixologlarni turli firma va
tashkilotlarga doimiy ishga taklif qilishadi. Tashkilotda faoliyat yurituvchi psixolog
o’zining vazifalari o’zi tomonidan aniqlanmaydi, biroq o’zi mustaqil taktik va operativ
vazifalarni belgilaydi hamda amalga oshiriladi.Jiddiy tashkilotlarda bir emas bir nechta
psixolog faoliyat yuritadi. Ayniqsa, murakkab muammolarni shaxsiy psixologlardan
tashqari taklif qilingan psixologlar bilan birgalikda hal qilishadi. Amaliy psixologiyani
muhim psixologik amaliyot sifatida ko’rishimiz boshqa masaladir. Bu jabhada
psixolog odatda mijozlar bilan faoliyat olib boradi va ular psixologga ko’p jihatdan
mutaxassis sifatida murojaat qiladilar. Bunday vaziyatlarda psixolog strategik va taktik
shuningdek, tadqiqotning aniq, operativ vazifalarini hamda mijozning holatiga qarab
aralashishi kerak yoki kerak emasligini ham o’zi tanlaydi.Amaliy psixologiya psixolog
tomonidan maxsus ajratilgan jabha sifatida ilmiy jihatdan asoslanganlikka muhtojdir
va u Rossiyada 15-20 yillarda rivojlanmoqda. Ba`zi ob`ektiv vaziyatlarga ko’ra, rus
amaliy psixologiyasi xorij amaliy psixologiyasidan orqada qolganligini ko’rishimiz
mumkin. Rus psixologiyasi ko’p vaqtdan buyon akademik bilimni namoyon etgan
hamda tadqiqotchilik faoliyati bilan shug`ullangan ammo real insonlarning aniq