Qayd raqami


Revmatizm va yurak kasalliklari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə18/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Revmatizm va yurak kasalliklari
Reja:

  1. Revmatizm . Revmatik poliartrit.

  2. Revmatik endokardit. Revmatik miokardit. Revmatik perikardit.

  3. Xoreya.

  4. Yurakning ishemik kasalligi.

  5. Stenokardiya

  6. Miokard infarkti



Tayanch iboralar:
Revmatizm - biriktiruvchi to‘qimaning yallig‘lanishi natijasida yurak - tomir, tayanch - harakat (bo‘g‘imlar), nerv tizimlarining yallig‘lanishi (zararlanishi) bilan kechadigan infeksion-allergik kasallik.
Revmatik poliartrit - bo`g`imlarni revmatizm bilan yallig`lanishidir.
Revmatik endokardit - yurakning ichki (endokard) qavatini yallig`lanishi.
Revmatik miokardit - yurakning o`rta (muskul) qavatini yallig`lanishi endokarditdan ko`ra ko`proq uchraydi.
Revmatik perikardit - yurakning ustki (perikard) qavatini yallig`lanishi. Perikardit quruq va ekssudatli bo`ladi. Quruq perikarditda yurak sohasida g`ijimlovchi, sanchuvchi og`riq bo`ladi.
Xoreya - bosh miyaning po‘stloq osti sohasida joylashgan chipor tana deb ataluvchi nerv to‘qimasi (markazi) ni revmatizm bilan yallig`lanishi.
Yurakning ishemik kasalligi - yurak muskullari (miokard) ni ta’minlovchi koronar arteriya qon tomirlarini torayishi tufayli miokardning qon va uning tarkibidagi kislorod hamda oziq moddalar bilan ta’minlanishi buzilishi natijasida vujudga keladi.
Miokard infarkti - yurak muskulini qon bilan ta’minlovchi arteriya tomirlaridan birining torayib, to`silib qolishi tufayli yuzaga keladigan va yurak sohasida kuchli og‘riq bilan kechadigan hayot uchun o`ta xavfli xastalikdir.


1.Revmatizm. Revmatik poliartrit.
Revmatizm - biriktiruvchi to‘qimaning yallig‘lanishi natijasida yurak - tomir, tayanch - harakat (bo‘g‘imlar), nerv tizimlarining yallig‘lanishi (zararlanishi) bilan kechadigan infeksion-allergik kasallikdir.
Revmatizmda birinchi navbatda yurak zararlanadi, ya`ni yurakning uchta qavatini yallig‘lanish kasalliklari: endokardit, miokardit, perikardit yuzaga keladi. Endokardit tufayli sodir bo‘ladigan yurakning porok (norasolik) kasalligining asosiy sababchisi revmatizmdir. Shu bois revmatizm yurak-tomir kasalliklari mavzusida o‘rganiladi.
Sababi. Revmatizmni vujudga kelishiga tez-tez takrorlanadigan angina, surunkali tonzillit, gaymorit, yiringli otit, tish kasalliklari sabab bo‘ladi. Sovuq havo, namlik, sovuq ichimliklarni iste`mol qilish revmatizmni yuzaga keltiruvchi omil hisoblanadi. Sovuq ta`sirida gemolitik streptokokk mikrobining ko`payishi uchun odam organizmida qulay sharoit yaratiladi.
Belgilari. Revmatizm aksariyat hollarda bog‘cha va kichik maktab yoshidagi bolalarda boshlanadi. Yurak qavatlari yallig‘lanishi tufayli endokardit, miokardit, perikardit kasalliklari yuzaga keladi. Bu kasalliklar birlashtirilgan holda revmokardit (yurakning revmatizm kasalligi) deb ataladi.
Revmatik poliartrit. Bo`g`imlarni revmatizm bilan yallig`lanishidir. Ko‘pincha, tizza, oshiq, tirsak, bilak, yelka, panja bo‘g‘imlari yallig`lanadi. Zararlangan bo‘g‘imlar og‘riydi, shishadi, ularni bukish va yozish qiyinlashadi. Og‘riq va shish bir bo‘g‘imdan boshqasiga ko‘chib turadi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin