Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə24/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Test savollari:
1. Ishlab chiqarish jarayonining mohiyati nimadan iborat?
a) ishlab chiqarish jarayoni jonli mehnat ning mehnat predmetiga ta’siridir;
b) ishlab chiqarish jarayoni kishilarning mehnat buyumlariga maqsadga muvofiq ta’siridir;
c) ishlab chiqarish jarayoni qismiy jarayonlar va tabiiy jarayonlardan tashkil topgan murakkab jarayondir;
d) ishlab chiqarish jarayoni yangi mahsulot yaratish yoki ularning xususiyatlarini qayta tiklash maqsadida jonli mehnatning ma'lum mehnat qurollari yordamida mehnat buyumlariga ta’siridir.

2. Ishlab chiqarish operasiyasi nima?


a) texnologik jarayonlarining bir qismidir;
b) bir mehnat buyumiga ishlov berish jarayonidir;
c) bir ish joyida bir mehnat quroli yordamida bir yoki bir nechta mahsulot ustida bajariladigan jarayonning bir qismidir;
d) bir ish joyida bajariladigan texnologik jarayonlar yig ‘indisidir.

3. Ishlab chiqarish operasiyalarining qanday turlari mavjud?


a) qo‘l, mashina-qo‘l, apparatli
b) mashina, qo‘l, mashina-qo‘l
c) apparatli, avtomatlashtirilgan, qo‘l
d) Qo‘l, mashina-qo‘l, apparat, avtomatlashtirilgan, mashina.

4. Ishlab chiqarish jarayoning qanday turlarini bilasiz?


a) analitik, sintetik,uzluksiz;
b) sintetik, uzluksiz,chiziqli;
c)analitik, chiziqli, uzluksiz;
d) analitik, sintetik, chiziqli.

5. Turli xom ashyo va materiallardan bir turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan jarayon- ………..


a) sintetik jarayon;
b) analitik jarayon;
c) chiziqli jarayon;
d) mexanik jarayon.

6. Parallel harakat turi ….. amalga oshiriladi.


a) faqat seriyali ishlab chiqarishda;
b) yakka tartibli va ommaviy ishlab chiqarishda;
c) yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda;
d) yakka tartibli ishlab chiqarishda.


7. Ishlov berish partiyalar bo ‘yicha olib boriladigan, operasiyadan operasiyaga o‘tishda uzluksizlikni ta’minlash talab etiladigan harakat qanday harakat hisoblanadi?
a) parallel;
b) ketma – ket;
c) parallel, ketma – ket;
d) uzluksiz.

8.Parallel ketma-ket harakat turida ishlab chiqarish sikli davomiyligini aniqlang. t1=5 min., t2=3 min., t3=4 min., t4=2 min., N=800 dona, p=200 dona.


a) 6100
b) 4900
c) 5800
d) 5300


9. Proportsionallik koeffitsienti qanday hisoblanadi?
a) K=U/Qlin
b) K=U+Qlin
c) K= Qlin /U
d) K=1-Qlin /U
U-jihoz unumdorligi.
Q-lin-liniyaning umumiy quvvati.
10. Asosiy ishlab chiqarish jarayoni
a) tayyorlash, ishlov beruvchi, yig ‘uvchi;
b) tayyorlov, ishlov beruvchi, sotish;
c) tayyorlov, transport;
d) ishlov beruvchi, transport, sotish.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin