3-jadval.
“SAMARQAND-PARRANDA” AJ QK ning 2014 yil bo'yicha davr
xarajatlarining hajmi
Davr xarajatlari 100%
Sotish xarajatlari 10%
109699000
Mamuriy xarajatlar 23%
264696000
Boshqa operatsion xarajatlar 67%
777652000
2.2 Parrandachilik korxonalarida yordamchi va umumiy ishlab chiqarish
xarajatlari hisobi
Korxonaning asosiy ishlab chiqarishiga yoki asosiy faoliyatiga yordamchi va
xizmat ko‘rsatuvchi hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi
axborotlarni umumlashtirish 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotida amalga
oshiriladi.
Ushbu schyot quyidagilarni ta’minlaydigan, ish-lab chiqarish xarajatlarini
hisobga olish uchun qo‘llaniladi:
a) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bug‘ va boshqalar) bilan xizmat
ko‘rsatish;
b) transport xizmatini ko‘rsatish;
v) asosiy vositalarni ta’mirlash;
g) asboblar, to‘rtburchak muhrlar,
ehtiyot qismlar, qurilish detallari va
konstruksiyalarini tayyorlash yoki qurilish materillarini boyitish (asosan qurilish
korxonalarida);
d) tosh, shag‘al, qum va boshqa ruda bo‘lmagan materiallarni qazib olish;
e) yog‘och materiallarini tayyorlash va taxta qilish;
j) qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash, quritish va konserva qilish (asosan,
savdo korxonalarida).
Bundan tashqari ushbu schyotlarda korxona
balansida turuvchi ilmiy
tekshirish va tajriba konstruktorlik bo‘linmalarining xarajatlari aks ettirilishi
mumkin.
2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotining debeti bo‘yicha mahsulot
ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
to‘g‘ri
xarajatlar shuningdek, yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga
yo‘qotishlar aks ettiriladi.
Mahsulot
ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bevosita
bog‘liq to‘g‘ri xarajatlar 2310 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga, ishlab chiqarish
zaxiralari, mehnat haqi to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar,
asosiy
vositalarga eskirish va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va boshqalarni
hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq
bo‘lgan egri xarajatlar 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotiga 2510
"Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyotidan hisobdan chiqariladi. Yordamchi
ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar ayrim hollarda
bevosita 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotida hisobga olinishi mumkin.
Yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish"
schyotiga 2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar"
schyotidan hisobdan
chiqariladi.
2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotining kreditida tugallangan
mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish
haqiqiy tannarxining
summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish"
schyotining kreditidan 2010 "Asosiy ishlab chiqarish", 2510 "Umumishlab
chiqarish xarajatlari", 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar", 9130 "Bajarilgan ish
va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi", 9420 "Ma’muriy xarajatlar" schyotlariga
va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha analitik hisob xarajat
elementlari va moddalari bo‘yicha va mahsulot turlari bo‘yicha yuritiladi.
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha
oy oxiridagi qoldiq
tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko‘rsatadi.
2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq
tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini ko‘rsatadi.
Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)ning bog‘lanishi
quydagicha
5
:
Dostları ilə paylaş: