www.pedagoglar.uz 44-son 2–to’plam may 2023
Sahifa: 214
1.Ilmiy-tadqiqotchilik vazifasi shaxs shakllanishi va rivojlanishiga doir
muammolarni hal qilishi bilan bog`liq. Uning maqsadi-amaliy psixolog faoliyatining
metodologik asosi turli ijtimoiy jabhalarida psixologik bilimlarning uslub, vosita va
metodlarini mohirona qo’llash imkoniyatini ishlab chiqishdir.
2.Amaliy psixologiyaning amaliy vazifalari muassasa va tashkilotlarda shaxs
mehnati va alohida individumlarning qulay funktsiyalashuvini psixologik jihatdan
ta`minlash bilan tavsiflanadi. Bu maxsus ta`lim dasturlarini tuzish, amaliy psixologiya
bo’yicha kitob va o’quv qo’llanmalar yaratish, psixologik tavsiya va metodik
materiallar tayyorlash dasturlari va kadrlarni qayta tayyorlash amaliy psixologik
xizmatlari faoliyatini psixologik nuqtai nazardan asoslanilishi hamda bunday faoliyat
me`yoriy hujjatlari loyihalarini yaratishni taqazo etadi.
3.Amaliy vazifalar aniq muammolar bilan belgilanadi. Bu ko’p hollarda
psixologning kasbiy faoliyat yuritayotgan muassasasiga bog`liq holda turli
ko’rinishdagi muassasa va tashkilotlarda maxsus psixologik xona va markazlarda
insonlarga psixologik yordam ko’rsatish shaklida amalga oshiriladi.
Amaliy psixolog faoliyatining asosiy yo’nalishlari.[4]
Psixologning mijoz bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan
ijtimoiy topshiriq va vazifalarning rang-barangligi bilan belgilanadi. Amaliy psixolog
faoliyatiga nisbatan ijtimoiy buyurtma jamiyat talablari yoki aniqroq qilib aytganda
uning ma`lum qismida shakllanadi ya`ni yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf
qilishda mutaxassisning yordami zarur bo’lgan vaqtda ehtiyoj seziladi. Uning
faoliyatining muhim va zaruriy jihati o’qituvchi shaxsini tushunishdir. Aynan shuning
uchun amaliy psixologiya ta`lim sohasida rivojlangan. Lekin hozirgi kunda amaliy
psixologiyaga har bir sohada zarurat tug`ilmoqda. Amaliy psixologiya biznes, reklama
faoliyatida hamda boshqaruv sohasida faol rivojlanmoqda. Hozirgi kunda
imidjmeyker, siyosatchilar, psixologlari bilan ishlash zarurati tug`ilmoqda. Shuning
uchun mazkur sohalarda faoliyat yuritadigan psixologlarga ehtiyoj tug`ilmoqda.
G.S.Abramova psixologik ma`lumotlari sirasiga buyurtmachi, mijoz, foydalanuvchi