majbur etishning noiqtisodiy usullaridan foydalandi, ish haqi to‘lashda qoldiq tamoyiliga amal qilindi, mehnat kunlarining majburiy bo‘lgan eng kam miqdori joriy qilindi, kolxozchilarga pasport berish to‘xtatib qo‘yildi, ko‘pgina an’analar qoralandi. Ikkinchi Jahon umshining boshlanishi xalq xo‘jaUgini boshqarishni harbiy izga tushirish, mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirishga doir umumiy dastuming asosiy qismi bo‘lib qoldi. 0 ‘zbekiston Qizil armiyaning front orqasidagi mustahkam manbayiga aylandi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimining urush yillaridagi xunuk ko‘rinishlaridan biri «talafotlar bilan hisoblashib o‘tirmay har qanday qilib bo‘Isa ham harbiy maqsadlarga erishish zarur» degan tamoyil bo‘ldi. Urush tugash vaqtiga kelib 0 ‘zbekistonda jamiyal laiaqqiyoli jaiayonlarini o‘zgartirib yuborgan tizimga amal qilinar, farmonga asoslangan iqtisodiyotni boshqarish usullarini inkor qilgan to‘g‘anoq mexanizm kuchayib borardi. 0 ‘zbekistonning besh yillik rejalarini tuzishda sanoatni boshqarishning iqtisodiy tamoyillari inkor etildi, ular ishga solinmadi. Xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini mablag1 bilan ta’minlash, ijara tamoyillari, xo‘jalik faoliyatida tashabbus ko‘rsatishni, ijodkorlikni ta’minlaydigan hamda ijobiy natijalarga olib keladigan boshqa shakllari rivojlanmay qoldi. B O SH Q A RISH USULLARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI
Boshqarish usullari orqali boshqarish faoliyatining asosiy mazmuni amalga oshiriladi. Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo‘ygan vazifalami o‘z vaqtida 26
yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan ko‘riladigan chora-tadbirlami va ta’sirchan usullami qo‘llanilishini bildiradi.