birortasini qabul qilib bo‘lmas edi. Demokratiyani bo‘g‘ish Konstitutsiyada e’lon qilingan haq-huquqlami ham ommaviy ravishda buzishga olib keldiki, bu narsa 0 ‘zbekiston xalqlari boshiga og‘ir kulfatlar soldi. Shuningdek, shu yillarda keng qamrovli industrlashtirish dasturiga o‘tish iqtisodiy resurslarga haddan tashqari zo‘r kelishiga sabab bo‘ldi, qo‘shimcha qiyinchiliklami keltirib chiqardi va qanchadan qancha xarajatlar qilishga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xususiy kapital yirik sanoatga ataylab yaqinlashtirilmas, sanoat jamg‘armalari asosidagina industrial sakrashni amalga oshirish aslo mumkin emas edi. 25
Respublika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘Iini ham shu narsa belgilab berdi: bu yo‘l qishloq xo‘jaUgi va tabiiy boyliklami ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan edi. Industrlashtirish rejalarini amalga oshirish haddan tashqari zo‘r berib mehnat qilish, ijodiy tashabbus ko‘rsatish, iste’molni cheklash va o‘z qo‘hdagi mablag‘lami sarflashni talab qilardi. Xo‘jalik hisobini, ishlab chiqaruvchilar tashabbusi va uddaburonligini kuchaytirishga mo‘ljallangan moddiy rag‘batlami rasm qiluvchi yangi iqtisodiy siyosat rejalashtirishni mumkin qadar markazlashtiradigan va barcha boshqarish ishlarini qattiq tartib ostiga oladigan ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan almashtirildi. Ammo 30-yillar boshidan boshlab sovet davlati kooperatsiyani har tomonlama kamsitdi, mahalliy sharoitlar hisobga olinmadi. Kolxoz qurilishini jadallashtirish to‘g‘risidagi partiya yo‘l-yo‘riqlarini mahalliy rahbarlar so‘zsiz bajarishi kerak bo‘lgan ko‘rsatmalar deb bilib, raqamlar ketidan quvish avj oldi. 0 ‘ziga to‘qroq xo‘jaliklar tugatildi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi dehqonlami