xalqimizdan esa arzon mehnat resurslari sifatida foydalanish niyatlarini yashirib o ‘tirmadi. Hammamizga ma’lum bo‘lgan yaqin tarixiy o'tmishimiz bu narsalaming guvohi bo‘ldi. Bolsheviklar millatlar o‘z-o‘zini belgilash huquqlariga egadir deb o‘zlari e’lon qilgan ishlarga xilof ravishda Turkiston xalqlariga o‘z taqdirlarini mustaqil hal qilish huquqini bermadilar va ko‘p millatli sobiq Rossiya imperiyasining barcha xalqlari singari bu xalqlarga ham jamiyatni sotsialistik qayta tuzish modelini tiqishtirdilar. 0 ‘sha davrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi deb atalgan yurtimizda yangi iqtisodiy siyosat notekis amalga oshirilib bordi. 1921-yili ekin maydonlari oldingiga qaraganda ancha kengaytirildi. Lekin keyingi uch yilda yana qisqardi. Bir qancha sabablarga ko‘ra NEP (yangi iqtisodiy siyosat) o‘lka xalq xo‘jaligining asosiy sohasiga sust ta’sir o‘tkazdi. NEP ning asosi iqtisodiyot, xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishining harbiy kommunistik usullaridan voz kechish, ishlab chiqaruvchiga, awalo dehqonga bir qadar erkinlik berishdan iborat edi. NEP dehqonga belgilangan oziq-ovqat solig‘ini to‘lagandan keyin qolgan qismiga erkin egalik qilish, uni bozorda sotish, o‘z xo'jaligi va shaxsiy ta’minoti uchun zarur narsalami sotib olish imkonini berdi. Shaharda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlarida o‘rta va mayda korxonalar, savdo shohobchalari, hammomlari va boshqa muassasalar xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini mablag1 bilan ta’minlashga o‘tkazilgan eng muhim sohalari davlat ixtiyorida qoldi. Xususiy kapital bilan hissadorlik jamiyatlari tuzishga, ishchi kuchini yollashga ruxsat berildi. Shunday yangi sharoitlarda soliqlar va soliq siyosatiga hal qiluvchi ahamiyat berildi.