haqidagi shartnoma. Iyerarxiya — quyi mansabdorlikni yuqori mansabdorlarga bosqichma-bosqich bo‘ysunishi. Kontrakt — kerakli shaxslami ishga jalb qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma; firmalar va boshqa tashkilotlar bilan mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha oldindan shartnoma tuzish tizimi. Korporatsiya — ma’lum kasbga oid mutaxassislar uyushmasi, masalan: hunarmandlar, olimlar. Kollegial — firma va tashkilotlar ishini kengashib ishlash hamda ularga birgalikda rahbarlik qilish. I b o b yakuni bo‘yicha nazorat savollari
1. Menejment tushunchasi nimani anglatadi? 2. Menejmentning paydo bo‘lishi uchun dastlabki shart-sharoitlar qanday tarzda yuzaga keladi? 3. Menejment fanining asoschilari kimlar? 4. Menejmentning tarixiy rivojlanishi qanday davrlarga bo‘linadi? 5. Menejmentning axborot davri o ‘zining qanday xususiyatlari bilan tavsiflanadi? 6. Menejmentning fan sifatida rivojlanishida qanday yondashishlar mavjud bo‘lgan hamda ulaming asosiy yo‘nalishlari nimalarga asoslangan? 7. Menejment fani qaysi fanlar bilan uzviy bog‘langan va kursning vazifalari nimalardan iborat? 8. Boshqarishni asosiy qonunining mohiyati nima? 9. Boshqarishning qanday tamoyillari mavjud va ular nimalarga asoslanadi? 10. 0 ‘yinlar nazariyasining asosiy mazmuni nimadan iborat? Mustaqi] ishlar
1. «Menejment» predmetining o‘rganilayotgan fanlar tizimidagi sxemasini chizing. 2. Boshqarishning mantiqiy tizimini grafik tasvirini tuzing va izohlang. Amally mashg‘ulotlar
1. F. Teyloming «Mehnatni ilmiy tashkil etish» to‘g‘risidagi izlanishlari bo‘yicha referat tayyorlang. 2. Menejment fani va kursining vazifalari, uning o‘rganilayotgan fanlar