Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Yakka Geografiya tushunchalari



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə54/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
BT GO`M 22

Yakka Geografiya tushunchalari. Yakka tushunchalar narsa yoki hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan bog’liq bo’lsa, yakka tushunchalar esa nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi.
Geografiya tushunchalarini shakllantirshda umumiy bo’lmagan tushunchalardan umumiy bo’lgan tushunchalarga kelish bo’yicha o’tkaziladigan mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, “bo’ri”, “tulki”, “yo’lbars”, “sher” tushunchalari avlod doirasidagi “yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bu yerda farqiy xususiyatlar - (tur belgilari): - jun rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlar tashqi ko’rinishida namoyondir. Ularning avlod doirasidagi belgisi boshqa hayvonning go’shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. O’quvchilarga avlod doirasidagi belgilarni farqlash uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni o’zida saqlagan bo’lishi kerak. Masalan, “na‘matak, siren, ligustrumlar – buta” degan ta‘rif noto’g’ri, chunki unda aniqlik yo’q. Buning o’rniga “na‘matak, siren, ligustrum – buta, chunki ularda asosiy poya yo’q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar hosil bo’lgan” deyish lozim.
Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga e‘tibor berish kerak. Chunonchi, “daryo” umumiy tushunchani shakllantirish uchun daryoni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jaryonida uning muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o’qituvchi xaritadan Sirdaryo, Amudaryo, Qashqadaryo, Chirchiq daryolarini ko’rsatuvchi, ya‘ni yakka tushunchalar berishi kerak. (Ularning hammasi oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga o’ng va chap qirg’oqlariga ega). Shu belgilar asosida “daryo” umumiy tushunchasi shakllantiriladi.
Geografiya darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig’ma tushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo’lgan yakka mintaqa tushunchalardan tarkib topadi. Masalan, cho’llar uchun xos o’simliklar (saksovul, qum akatsiyasi, yong’oq) ni bir zonada bo’lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlar, yirik barg plastinkalarining yo’qligi, tikanlar bo’lishi) birlashtiradi. Yig’ma tushunchaga kiradigan har bir yakka tushuncha o’zining individual xususiyatlarini saqlaydi. Subtropik o’simliklar – dafna, magnoliya, choy, kiparis, cho’l o’simliklari – saksovul, qum akatsiyasi, yantoqdan keskin farq qiladi.
Tushunchalarni umumlashtirish, ya‘ni umumiy xossalarga ega bo’lgan jism va hodisalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish narsalarning muhim belgilarini birlashtirgandagina to’g’ri bo’ladi. Masalan, metall tushunchasi quyidagi: jaranglash, issiqlik o’tkazish xususiyati, erish (4-sinf) kabi umumiy belgilarga ega.
Tabiat jism yoki hodisalari to’g’risida to’g’ri tushuncha hosil qilish uchun avval ularni kuzatish, keyin ularning tasvirini (sur‘at, jadval, xarita, sxema) qarab chiqish, o’qituvchi hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo’yicha mustahkamlash kerak. O’qituvchi faoliyati tushunchalarni shakllanishiga yordam beradi.
Geografiya tushunchalarini samarali o’zlashtirilishi uchun o’ziga xos sharoit yaratilishini talab etadi. O’quv materiali ba‘zan o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilmaydi, sababi - ularning bilimlari tasavvurlar darajasida qolgan. Darsda bir mavzu bo’yicha hosil qilingan bilimlar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog’lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoiti tizimdir. Xususan, Geografiya tushunchalarini hosil bo’lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi. Chunonchi:
1. Tabiiy jismni kuzatishlar;
2. Qabul qilishni aniqlovchi mashqlar;
3. O’qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishni to’g’ri bo’lishini ta‘minlaydi. O’qituvchi savollari; yoddan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo’yicha mashqlar tasavvurlarning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi.
Tushunchalarning to’g’ri bo’lishini esa:
1. Muammoning aniq qo’yilishi.
2. O’qituvchi tomonidan o’quv materialini bayon qilish mantiqi.
3. Aniqlash va taqqoslash bo’yicha mashqlar.
4. Tushunchalarni bog’lovchi va rivojlantiruvchi takrorlash tizimi.
5. Umumlashtirishni talab qiluvchi savollar.
6.Tushunchalarni uquv va ko’nikmalar bilan bog’lovchi savollar ta‘minlaydi.
Tushunchalarni birlamchi hosil bo’lishida obe‘ktlar va ko’rgazmali materiallarning har xil turlari katta ahamiyatga ega.
O’quvchilarni tafakkurini, fikrlashini rivojlantirmasdan turib tushunchalarni o’zlashtirishiga erishish mumkin emas. O’quvchilar fikrlash faoliyatini rivojlantirish uchun o’qituvchi darsni boshlashi bilan o’quvchilar oldiga muammolar qo’yadi. O’quv materialini bayon qilish bilan o’quvchilarni tabiat sabab va oqibat, tabiat jism va hodisalari orasidagi bog’lanishlarni aniqlashga jalb qiladi. Masalan, jonajon o’lkaning tabiati mavzusi misol bo’ladi. Unda har xil o’simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar, havo kabi omillarga bog’liqligini (3-sinf), o’simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog’liqligi (4-sinf) ko’rsatilgan.
O’quvchilarning faol fikrlashlarini tarbiyalashda o’qituvchining savollari katta rol o’ynaydi. Dars jarayonida darslik matnini olishda tahlil, sintez, umumlashtirishni talab qiluvchi savollar berilishi kerak. Javobda sintezni talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. U savollar quyidagicha: cho’lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qurg’oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Dasht va cho’l tabiatining o’xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o’smaydi? kabilar.
Mazkur savollar tabiiy narsalarni jadvaldagi tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, ularni doskadagi rasmi va gerbariylar bilan uzviy bog’lashni o’z ichiga oladi. Masalan, 3-sinfda: - chigit ekilganidan keyin unda qanday jarayon boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Yerda hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (xaritadan ko’rsating). Tabiatda suv aylanishning sxematik tasvirini bering.
Bunday ishlar o’qituvchi tomonidan ilib qo’yilgan jadvallarni to’ldirish uchun ham o’tkaziladi. Jadvallar to’ldiruvchi dars yoki uyda to’ldiriladi. Solishtirma jadvallar maktab tirik tabiat burchagidagi amaliy ishlar va o’quv-tajriba maydonchasidagi tajribalar paytida qo’llaniladi. O’quv yilining oxirida quyidagi jadval bo’yicha mustaqil ish o’tkazish mumkin.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin