Ma’lumki, turg‘unlik davrida jamoalarning ijtimoiy ruhiy-muhitini yaxshilashga yetarli darajada e’tibor berilmas edi. U yillarda ma’muriy buyruqbozlik boshqarish usuli hukm surar edi. Bunday boshqaruv usuliga ishchilar ko'nikib, o‘zlariga nisbatan rahbarlaming qo‘pol gaplariga ahamiyat bermas edilar. Buni o‘sha zamon talabi taqozo etar edi. Demokratiyalash, oshkoralik sharoitida barcha eski ish uslublariga chek qo‘yiladi. Hozirgi sharoitda rahbar faqat o‘z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, mhiyatchi (psixolog), tarbiyachi va ijtimoiy yetakchi bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun har bir rahbar xodim: sotsiologiya, mhiyat, pedagogika fanlarini mustaqil egallashi kerak. Buni hayotimizdagi jiddiy o‘zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarning o‘z-o‘zini boshqarish sharoitida ular bilan ishlash taqozo qiladi. Jamoaga a’zo bo‘lgan har bir shaxsning qalbiga yo‘l topa bilish rahbar ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan rahbar o‘z jamoasi ichida mehnat jarayonida vujudga keladigan har xil nizolami jamoada, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda, yuqori tashkilotlarga chiqarmasdan o‘zida hal qilishga qodir bo‘ladi. Bunday rahbar o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qilgan bo‘lib, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog'lom ruhiy muhit yaratish uchun rahbar quyidagilarga: har bir ishchi-xizmatchi xodimlaming shaxsiy fazilatlarini, yoshini inobatga olishi, ishchilar o‘rtasidagi hamkorlikni va o‘zaro yordamni bir-birlari bilan chambarchas bog‘laydigan ijtimoiy aloqa maromini, iqtisodiy musobaqani tashkil etishga, mehnat jamoalarida ish faoliyatining pirovard natijalari uchun har bir ishchining mas’uliyat sezish tuyg‘usini mustahkamlashga, jamoa a’zolarining yuqori unumli mehnat qilishi,