chiqarish hajmini oshirishidan manfaatdor qiladi, imtiyozli shartlar asosida qarz berish bilan xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishning yangi quwatlarini yaratishga qiziqtiradi. Mazkur usullardan ishlab chiqarishda shunday foydalanish kerakki, bunda har bir xodim va jamoaning moddiy manfaatlarini qondirish darajasi ulaming umumiy pirovard natijalariga erishishga qo'shgan hissasi bilan belgilanishi lozim. Korxona ishchi-xodimlarining yuksak pirovard natijalarga erishganligi uchun moddiy rag‘batlantirish mehnat jamoasining xo‘jalik hisobi daromadidan hosil qilingan iqtisodiy rag'batlantirish fondidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy rag‘batlantirish fondiga moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari kiradi. Xodimlar, mehnat jamoalari qanchalik unumli mehnat qilsalar ulaming xo‘jalik daromadi shunchalik ko‘p boiadi. Bu xodimlaming ijtimoiy va moddiy talablarini qondirishga keng yo‘l ochib beradi. Iqtisodiy qonunlami chuqur bilish va ulardan har tomonlama foydalanish davlat tuzumining afzalliklarini 27
ro‘yobga chiqarish, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishning zarur shartidir. 2. Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari. Boshqarishning bu usuli yakkaboshchilik munosabatlari — intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Tashkiliy-ma’muriy ta’sir ko‘rsatish — bu boshqaruvning aniq boshqa- rilayotgan obyektga yoki shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy ko‘rsatmalaridir. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning rahbari o‘ziga bo‘ysunuvchi sex rahbariga, sex rahbarlari shu sexdagi ishlab chiqarish uchastkalarining ustalariga bevosita bajarilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatmalami berishi