Samaradorlikni tekshirish bo'yicha ziddiyatlar


Lavozimda o‘tirish osonmi yoki ketish?



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə7/56
tarix01.12.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#71677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
100-200

Lavozimda o‘tirish osonmi yoki ketish?
Albatta, bu savolga turlicha javob bo‘ladi. Ammo davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS)ning tashkil etilishi davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilishda inson omilini yo‘qotishga birmuncha yordam berdi. “Birmuncha” deganimning sababi bor. Mazkur tizim orqali tanlovda yuqori ball olganlar ko‘pincha (!) suhbatdan “yiqiladi”. Yoki umuman test topshirimaganlar ham ishga qabul qilinadi. Agar idoralar buyruq nusxasini ARGOSga topshirmasa, bu holatdan hech kim xabardor bo‘lmaydi.
Hozircha suhbatda bizga ma’qul tushmasa-da, testda yuqori ball olganni ishga qabul qilishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Misol uchun, xalq ta’limi boshqarmasidan suhbatdan o‘tgan tuman XTB boshlig‘i yaqinda appelyasiya orqali suhbat adolatsiz o‘tkazilganini isbotladi va ishga tiklandi. Suhbat oshkora bo‘lishi kerak. Aks holda, odamlarda bu demokratik jarayonga ishonch pasayadi. Lekin malakasi, intizomi yo‘q xodimlar faoliyatiga baho berish me’zonini ishlab chiqishimiz kerak. Vaholanki, hali-hamon ko‘p idoralar o‘zlari “maqsadli” o‘tkazadigan attestatsiya usulidan foydalanyapti. Bu holatda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining o‘z natijalarini himoya qilish vakolatini kuchaytirish kerakka o‘xshaydi.
Hokimda nechta o‘rinbosar bor?
Bitta holatni hisobga olmoq lozim. Garchi kimdandir nimanidir o‘rganayotgan bo‘lsak-da, taraqqiyotni ta’minlashda O‘zbekiston o‘z boshqaruv tizimini shakllantirdi. Globallashuv jarayoni manaman degan davlatlarda ham boshqaruv tizimida qusurlar borligini ko‘rsatib qo‘ydi. Qaysidir sohalarda yirik islohotlar o‘tkazish jarayonlarida o‘sha tarmoq nufuzini ta’minlash maqsadida uning rahbarlariga qo‘shimcha vakolat berildi.
Bu tajriba ish beryapti, negaki o‘sha sohani boshqarish tizimi yangicha shakllanyapti.
Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Byudjetdan maosh oladigan tashkilot rahbarlari ko‘paydi. Misol uchun, tuman hokimida 6-7 nafargacha o‘rinbosar bor, viloyat hokimlarida esa undan ziyod. Ularning yordamchisi, kotibasi, xizmat mashinasi, haydovchisi bor, ayrimlari davlat uyida turadi. Nozik tomoni shundaki, rahbar ko‘paygani bilan, birinchi rahbardan keyingilari, mentalitetimizga ko‘ra, oddiy xodimga aylanib qolaveradi, ya’ni masalani mustaqil hal qilmaydi. To‘g‘ri, ba’zi hokim o‘rinbosarlari faoliyati uchun baholash me’zonlari ishlab chiqilgan. Lekin ular bu ishni bo‘lim boshlig‘i sifatida ham bajarishi mumkin. Yana bir nozik tomoni - bu o‘rinbosarlar ikki idoraga - hokimlik va vazirlikka bo‘ysunadi. Yaqin sohalarni bir-biridan alohida qilgan sari ular rahbarlari o‘rtasida muammo yechimida byurokratik to‘siqlar paydo bo‘laveradi. Tajriba shuni ko‘rsatyapti.
Misol uchun, hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, tag‘in fermerlar uyushmasi bor. Vaholanki, bizda bu sohani boshqarish klasterlarga berilyapti. Agar e’tibor qilsangiz, ular berayotgan hisobotlar bir xil, faqat imzolar turlicha. Ehtimol, bu idoralar negizida pillachilik, chorvachilik, veterinariya va kadastr xizmatini qo‘shgan holda bitta ixcham bo‘lim (departament desa ham bo‘ladi) tashkil etish kerakdir.
Moliyaviy tizimda ham pensiya jamg‘armasi, g‘aznachilik, moliya bo‘limi, bandlik bo‘limlari negizida alohida va ixcham bo‘lim shakllantirilsa, iqtisodga oid tashkilotlarini esa statistika bilan birlashtirib, bitta bo‘lim qilsa bo‘ladi. Faqat soliq idorasi xalqaro tajriba asosida alohida bo‘lishi mumkin.
Yo‘l qurilishi va undan foydalanish, ko‘kalamzorlashtirish, obodonchilik, «Toza hudud» idoralari negizida ham bitta bo‘lim barcha faoliyatni muvofiqlashtirishi mumkin. Bevosita hokimning o‘zi boshqaradigan ijtimoiy soha - ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport ishlari bo‘yicha bitta kotibiyat ham rahbarlikni eplay oladi.
Yo‘q, men bu bilan faqat byudjet mablag‘ini tejash kerak, demoqchi emasman, yaqin sohalar bir-biriga bog‘liq holda rivojlanishi lozim. Bunda sun’iy byurokratik to‘siqlar ham yo‘qoladi.
Xuddi shu ixchamlashtirish, ya’ni optimallashtirishni viloyat miqyosida ham o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi.
Aslida rahbarlikning rag‘bati unga beriladigan qo‘shimcha vakolatda emas. Negaki, vakolat oshgani sayin har bir kishida himmat kamaya boradi. Rahbarlikning rag‘bati uning vazifasi aniqligi va manfaatidadir.
Rahbarlik tizimi samaradorligining yana bir manbasi jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalaridir. Konstitutsiyaviy islohotlardan so‘ng ijro organlari, mahalliy kengashlar faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini ham hisobga olishimiz zarur.
Kamina boshqaruv tizimi haqidagi ushbu mulohazamda qonun va qarorlar, nizom va normalarni tahlil qilishdan yiroqman. Maqsadim mazkur sohada yuzaga kelgan jarayon - asl holatni bayon etmoqdir. Chunki qonun hayotdan olinadi, hayot qonundan emas.
Qolaversa, tajriba shuni ko‘rsatmoqdagi tarmoqlar tizimi puxta bo‘lmasa, yaxshi rahbar ham zo‘riqadi. Zo‘riqish esa qo‘shib yozish va o‘zini ko‘rsatishga, oqlashga intilishga yo‘l ochadi. Rahbar bilan ishi bitmagan xodimlar alam ustida bir-biriga jahl qila boshlaydi.
Deyl Karnegi, Amir Temur asarlari, “Avesto”, “Qobusnoma” o‘z yo‘liga, ammo faylasuflar, ruhshunoslar rahbarlik tizimining real jarayoni psixologiyasi haqida hayotiy xulosa va takliflarni aytishi zarur deb hisoblayman.
Asosiysi, ko‘pchilik bo‘lib mushohada qilsak, o‘zimiz yashab turgan jamiyat rivojiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin