R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


iqtisodiy inqiroz ro‘y berayotgani ochiq-oydin tan olinmasa ham iqtisodiy



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/192
tarix30.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#150665
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   192
Menejment asoslari

iqtisodiy inqiroz ro‘y berayotgani ochiq-oydin tan olinmasa ham iqtisodiy
tanazzulni statistik ma’lumotlardan bilish qiyin emas edi.
0 ‘zbekistondagi iqtisodiy ahvol yana ham ayanchliroq edi. Chunki aholi
jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad Umumittifoqdagiga qaraganda 1,5
marotaba kam deb hisoblanar, aholimiz esa 2 marta ozroq pullik xizmatlardan
foydalanar edi. Respublikada ekologik muvozanat buzilgan, tibbiyot va boshqa
sohalarda qiyinchilik ko‘p edi.
Sobiq sovet tizimida tug‘ilib, o‘sib ungan hozirgi avlodimizning ongiga
sotsialistik rejalashtirish iqtisodiyoti, markazlashtirilgan boshqaruv tizimlari
singdirilganligiga qaramay, mikroiqtisodiyot nuqtayi nazaridan o‘tmishga nazar
tashlasak, Xitoy, Koreya, Germaniya, Vyetnam mamlakatlarining bir qismida
bozor iqtisodiyoti, ikkinchi qismida esa sotsialistik rejalashtirish va taqsimlashga
31


asoslangan iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida ishlab keldi. Natijada bozor iqtisodiyoti
ustunligi amaliy hayotda isbot bo‘ldi. Negaki, bir xil tabiiy sharoit, boyliklarga
ega bo‘lgan bir xil millat odamlarida har xil turmush darajasiga erishildi. Bozor
sharoitida yashayotgan Tayvandagi xitoyliklarni, Federativ Germaniyadagi
nemislami, Janubiy Koreyadagi va Vyetnamdagi odamlami turmush darajasi
sotsialistik iqtisodiyot sharoitida yashayotganlarga nisbatan rivojlanib, ancha
farq qila boshladi.
Bozor iqtisodiyotining to‘laqonli faoliyat ko'rsatishi ko‘p tomondan bozor
mexanizmining ishlashiga bog‘hq. Boshqaruv esa bozor mexanizmining asosiy
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, umumiy
xalq xo‘jaligi, regional, tarmoq va aniq ishlab chiqarish (korxona yoki firma)ni

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin