tarixiy ildizlariga ega bo‘lib, uning asosiy tamoyillari XIII—XIV asrlarga kelib 0 ‘rta Osiyoda Amir Temur hukmronligi davrida to‘la shaldlangan edi. Bu 22
davrda yuqori intizom ijtimoiy himoya va oliy darajadagi boshqarish tizimiga ega bo'lgan kuchli davlatning bunyodga kelishi o'rta asr davrdagi boshqarish uslublari o ‘zida eng ilg‘or g‘oyalami mujassamlashtirganligidan darak beradi. Boshqaruv tizimining samarali tashkil etilishi, uning insonparvarlik, iqtisodiy va ratsional usul bilan tashkil etilishi, uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo‘lishi bilan yakunlandi. Tarixiy manbalarga ko‘ra markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishi bilan unda boshqaruvning ilmiy asoslari paydo bo‘ldi, shuningdek uning asosiy qoidalari nafaqat shu davlatda, balki boshqa o‘lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo‘llanila boshladi. Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning, insoniy, iqtisodiy, ratsional va samarali shaklini yaratish bo‘yicha harakatlar Amir Temuming «Temur tuzuklari» da o‘z aksini topib, hozirgacha ham o‘zining aktualligini yo‘qotmagan, vaholanki bugungi mustaqil 0 ‘zbekistonni iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda muhim qurol sifatida qo‘llanilmoqda, chunki u kimningdir xohishi tufayli yuzaga kelgan o‘tkinchi nazariya bo‘lmay, balki tarix sinovlarida o‘zining ilmiyligini chuqur isbotlagan yo‘nahsh sifatida foydalanilmoqda. Uning qonuniyatlari va qoidalari o‘z davridagi boshqarish ilmi yuqori darajada bo‘lganligi uchun ham 0 ‘rta Osiyodagi shunday katta davlat samarali