Referat I mavzu: Mamlakatimizda pedagogik kompetentlik va kreativlikka oid ilmiy izlanishlar. Qabul qildi


Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetetlikka oid ilmiy yondoshuvlar



Yüklə 69,22 Kb.
səhifə4/8
tarix05.12.2023
ölçüsü69,22 Kb.
#173225
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogika mustaqil ish Axtamova Maftuna

2. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetetlikka oid ilmiy yondoshuvlar.
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun “Agar kosib yomon usta bo‘lsa, bundan davlat juda katta narsa yo‘qotmaydi, faqat xalq yomonroq kiyinadi, xolos. Agar yoshlar tarbiyachisi o‘z vazifasini yomon bajarsa, u holda mamlakatda nodon, johil, bilimsiz va ahmoqlar toifasi vujudga keladi”– degan edi.
Pedagogik kasbiy kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv masalasida butun dunyo olim va mutaxassislari o‘rtasida ilmiy munozara va bahslar davom etmoqda. AQSh va Yevropa mamlakatlari pedagogik olimlariga nisbatan Rossiya olimlari kasbiy kompetensiya masalalariga mukkasidan ketganligi yaqqol ko‘rinadi. V.Slastenin, I.Isaev va boshqalar tomonidan yozilgan “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasining 3-bobi “Pedagogning kasbiy kompetensiyasi”ga bag‘ishlanib, bu tushuncha va mahorati haqida fikrlar beradi. Mualliflarning ta’kidlashicha, pedagogika kompetensiya tizimi, amaliy va nazariy tayyorgarligi, pedagogning kasbiy kompetensiyasi kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega. Shaxs shakllanishini boshqarish kompetentlikni talab qiladi. Bu o‘zida o‘qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligini jamlagan holda uning kasbiy mahoratini namoyish qiladi. U yoki bu kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchining malakaviy tasnifi pedagog kompetensiyasi modeli me’yorlari bilan o‘lchanadi, deb yozadilar. V.A.Bolotov va V.V.Serikovlarning fikriga ko‘ra, kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv talabaning bilimdonligini emas, balki muammolarni hal qila olish qobiliyatini ko‘rsatadi va eng birinchi darajadagi zarur qobiliyat deb baholaydi.
Ye.V.Bondorevskaya va S.V.Kulnevichning ilmiy ishlarida talabalar yig‘adigan kompetensiya unsurlari faqat asosiy maqsadga, pedagogik faoliyat olib borish uchun yo‘naltirilishi yoki zarur bo‘lishi lozim deb hisoblaydi.
V.S.Yelegina va S.M.Poxlebaev tomonidan Rossiyaning “Fundamentalnoe issledovanie” jurnalining 2012 yil 3 sonida e’lon qilingan “Kompetentnostnыy podxod k organizatsii obuchenie studentov v pedagogicheskom vuze» ilmiy maqolasida kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida talaba o‘z faoliyatidan ijodiy natija oladi va shu bilan birgalikda, muvaffaqiyat qozonishning usullari, yo‘llari, metodlari, yondoshuvlari va uslublarini o‘zlashtirib oladi. Aynan talaba tomonidan yaratilgan ijodiy natija talaba bilan o‘qituvchining hamkorlikdagi ijodiy natijasi hisoblanadi. Talabaning o‘zlashtirishiga baho berishdan maqsad, berilgan ta’limning qanchalar samarador bo‘lganligi darajasini aniqlash, bu birinchidan, maktabda olgan nazariy bilimlari darajasini bilish, ikkinchidan undagi kompetensiya shakllanishi, amaliyot paytidagi muvaffaqiyatli faoliyati yanada tezlashadi. 6 Chuqur islohotlarni, modernizatsiyalashni talab qiladigan zamonaviy ta’lim o‘z-o‘zidan kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bu albatta, kasb jihatdan kompetentligi bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashni talab qiladi. Ta’limning asosiy maqsadi talabada ijtimoiy zarur sifatlarni va kompetensiyani, shaxs sifatida o‘zo‘zini anglash, o‘z bilimlarini doimiy oshirib borish, o‘z-o‘zini boshqarib borish va faollashib borishni shakllantiradi. Albatta, bu mavzuning o‘rganilganligi darajasini ko‘plab xorijiy va mamlakatimizdagi oliy va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda ko‘rishimiz mumkin. Agar biz AQSh oliy pedagogik ta’limi tizimi faoliyatiga nazar tashlamoqchi bo‘lsak, B.D.Vulfson, T.N.Kurilova, Z.A.Malkova va boshqalarning ilmiy ishlarini, agar AQSh pedagogik ta’limining maqsadlari haqida bilmoqchi bo‘lsak, N.D.Nikandorova, V.Ya.Pilipovskiy, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik ta’limi bo‘yicha G.G.Agapova, O.O.Borovikova, V.S.Budenko va boshqalarning ishlarini, AQSh o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimi haqida esa V.B.Gargay, N.I.Kustinova va boshqalarning ishlariga nazar tashlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning ilmiy ishlaridan Rossiya va AQSh ta’lim tizimi bir-birini to‘ldirib boyitganligini tasavvur qilishimiz mumkin. AQSh, Kanada, Avstraliya va bir qator Yevropa mamlakatlarida pedagogik kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yaratilganligi ko‘zga tashlanadi va ular bu muammoni ma’lum bir tizimga solib keng o‘rganmoqdalar. AQShda Kompetensiyaviy yondoshuvning falsafiy asoslari masalasida, ularning global maqsad va vazifalari, tashkiliy tizimi, mohiyati, ta’lim standartlari, sifati, ta’limning sifatini nazorat qilish, oliy pedagogik maktablarning faoliyatini aks ettirgan mualliflar M.Apple, D.Armstrong, D.L.Ball, D.Barnes, F.Baumgartner, M.Cochran-Smith, D.K.Cochan, L.Darling-Hammond, S.Feiman-Nemser, A.D.Glenn va boshqalar.
A.G.Bermusning fikriga ko‘ra, “Kompetentlik takomillashib borayotgan shaxsning barcha hislatlarini, bilimi, tajribasi, umuman olganda, butun borlig‘ini yagona tizimga birlashtiradi”.
“Kompetentlik bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o‘z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab borishi hamdir, – deydi M.A.Choshanov. M.Aronovning fikricha, kompetentlik mutaxassis ning ma’lum bir faoliyat uchun tayyor ekanligini bildiradi.
Noaniq vaziyatlarda faoliyat ko‘rsata olish qobiliyati bu kompetentlikdir, deydi O.Ye.Lebedev.
Kompetentlik insonning intellektual shaxsiy, ijtimoiy kasbiy hayotiy faoliyatiga asoslanadi, deb yozadi I.A.Zimnyaya.
A.V.Xutorskiy “kompetnsiya” va “kompetentlik” tushunchalari ni quyidagicha ajratib olish mumkin, deb hisoblaydi. Kompetensiya – insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat usullari) hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lishi demakdir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning jamiyatdagi o‘rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta’limtarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an’anaviy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali yechilmagan masalalar talaygina.



Yüklə 69,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin