Ijaraga olgan kishilar tomonidan sotib olingan obyektlar ishga tushdi, xalq ehtiyojini qondira boshladi, tovar almashuvi ko‘paydi. Iqtisodiyotning yangi shakllari: ko‘p ukladli iqtisod paydo bo‘ldi, buning natijasida esa iqtisodiy barqarorlik o‘lkamizga kirib kela boshladi. 1925—30-yillarga kelib 0 ‘zbekiston SSR tuzilishi bilan birga SSSR tarkibiga qabul qilindi. Sanoat va qishloq xo‘jaligini boshqaruvchi respublika tuzilmalari ittifoq idoralarini takrorlar, Xalq komissiariatlari va idoralar tuzilishi bilan amaldorlar qatlami ko‘payib borar, yordam berish uchun markazdan vakillar kelar, biroq ular o‘zbek tilini, milliy an’analami bilmaganligi uchun boshqaruvda mahalliy sharoit bilan hisoblashmas edi. Boshqaruv to‘la ma’muriy buyruqbozlik uslubiga o‘tib, nihoyatda markazlashgan edi. Bu jamiyatning negizi bo‘lib qolgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi NEP iqtisodiyotining ziddiyatlarini o‘ziga singdirib «Harbiy kommunizm» an’analarini davom ettirib bordi. Asosiy qismi past malakali va qashshoq kishilardan iborat bo‘lgan ishchilar bozor stixiyasini, yakka tartibda zo‘r berib qilinadigan ijodiyotni emas, balki tayinli ma’lum ijtimoiy kafolatlami afzal ko‘rar edilar. Shu narsa ma’muriy buyruqbozlik tizimiga to‘g‘ri kelar, chunki ommani g‘oyaviy jihatdan shakllantirish imkoniyatini berar edi. Partiya, davlat nomenklaturasining qattiq iskanjasi iqtisodiyot, siyosat, madaniyatni ezib tashladi. Muhim qarorlami partiya tor doirada qabul qilar va butun mamlakat uchun majburiy bo‘lib qolar edi. Ijodiy bahs munozaralar, kelishuv yo‘llarini qidirish o‘tmishda qolib ketdi. Sovetlar, kasaba uyushmalari, boshqa jamoat tashkilotlari yuqoridan beriladigan ko‘rsatmalami passiv ijrochilari bo‘lib qoldilar. Partiya idoralari bilan kelishmasdan turib, muhim qarorlaming