Xo‘jalik mexanizmi budjet, pul xo‘jaligi, ukladlararo aloqalar qaytadan tuzildi. Lekin paxtaga davlat monopoliyasi 1923-yilgacha saqlanib qoldi. Hunar- mandchilik, ishlab chiqarish qaytadan bunyodga kela boshladi. Respublika agrar yo‘nalishda bo‘lib iqtisodiyotni boshqarishda oziq-ovqat solig‘i muhim o‘rin tutardi. Oziq-ovqat solig'i sakkizta natural soliqdan iborat edi. Dehqon xo‘jaligining qashshoqligi ular xarid quwatini pastlatdi. Mollar do‘konlarda turib qoldi. Korxonalardan ishchilar bo‘shab keta boshladi. Yangi sharoit iqtisodiyotni boshqarish sohasida qayta qurishni taqozo qildi. Soliqlar tartibga solindi, ba’zi qishloq xo'jalik mahsulotlariga uning stavkasi 50% qilib belgilandi. NEP munosabati bilan TASSR iqtisodida paydo bo‘lgan siljishlar, ijtimoiy xo‘jalik sohasidagi o‘zgarishlar bu yerda liberallashish tusini ola boshladi. Uning asosiy xususiyatlari boshqarishda o‘rinsiz usul amallardan voz kechish, ko‘pchilik 24
xalqning manfaatlarini hisobga oladigan shart-sharoitlami yaratish, boshqaruvni demokratiyalashtirish, totalitar tarzda siyosatlashtirilgan jamiyatdan voz kechishdan iborat bo‘ldi. Xususiy va xo‘jalik faoliyatini ijaraga yollash, artellarga birlashishi kabi turli xilma-xil shakllar tan olindi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda baquwat o'rta hoi dehqon xo‘jaliklaridan iborat chidamli qatlam yaratishga kirishildi. Tanazzuldan, vayronagarchilikdan asta-sekin chiqilib iqtisodiyot barqarorlashib bordi. Xalq xo‘jaligini tiklash ishiga davlat sektori bilan bir qatorda kooperatsiya, uning shakllari ham qo‘shildi, lekin iqtisodiy hamkorlik qilishga boylar tabaqasini jalb etilishi rahbar partiya idoralarida norozilik uyg‘otdi.