Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Oqimli tizimini hisoblash uchun boshlang ‘ich ma’lumotlar va hisoblash tartibi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə27/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

Oqimli tizimini hisoblash uchun boshlang ‘ich ma’lumotlar va hisoblash tartibi.

Oqimli tizimni hisoblash tartibini chuqurroq ko ‘rib chiqamiz.
1. Oqimli tizimni hisoblash tizim taktini aniqlashdan boshlanadi.
Takt bu mahsulot ishlab chiqarish orasidagi vaqt intervalidir. Masalan, agar oqimli tizim takti 5 minutga teng bo‘lsa, demak har 5 minutda liniyadan tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.
Oqimli tizim takti yillik (oylik, smenalik) vaqt fondini shu davr mobaynida ishlab chiqariladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati orqali aniqlanadi:
 = Fn . S . K /Oy
bu yerda:  - oqim tizimi takti, min/dona.
Fn - liniyaning nominal(yillik, smenalik) ish vaqti fondi.
S - smenalar soni.
K - reglamentlashtirilgan tanaffuslarni hisobga olish
koffitsienti.
Oy – natural ifodadagi mahsulot (detal)lar ishlab chiqarish hajmi, (yillik, smenalik)
Oqimli tizimidagi ish o ‘rinlari soni har bir operasiya bo ‘yicha alohida donaviy vaqtni (tdonai) tizim takti () ga bo ‘lish orqali hisoblanadi.
Cxi = tdonai/
bu yerda: Cxi - inchi operasiyadagi ish o ‘rinlarining hisoblangan soni.
Qabul qilingan ish o ‘rinlari soni har bir operasiya bo ‘yicha hisoblangan ish o ‘rinlari sonini yaxlitlash orqali aniqlanadi (har bir ish o‘rini 10% ga ortiqcha ta’minlanishi mumkin).
Masalan: 3 operasiyada ish o ‘rinlari soni quyidagiga teng bo ‘lsin.
Cx1 = 0,94 Cx2 = 1,94 Cx3 = 2,05
U holda qabul qilingan ish o ‘rinlari soni
Cq1 = 1 Cq2 = 2 Cq3 = 2.
Ish o ‘rinlarining ta’minlanish koyeffisenti hisoblangan ish o ‘rinlari sonini qabul qilinsa ish o ‘rinlari soniga bo ‘lish orqali hisoblanadi.
Kti = Cxi/Cqi
Bizning misolimizda ish o ‘rinlarining ta’minlanish koyeffisiyenti quyidagiga teng.
Kt1 = = 0,94; Kt2 = =0,97; Kt3 = = 1,025
Umumiy ish o ‘rinlari soni quyidagicha aniqlanadi:
Cxum = Chi Cqum = Cqi
m - operasiyalar soni.
Tizimdagi ish o ‘rinlarining o ‘rtacha ta’minlanish koffitsienti quyidagicha aniqlanadi.
Kto ‘r = Cxum/Cqum;
Bizning misolimizda:
Kto ‘r = (0,94 + 1,94 + 2,05)/(1+2+2) = 0,986
Oqimli tizimidagi ishchilar soni tizimdagi ish o ‘rinlari soniga asoslanib ko ‘p stanokli xizmat ko ‘rsatish imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanadi. Avval bir smenadagi ishchilar soni aniqlanadi, agar tizim 2 yoki 3 smenada ishlasa, ularning soni shuncha ko ‘paytiriladi.
Bir smenadagi ishchilar soni quyidagi tartibda aniqlanadi:
1) har bir operasiyada jihozlarga xizmat ko ‘rsatish me’yorlari hisoblanadi.
2) har bir alohida olingan operasiya bo‘yicha ko ‘p stanokli ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati aniqlanadi.
3) har bir operasiyadagi ishchilar soni aniqlanadi.
4) qabul qilingan ishchilar soni aniqlanadi.
5) har bir operasiyadagi ishchilarning bandlik koyeffisiyentini aniqlanadi.
6) operasiyalar bo ‘yicha ishchilarning bandligini analiz qilib, ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish imkoniyati aniqlanadi.
7) qabul qilingan ishchilar soni aniqlanadi, ular o‘rni o‘rniga qo ‘yiladi va umumiy bandlik aniqlanadi.
Oqimli tizimning parametrlarini hisoblash.
Oqim tizimining planirovkasini tuzish uchun ma’lum omillar e’tiborga olinishi lozim.

  1. Operasiyalararo transport turi.

  2. Ish o ‘rinlari o ‘lchamlari, ularning konveyerga nisbatan joylashuvi.

  3. Oqim tizimini joylashtirishga ajratilgan maydon o ‘lchami.

  4. Ko‘p stanokli xizmat ko ‘rsatuvchi ishchilarga qulaylik yaratish.

  5. Loyihalashtirish uchun sanitar me’yorlar.

Oqim liniyalarining asosiy ko‘rsatkichi bo ‘lib, liniya qadami, uzunligi, konveyer harakat tezligi, texnologik sikl uzunligi hisoblanadi. Oqimli tizim qadami 2 ketma-ket ish joyi orasidagi masofadir. Oqimli tizim qadami mahsulot o‘lchami, ish joylari va jihozlar o‘lchamiga asosan belgilanadi.
Oqimli tizim uzunligi L = l . Cum.; metr
l - tizim qadami.
Cl - ish o ‘rinlari soni.
Konveyer harakati tezligi:
V = l/
Texnologik sikl uzunligi:
Tt.s = m + (m - L) - uzluksiz harakat qiluvchi konveyer.
m- operasiyalar soni.
Uzlukli harakat qiluvchi konveyerdagi sikl uzunligi:
Tt.s = m + (m - 1) a
a - konveyerning ikki ketma-ket operasiyalari orasidagi harakat vaqti.
Texnologik sinxronlashtirish orqali oqimdagi operasiyalarni taktga tenglashtirish imkoni bo‘lmaganda uzlukli oqimli tizim tashkil etiladi.
Operasiyalarning turlichaligi va ish o ‘rinlarining unumdorligi turlicha bo‘lgani uchun oqimli tizimlarni tashkil etishning o ‘ziga xos tomonlari mavjud.
Birinchidan, tashkiliy sinxronlashtirishdan kengroq foydalanish lozim (kasblarni qo ‘shib olib borish, ko ‘p stanokli xizmat ko ‘rsatish).
Ikkinchidan, taktdan katta bo ‘lgan operasiyalar bajariladigan ish o ‘rinlaridagi unumdorlikni tenglashtirish lozim.
Uchinchidan, liniyalarda mahsulot ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash maqsadida operasiyalar oralig ‘ida aylanma zadellar tashkil etish lozim.
Uzlukli oqim tizimlarini hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

  1. Oqimli tizimlarining takti hisoblanadi.

  2. Tizimdagi hisoblangan va qabul qilingan ish o ‘rinlarining soni hisoblanadi, ish bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti topiladi.

  3. Ishchilar soni aniqlanadi.

  4. Operasiyalar orasidagi transport tanlanib oqimli tizimning o ‘lchamii aniqlanadi.

  5. Oqimli tizimlarning planirovkasi tuziladi.

  6. Tizimning ish jadvali hisoblanadi va chiziladi ya’ni oqimli tizimlarga xizmat ko ‘rsatish vaqti belgilanadi, shu vaqt oralig ‘ida ish o ‘rinlarining ishlash vaqti belgilanadi.

7. Ichki zadellar aniqlanib, aylanma zadellarning harakat jadvali chiziladi.
Oqimli tizimlarning takti va boshqa parametrlar xuddi uzluksiz oqimli tizimlaridagi kabi hisoblanadi.
Tizimdagi transport vositalarini tanlashda shuni hisobga olish kerakki, bu tizimlarning ish tartibini reglamentlashtirish qiyin, shuning uchun bu yerda qo‘l telejkalari, skatlar, elektrotelferlardan foydalaniladi.
Uzlukli oqimli tizimlarni hisoblashning o‘ziga xos tomoni bu tizimlarni ishlash grafigini tuzishda ko ‘rinadi. Bunda xizmat ko‘rsatish davrini tanlash eng asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish davri oqim liniyalariga birlashtirilgan operasiyalardagi ish joylarining unumdorligini o‘zaro tenglashtirish amalga oshiriladigan vaqtdir.
Xizmat ko‘rsatish davrining uzunligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmiga va murakkabligiga hamda bir ishchi tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan ish o‘rinlari orasidagi masofaga bog ‘liq bo ‘ladi.
Agar xizmat ko‘rsatish davri juda kichik bo ‘lsa, bu bir nechta stanokda (ish o‘rnida) ishlayotgan ishchilarga noqulaylik tug ‘diradi, ya’ni bir ish o‘rnidan ikkinchisiga o‘tishlar soni ko‘payib ketadi.
Bu davrning cho‘zilib ketishi esa aylanma zadellar hajmining oshib ketishiga olib keladi.
Samarali xizmat ko ‘rsatish davrini quyidagicha tanlash qabul qilingan:

  • yirik va o ‘rtacha kattalikdagi mahsulotlar uchun –1-2 soat

  • kichik hajmli mahsulotlar uchun –4-8 soat.

- xizmat ko‘rsatish davri tanlangandan so‘ng, shu vaqt oralig ‘ida har bir operasiyadagi ish o‘rinlarining ishlash vaqti aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich ish o‘rinlarining soni birdan ortiq bo‘lgan operasiyalarda ish o‘rinlari qanday ta’minlanganligini ko ‘rsatadi.
Ish o‘rinlarini hisoblashda chiqqan sonning kasr qismi, ish bilan to ‘liq ta’minlanganlik koffitsientiga teng. Masalan: Mh = 2,65 bo ‘lsa, bundan Mq = 3 kelib chiqadi. Bu yerda ikki ish o ‘rni 100% ga ish bilan ta’minlangan, uchinchisi esa faqat 65% ga ta’minlangan.
Ish bilan to‘liq ta’minlanmagan ish joyining ishlash vaqti quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Tt-siz = R0 . Kt-siz/100
R0 – liniyaning xizmat ko‘rsatish davri, (min);
Kt-siz – to ‘liq ta’minlanmagan ish o ‘rinlarining ta’minlanganlik koffitsienti, %.
Masalan: agar R0 = 60 minut bo‘lsa
Tt-siz = 60.65/100 = 39 min.
Yuqorida olib borilgan hisob-kitoblar asosida tizimning ish grafigi chiziladi.
Uzlukli oqimli tizimlarni loyihalashtirishda kasblarni qo ‘shib olib boruvchilar va ko ‘pstanokchilar uchun maksimal qulay sharoitlar yaratishga e’tibor berish lozim (bu yerda gap o‘tishlarning qisqa masofalarini ta’minlash borasida bormoqda).
Masalan: Oqimli tizimda xizmat ko‘rsatish davri (R0) 60 minutga teng. Tizimda 3 operasiya bajarilib, ularning vaqt sarfi normasi
tdona1 = 0,5 min; tdona2 = 1 min; tdona3 = 0,5 min;
Tizim takti =1 min/dona.
Oqimli tizimning ishlash grafigini tuzamiz.

  1. Tizimdagi hisoblangan va qabul qilingan ish o‘rinlari sonini va ularning ta’minlanish koeffitsienti aniqlanadi.

Cx1 = tdona1/ = 0,5/1= 0,5 Cq1 = 1
Kt1 = Cx1/Cq1=0,5/1 = 0,5 yoki 50%
Cx2 = tdona2/ = 1/1 = 1,0 Cq2 = 1
Kt2 = Cx2/Cq2= 1/1 = 1 yoki 100%
Cx3 = tdona3/ = 0,5/1= 0,5 Cq3 = 1
Kt3 = Cx3/Cq3 0,5/1 = 0,5 yoki 50%

  1. Har bir ish o ‘rnining xizmat ko ‘rsatish davri davomidagi ish vaqtini aniqlaymiz. (R0 = 30 min).

1 – operasiya T1 = R0.K/100 = 60.50/100 = 30 min.
2 – operasiya T2 = 60.100/100 = 60 min.
3 – operasiya T3 = 60.50/100 = 30 min.
Aylanma zadellar va ularni hisoblash.
Uzlukli oqimli tizimlarini hisoblashda texnologik, transport va sug ‘urta zadellardan tashqari aylanma zadellar ham hisoblanadi.
Aylanma zadellar – ish o‘rinlarining unumdorligi turlicha bo‘lganligi sababli xizmat ko ‘rsatish davri davomida ikki ketma-ket operasiya orasida to ‘planib qoladigan mahsulotlar miqdori.
Aylanma zadellar tizimdagi ish o ‘rinlarining uzluksiz ishlashi uchun xizmat qiladi.
Aylanma zadellar 2 xil turda bo ‘ladi.

  • xizmat ko ‘rsatish davri boshiga to ‘plangan zadel (“-“ ishorali zadel).

- xizmat ko ‘rsatish davri davomida to ‘plangan zadel (“+” ishorali).
“-“ ishorali zadel avvaldan tayyorlanib ish boshlanmasdan ish o ‘rinlariga keltirib qo ‘yiladi. Xizmat ko ‘rsatish davri boshi va oxiriga ularning hajmi o ‘zgarmaydi hamda tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritiladi.
“+” ishorali zadellar xizmat ko‘rsatish davri davomida hisobga olinib, so‘ngra nazoratdan chiqariladi va tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga kiritilmaydi, chunki xizmat ko‘rsatish davri boshiga va oxiriga uning kattaligi nolga teng.
Aylanma zadel quyidagi formula orqali hisoblanadi.
Zay = (TkrCxi/Tdonai) – (TkrCxi+1/Tdonai+1)
Tkr – ish o ‘rinlarining xizmat ko ‘rsatish davri boshidan kritik nuqtagacha (ish o ‘rnining ushbu operasiyalarda ishni boshlaydigan yoki tugallaydigan vaqt) ishlash vaqti.
Cxi, Cxi+1 – ish o ‘rinlari soni.
Tdonai,Tdonai+1- operasiyani bajarish davomiyligi.
Aylanma zadelni hisoblashni misolda ko ‘rib chiqamiz.
Oqim tizimida 3 operasiya bo ‘lib, vaqt sarfi normalari quyidagicha
tdona1 = 0,5 min; tdona2 = 1 min; tdona3 = 0,5 min;
Tizim takti =1 min/dona.

  1. Ish o‘rinlari soni va ta’minlanganlik koeffitsienti aniqlanadi.

Cx1 = tdona1/ = 0,5/1= 0,5 Cq1 = 1
Kz1 = Cx1/Cq1=0,5/1 = 0,5
Cx2 = tdona2/ = 1/1 = 1,0 Cq2 = 1
Kz2 = Cx2/Cq2= 1/1 = 1
Mz3 = tdona3/ = 0,5/1= 0,5 Cq3 = 1
Kt3 = Cx3/Cq3 0,5/1 = 0,5
Har bir ish o‘rnining ishlash vaqtini aniqlaymiz R0 = 60 min.
1 – operasiya R0.Kz1 = 60.0,5 = 30 min.
2 – operasiya R0.Kz2 = 60.1 = 60 min.
3 – operasiya R0.Kz3 = 60.0,5 = 30 min.

  1. Tizimning ish grafigini va aylanma zadellarninig harakati grafigini chizamiz.

Aylanma zadellarni hisoblash uchun kritik nuqtani aniqlaymiz. 1- va 2- operasiya orasida bunday nuqta 30 min bo ‘ladi.
Operasiyada nechta detalga ishlov berilishini aniqlash uchun ish vaqtini vaqt normasiga bo ‘linadi. Bizning misolimizda 1-operasiyada
Tkr/Tdona1 = 30 min/0,5 = 60 dona
2-operasiyada:
Tkr/Tdona2 = 30 min/1 = 30 dona detalga ishlov beriladi.
Shunday qilib, kritik nuqtagacha 1-operasiyadan ikkinchisiga talab etilgandan 30 ta ko ‘p detal uzatiladi (60-30=+30)
Zay1-2= (TkrC1/Tdona1) – (TkrC2/Tdona2) = 60-30 = +30
2 va 3 operasiya orasidagi kritik nuqta 30 min. 30 minut davomida 2 operasiyada 30 dona detalga (30: 1), 3-operasiyada esa 60 dona detalga ishlov beriladi (30:0,5) ya’ni 3 operasiyaga kritik nuqtada 30 detal yetishmaydi (30-60=-30).
Zay2-3= (TkrM2/Tdona2) – (TkrM2/Tdona3) = 60-30 = -30
Uzlukli oqim tizimida jami umumiy aylanma zadel xizmat ko ‘rsatish davri boshiga operasiyalar orasidagi aylanma zadellar yig ‘indisiga teng.
Umumiy zadel esa quyidagiga teng.
Zum= Ztex + Ztr + Zsug +Zayl.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin