R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


Xo‘jalik mexanizmi budjet, pul xo‘jaligi, ukladlararo aloqalar qaytadan tuzildi



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/192
tarix30.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#150665
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192
Menejment asoslari

Xo‘jalik mexanizmi budjet, pul xo‘jaligi, ukladlararo aloqalar qaytadan tuzildi.
Lekin paxtaga davlat monopoliyasi 1923-yilgacha saqlanib qoldi. Hunar-
mandchilik, ishlab chiqarish qaytadan bunyodga kela boshladi. Respublika
agrar yo‘nalishda bo‘lib iqtisodiyotni boshqarishda oziq-ovqat solig‘i muhim
o‘rin tutardi. Oziq-ovqat solig'i sakkizta natural soliqdan iborat edi.
Dehqon xo‘jaligining qashshoqligi ular xarid quwatini pastlatdi. Mollar
do‘konlarda turib qoldi. Korxonalardan ishchilar bo‘shab keta boshladi.
Yangi sharoit iqtisodiyotni boshqarish sohasida qayta qurishni taqozo qildi.
Soliqlar tartibga solindi, ba’zi qishloq xo'jalik mahsulotlariga uning stavkasi
50% qilib belgilandi.
NEP munosabati bilan TASSR iqtisodida paydo bo‘lgan siljishlar, ijtimoiy
xo‘jalik sohasidagi o‘zgarishlar bu yerda liberallashish tusini ola boshladi. Uning
asosiy xususiyatlari boshqarishda o‘rinsiz usul amallardan voz kechish, ko‘pchilik
24


xalqning manfaatlarini hisobga oladigan shart-sharoitlami yaratish, boshqaruvni
demokratiyalashtirish, totalitar tarzda siyosatlashtirilgan jamiyatdan voz kechishdan
iborat bo‘ldi.
Xususiy va xo‘jalik faoliyatini ijaraga yollash, artellarga birlashishi kabi turli
xilma-xil shakllar tan olindi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda baquwat o'rta hoi
dehqon xo‘jaliklaridan iborat chidamli qatlam yaratishga kirishildi. Tanazzuldan,
vayronagarchilikdan asta-sekin chiqilib iqtisodiyot barqarorlashib bordi.
Xalq xo‘jaligini tiklash ishiga davlat sektori bilan bir qatorda kooperatsiya,
uning shakllari ham qo‘shildi, lekin iqtisodiy hamkorlik qilishga boylar tabaqasini
jalb etilishi rahbar partiya idoralarida norozilik uyg‘otdi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin