Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o


Bunday komponentlarga quyidagilar kiradi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə43/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

Bunday komponentlarga quyidagilar kiradi:
1) o’quvchilaning o’qishga ijobiy munosabatda bo’lishi;
2) material bilan bevosita xissiy tinishish jarayonlari;
3)olingan materialni faol ravishda qayta ishlash jarayoni bo’lgan fikrlash jarayoni va
4) qabul qilingan hamda ishlab chiqilgan axborotni esda olib koli shva esda saqlash proyessi. Bu komponentlarning mazmunini qisqacha qarab chiqamiz va talim proyessida rivojlanishini xarakterlab beramiz.
1.O’qishga munosabat. O’qishga ijobiy munosabatda bo’lish o’quv materialini to’la - to’kis o’zlashtirishning mutlaqo zarur shartidir. Psixologlarni o’tkazgan tadqiqotlari bundan munosabatni tarkib toptirishga quyidagi omillar yordam berishini ko’rsatdi: o’quv materialining goyaviy - ilmiy jihatdan mazmunli bo’lishi, uning komunikativ kurulish amaliyoti bilan aloqadorligi bayon qilishning muamoli va emotsional xarakterda bo’lishi o’quvchilarining bilishiga oid izlanish faoliyatini uyushtirish, o’quvchilarni o’quv ishlarining ratsional usullari bilan qurollantirish.
O’quvchining o’qishga munosabati uning o’qishga diqqat qilishida, qiziqishida qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun iroda kuchini sarflashga tayyor ekanligida ifodalanadi.
O’quvchilarning diqqati - o’quv ishlari muvuffoqiyatli borishining zarur shartidir. Ta'lim jarayonida diqqat takomillashadi, ancha ixtiyoriy, ya'ni uyushgan, tartibga tushgan boshqariladigan bo’lib qoladi. Diqqatsizlikning oddiy sabablari –fanga nisbatan qiziqishning yo’qligi, materialni bayon qilishning quruq va noaniqligi o’quvchilarning charchaganligidir.
O’quvchilar diqqatini ko’zgoatishning asosiy vositalari – xilma – xil usullarni qo’llagan holda mashgulotlarni dinamik tarzda olib borish, o’quvchilar faolligshini oshirish, bayon qilishning jonliligi, bir faoliyat turidan ikkinchisiga o’tishi, diqqatni chalg’ituvchi ko’zgovchilarga barham berishdan iboratdir. Albata diqqatni faqat uni chalg’ituvchi ko’zgovchilarga barham berish yo’li bilangina emas, balki ularga qarshi tura bilish qobiliyatini tarkib toptirish, ularning chalg’ituvchi ta'siriga qarshi kurashish yo’li bilan ham tarbiyalamoq kerak, aks holda noziklashgan, injik diqqat mutlaqo qulay sharoitlardagina ishlash odati vujudga keladi.
Diqqatning xarakteriga o’quv ishlarining sur'ati juda ta'sir ko’rsatadi. Sekin sur'at diqqatni tarkatib yuboradi, o’quvchilarning faolligini sekinlashtiradi. Jadal sur'at ham noqulaydir, ko’pchilik o’quvchilar o’qituvchining fikriga diqqat qilib ulgurmaydilar, charchaydilar orqada qoladilar. Buning oqibatida diqqat ham susayib tarqoq holda bo’ladi.
Muayyan sinf uchun optimal ish sur'ati o’qituvchi tomonidan empirik tarzda belgilanadi. O’qituvchi o’quvchilarning diqqatini jalb etishga harakat qilganda shu narsani nazarda tutish kerakki, ba'zi hollarda o’quvchilar o’z diqqatlarini oshirib diqqat qilib,diqqat bilan qarab tursalar ham, lekin ularning fikri ,boshqa biror narsa bilan band bo’lishi mumkin. O’qituvchi diqqating tashqi ifodasiga e'tibor berib kolmasdan faoliyat jarayonida faol idrok qilish bilan bog’liq bo’lgan haqiqiy diqqat berilishiga erishmogi zarur.
O’qishga ijobiy munosabatda bo’lishni ifodalashning ikkinchi formasi o’qishga oid qiziqishlarning mavjudligidir, qiziqish odatda emotsional buyokka ega bo’lib chuqur va ta'sirli tuygularni kechirish bilan bog’liqdir.
O’qishga oid qiziqishlar odatda, tanlovchanlik xususiyatiga ega bo’lib ular eng kichik yoshdagi o’quvchilardagina umuman o’qishga bulagan qiziqish shaklini olishi mumkin, o’qishga qiziqish o’quvchiga o’zi o’rganayotgan materialining ahamiyati qanchalik tushunarli ekanligiga, bu material o’quvchi qiziqishlarining o’qishdan tashqari sohasi bilan qanchalik aloqadorligiga, o’qituvchi materialni qanchalik aniq va tushunarli qilib bayon etishiga, o’qitish metodlarining qanchalik xilma xil ekanligiga bog’liqdir.
Tasviriy ko’rgazmalilik - tasviriy vositalar rasmlar, mulyajlar, diopozitivlar, kinokartinalar yordamida amalga oshiriladi. Tasviriy vositalarning xarakteriga qarab ko’rgazmalilik haqiqiy tasviriy ko’rgazmalilikka (narsa va hodisalarning haqiqiy tasviri) va simvolik ko’rgazmalilikka (kartinalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diogramalar) bo’linadi. So’z ko’rgazmaliligi deganda o’qituvchining o’quvchilarda konkret tassavvurlarni uygotadigan erkin, obrazli erkin nutqi tushiniladi. Biroq psixologik kuzatishlar va eksperimentlar shuni ko’rsatmoqdaki, xissiy idrok qilish bosqichida ortiqcha to’xtalib qolish faqat foydasiz bo’libgina qolmasdan, shu bilan birga zararli hamdir. Chunki u abstrakt tafakkurning rivojlanishini bugib qo’yadi.
Kuzatuvchanlikni tarbiyalash faol uyushgan, aniq maqsadga muvofiq tizimli kuzatish ko’nikmasini tarbiyalash sifatida juda muhimdir. O’qituvchi kuzatishni tashkil qilar ekan o’quvchilar oldiga aniq va muayyan bir maqsadni qo’yadi, kuzatishni yo’lga soladi. Detallarni ajratib ko’rsatishni mazkur ob'ektni boshqa ob'ektlar bilan taqqoslashni va nomuhim belgilarni ajratib ko’rsatishni tavsiya etadi. O’quvchilarga kuzatish natijalarini so’z bilan yoki ko’rgazmali formada qayd qilishini o’rgatish muhim ishdir.
O’quv materialini anglash, tushunish, uni muayyan tizimga kiritish, muayyan sohalarga oid aloqalarni fanlar ichidagi va fanlararo aloqalarni topa olish va ularni o’zaro boglay olish(Yu.A.Samarin fikri bo’yicha)-o’zlashtirishning eng muhim komponentidir.
Tushunish hamisha yangi materialni tarkib topib bo’lgan assotsiatsiyalar tizimsiga kiritishni, notanish materialni tanish material bilan boglashni anglatadi. Sabab-oqibat bog’lanishlari munosabatlarinit o’rnatish o’quvchilar uchun bir muncha qiyinchilik tugiladi, bunga sabab, bir tomondan shuki, hatto bu xildagi oddiy munosabatlar ham ko’pincha pir tomonlama emas (birdan-bir sabab - bita oqibat), balki ko’p tomonlama bulad (bitta sabab ko’p oqibatlaga ega bo’ladi yoki bitta oqibat ko’pgina sabablar vujudga keltirishi mumkin. Ikkinchi tomondan, bu kiyinchiliklar shu narsa bilan bog’liqki, sabab-oqibat bog’lanishlari ko’pincha oddiy kuzatish yo’li bilan idrok qilinmaydi, balki tafakkur yordamida aniqlanadi.
O’quvchining tafakkuri bilan qabul qilingan va qayta ishlangan axborot xotirada saqlanishi lozim. Bu esa istalgan bir paytda xotiradagi zahiralardan zarur malumotlar olish va ularni qo’llash imkoniyatini beradi.
Esda olib qolish to’g’ridan-to’g’ri o’quvchi faoliyatining xarakteriga bog’liqdir. O’tkazilgan ko’pdan-ko’p kuzatishlar va tajribalar (A.A.Smirnov P.I.Zinchenko) shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish biron-bir faol faoliyatda ro’y bergan vaqtdagina eng samarali bo’ladi. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshiruvchilarga ikki xil faoliyat taklif qilingan edi. Birinchi holda ular malum tekstlarni esda olib qolishlari lozim edi. Tekshiruvchilar tekstni yodlar ekanlar, material ustida hech qanday faol ish olib bormadilar. Ikkinchi holda esda olib qolish vazifasi qo’yilmadi-yu, lekin tekst ustida muayyan ish olib borish-undagi manaviy xatolarni aniqlash taqlif etildi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin