soha va tarmoqlarga yashil yo‘l ocliib berib, ulami oyoqqa turib olgunlariga qadar davlat va hokimiyat tomonidan yordam berib turishi lozim. Ayni vaqtda bozor tan olmaydigan, faqat ishlab chiqarish uchun ishlab chiqaradigan, ayniqsa, davlatdan qarz bo‘lib (dotatsiya hisobiga) ishlaydigan korxonalami zudlik bilan yo‘qotish, ular o‘miga mulkchilikning yangi shakllariga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Talab va taklif keng joriy etilishida davlat va hokimiyat tomonidan qo‘llab- quwatlash hamda uni ilmiy asosda aniq hisob-kitob orqali boshqarib borish talab etiladi. Ya’ni barcha tuman, viloyatlarda va butun mamlakatimiz bo‘yicha qanday mahsulotlar o‘zimizda ishlab chiqariladi-yu, qanday tovarlar xorijdan olib keltiriladi, degan makro-marketing savollariga javob berishimiz darkor. Bozor mexanizmini boshqarish jarayonida uning salbiy tomonlarini, ya’ni ishsizlikni, ijtimoiy tabaqalanish, kuchsizlarga nisbatan ro‘y beradigan shafqatsizlikni va hokazolami kamroq og‘riq bilan o‘tkazib (ijtimoiy himoyani o‘miga qo'yib), hamma turdagi mavjud resurslardan samarali foydalanish, xalq farovonligini oshirish, mehnatkashlarni mulk egasiga (haqiqiy xo‘jayinga) aylantirib, ularda tejamkorlik, manfaatdorlik, mas’uliyat hissiyotlarini kuchaytirish va shular kabi boshqa отШаг orqali xalq xo‘jaligining ba’zi sohalarida sezilib turgan tanglikdan chiqib ketish yo‘llarini topish maqsadga muvofiqdir. Kishilarimiz qanchalik nosotsialistik davlatlarda bo‘lsalar, shunchalik o‘sha mamlakatning boyUgi haqida so‘z yuritilar edi. Bunday xabarlar odamlar orasida juda tez tarqalardi va tabiiyki eshitganlar chet el fuqarolari kabi yashashni xohlab qolishardi. Ustiga-ustak oxirgi o‘n yilliklar davrida sobiq sovet mamlakatida