Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


-§.Yirtqich sutemizuvchilar turkumi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə48/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
BT GO`M 22

7-§.Yirtqich sutemizuvchilar turkumi


sutemizuvchilar - yuksak tuzilgan issiqqonli hayvonlar. ularning tanasi yung bilan qoplangan, quloq suprasi, sut va ter bezlari bo'ladi. lablari yumshoq bo'lib, bolasini sut bilan boqadi. ko'pchilik sutemuzuvchilar tirik bola tug'adi. bosh miya yarimshahning po'stlog'ida ilonizi burmalari rivojlangan.
Tashqi tuzilishi. Sutemizuvchilarning oyoqlari odatda ancha baquvvat va uzun bo'lib, tanasi ostida joylashgan. Shuning uchun ularning tanasi yerdan dast ko'tarilib turadi.. Boshi harakatchan bo'yin orqali tanasiga birikkan. Sutemizuvchilarda uchinchi qovoq rivojlanmagan; sutemizuvchilarning tashqi qulog'i va quloq suprasi rivojlangan. Warning quloq suprasi harakatchan bo'ladi.
Jun qoplami. Sutemizuvchlarning terisi jun bilan qoplangan bo'ladi. Jun qoplami ikki qavatdan iborat. Sirtqi qavati uzun va qayishqoq, lekin dag'al qiltiqlardan, ostki qavati esa mayin va kalta tuklardan tashkil topgan. Mayin tuklar orasida havo ko'p bo'ladi, ular hayvon tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Dag'al qiltiqlar tuklar bilan birga terini himoya qilib turadi. Sutemizuvchilar tanasida tuyg'u vazifasini bajaradigan yirik va uzun qillar ham bor.
Ko'pchilik sutemizuvchilarning terisida ter bezlari bor. Bezlar issiq havoda tana haroratini doimiy saqlash va qo'shimcha ajratish organi vazifasini bajaradi. Issiq havoda bezlar orqali ajralib chiqadigan ter hayvon tanasini sovitishi bilan birga organizmdan ortiqcha tuzlarni chiqarib yuboradi.
Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida muguz tirnoqlari yoki tuyoqlari bo'ladi. Ba'zi hayvonlar (qoramollar, karkidonlar, antilopalar)ning boshidagi shoxlari ham muguzdan iborat.
Skeleti. Sutemizuvchilar skeleti bosh, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlari skeletlaridan iborat
Sutemizuvchilarning qovurg'alar bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli miya qutisi ham boshqa umurtqali hayvonlamikiga nisbatan yirik bo'ladi. Umurtqa pog'onasi bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum bo'limlariga ajratiladi. Bo'yin 7 ta umurtqadan iborat. Ko'krak umurtqalari 12-15 ta bo'lib, qovurg'alar va to'sh suyagi bilan birgalikda ko'krak qafasini hosil qiladi. Bel 2-9 (itlarda 6) ta umurtqadan iborat. Bel umurtqalari o'zaro harakatchan qo'shilganligi tufayli hayvonlarning tanasi beldan bukilishi mumkin. Dumg'aza bo'limidagi 3 - 4 ta umurtqa chanoq suyagi bilan qo'shilib ketgan. Dum umurtqalarining soni (uchtadan bir necha o'ntagacha) dumning uzunligiga bog'liq.
Sutemizuvchilar oycqlaririing skeleti sudralib yumvchilamikiga o'xshash suyaklardan iborat. Oldingi oyoq kamari skeleti ikkita kurak va unga qo'shilib o'sgan ko'krak tirgak suyagi hamda ikkita o'mrov suyagidan iborat Itning o'mrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq kamari, ya'ni chanoq 3 juft suyakdan iborat.
Bo'risimonlar oilasi. Bu oilaga bo'ri. chiyabo'ri, tulki, korsak va yenot- simon it kiradiUlar hidni juda yaxshi sezadi; o'ljasini ta'qib qilib tutib oladi. Bo'rilar yil bo'yi juft bo'lib yashaydi. Ular kunduzi biror pana joyga bekinib olib, kechasi ov qiladi. Bo'rilar kuchli va chaqqon bo'lishi tufayli o'zidan ham yirik hayvonlarni oviashi mumkin. Bo'rilar uy hayvonlariga ham hujum qiladi. Hayvonlarni yeyishdan ko'ra g'ajib tashlab. nobud qiladi. Shuning uchun ular sonining oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Urg'ochi bo'rilar 3 - 4 tadan 13 tagacha ko'zi yumuq jish bola tug'adi. Bo'ri bolalari 35 - 40 kun davomida onasini emadi, so'ngra erkak va urg'ochilari keltirgan go'sht parchalari va chalajon hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. Ular 15 yilgacha umr ko'radi.
Tulki. cho'l va dashtlarda, tog' va tog'oldi hududlarida, hatto qishloqlar va shaharlar atrofida ham yashaydi. Yozda tulkilar inda yashab, 4 - 5 ta ko'zi yumuq bola tug'adi. Kuzda tulki oilasi tarqalib ketadi. Qishda juni qalin va issiq
bo'lganidan iniga kirmaydi. Tulkilar kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo'jaligiga foyda keltiradi. Ular yoz va kuz fasllarida poliz mahsulotlari va mevalarni ham yeyaveradi. Ba'zan uy parrandalariga ham hujum qiladi. Tulki mo'ynasi uchun ovianadi.
Mushuksimonlar oilasi Mushuksimonlarning ilmoqqa o'xshab egilgan va o'tkir tirnoqlari maxsus xaltachaga kirib turadi. O'ljasini tirnoqlari yordamida tutib, tishlari bilan ushlab turadi. Ko'pchilik mushuksimonlar hidni yaxshi sezmaydi. lekin juda yaxshi eshitadi. Ular o'ljasini pana joyda poylab tutib oladi. Mushuksimonlar oilasigayo'lbars, gepard. qoplon. silovsin. ilvirs. mushuklar kiradi.
Yo'lbars. Janubiy Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan: to'ng'i/. bug'u kabi yirik hayvonlarni ovlaydi. O'zbekistonning daryo o'zanlarida to'qay inushugi, baland tog'li hududlarida ilvirs va silovsin uchraydi. Ularning soni juda kamayib ketganligi tufayli O'zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqichlarning oyoqlari kalta, tanasi ingichka boiib, yoriqlarga kirishga moslashgan. O'zbekistonda suvsarlardan bo'rsiq. suvsar, qunduz, olaqo'zan, latcha va norka uchraydi. Bo'rsiq (qashqaldoq) tog' o'rmonlari, to'qay va dashtlarda yashaydi. Inlarini jarliklar va tepaliklar yonbag'riga quradi; kechasi ovga chiqadi. Turli hasharotlar. kemiruvchilar, shuningdek, to'kilgan mevalar va o'simliklarning yer osti tuganaklari bilan oziqlanadi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin