Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Mahsulot sifatini ifodalovchi ko ‘rsatkichlar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə59/89
tarix08.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94852
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89
darslik yakuniy to\'g\'risi

10.2. Mahsulot sifatini ifodalovchi ko ‘rsatkichlar.
Sifat ko‘rsatkichlari ob’ektning sifati tarkibiga kiruvchi xususiyatlarining miqdor xarakteristikasi hisoblanib, ob’ekt hayot skilining ma’lum sharoitlariga nisbatan belgilanadi. Mahsulot uchun bunday sharoit uni yaratish, ishlatish va iste’mol qilish sharoitidir. Xususiyatlari soniga, miqdoriga bog ‘liq holda xususiy, komplekt va integral ko‘rsatkichlar ajratiladi.
Xususiy ko‘rsatkichlar mahsulotning faqat bir xususiyatiga tegishli bo‘lib, uning boshqa xususiyatlaridan ajratib, o‘rganish mumkin bo ‘ladi.
Komleks ko‘rsakichlar esa, turli xususiyatlarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Mahsulot sifatini o‘rganish etalon sifatida sifatning bazaviy ko‘rsatkichi, ijobiy sifat ko‘rsatkichi va integral ko‘rsatkichidan, umumlashtiruchi ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
Obe’kt sifatining klassifikatsion va baholovchi ko ‘rsatkichlari ajratiladi. Klassifikatsion ko ‘rsatkich ob’etning ma’lum bir guruhga tegishli ekanligini xarakterlaydi va uni vazifasi o‘rganish, qo‘llash sohasi va sharoitlarini belgilaydi.
Klassifikatsion ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiritiladi:

  1. Mahsulotning o‘lchamlarini belgilashga xizmat qiluvchi ko‘rsatkichlar.

  2. Mahsulotni yaratish ko‘rsatkichlari – uni qo‘llash sohasi va sharoitlarini belgilaydi.

  3. Mahsulotning funktsional imkoniyatlarini belgilaydigan qo‘shimcha xususiyatlarining mavjudligi ko‘rsatkichi.

Baholovchi ko ‘rsakichlar ob’ekt sifatini ishlab chiqarish va ishlatish jarayonida shakllantiradigan xususiyatlarini miqdor jixatdan xarakterlaydi. Ular mahsulot sifatini nazorat qilishda, sinashda va serifikatsiyalashda qo ‘llaniladi.
Baholovchi ko ‘rsakichlarlari uch turga bo ‘linidi:

  1. Funksional.

  2. Tejamkorlik.

  3. Kritik.

Sifatning funktsional ko‘rsatkichlari belgilangan ehtiyojlarni qondira olishiga yaroqlilik darajasini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • vazifa;

  • ishonchlilik;

  • iqtisodiylik;

  • ergonomik;

  • estetik;

  • standartlash va unifikatsiya;

  • patent – huquqiy.

Vazifa ko‘rsatkichlari mahsulotdan maqsad bo‘yicha faydalanishdan kutilgan samara va ularni qo‘llash sohasini ifodalaydi.
Vazifa ko‘rsatkichlari loyihalash bosqichida ko‘zda tutiladi va ishlab chiqarish bosqichida amalga oshiriladi. Ma’lum darajada ular texnologik tayyorgarlik bosqichida ham, masalan, tayyorlama tanlash va ishlov berish turiga materialdan foydalanish koyeffitsiyenti, ya’ni moddiysig ‘imliligiga bog ‘liq.
Ishonchlilik ko‘rsatkichlari to‘xtamaslik , chidamlilik, ta’mirlashga yaroqlilik va saqlash xususiyatlarini tavsiflaydi.
To‘xtamaslik ko‘rsatkichlari ob’ekt qandaydir vaqt davomida yoki qandaydir miqdor mahsulot chiqarguncha uzluksiz ishlash qobiliyatini saqoab qolish xususiyatini tavsiflaydi. Ular qatoriga to‘xtamasdan ishlash ehtimolligi, to ‘tab qolguncha ishlash va boshqalar kiradi.
Chidamlilik ko ‘rsatkichlari ob’ekt joriy qilingan texnikaviy xizmat va ta’mirlash tizimida oxirgi holat bo‘lguncha o‘z ish fobiliyatini saqlab qolish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ularga: (kapital) ta’mirlash o‘rtasidagi resurs, xizmat muddati, hisobdan chiqarguncha bo‘lgan resurs va boshqalar kiradi.
Ta’mirlashga yaroqlilik ko ‘rsatkichlari ob’ektning ishdan chiqish sabablari oldini olish va ta’mirlash yuli orqali tiklashga moslashganligidan iborat xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Bu ko ‘rsatkichlar soniga: joriy, kapital ta’mirlash va texnikaviy xizmatlar o ‘rtacha operativ davomiyligi kiradi.
Saqlanish ko ‘rsatkichlari ob’ekt buzilmasdan ishga yaroqli xolatini saqlab turish xususiyati yoki mahsulot va materiallar saqlash hamda transportlash davomida va undan keyin iste’mol qilishga yaroqli holatini saqlab qolish xususiyatlarini tavsiflaydi.Ular qatoriga saqlanishning o‘rtacha muddati ko‘rsatkichi kiradi.
Ergonomik ko‘rsatkichlari “inson-buyum”tizimini tavsiflaydi va shu buyum bilan ishlash paytida, ishlab chiqarish va hayotiy jarayonlarda namoyon bo‘ladigan odamning gigenik, antropometrik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga oladi. Bular shovqin, vibratsiya darajalari, havoning maksimal harorati, changning maksimal miqdori va boshqalar kiradi. ergonomik ko‘rsatkichlar loyixalash bosqichida nazarda tutiladi va ishlab chiqarish bosqichida amalga oshiriladi.
Sifatning gigiyenik ko‘rsatkichlariga odam bo‘ladigan hududlarga harorat, shovqin va vibratsiya darajalari, changlanganlik, radiatsiya hamda zaxarlanganlik darajas va boshqa shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar kiradi.
Antropometrik ko ‘rsatkichlar buyum va uni elementlarining shakli odam badani va a’zolari shakliga mosligi mosligini tavsiflaydi. Bunday ko‘rsatkichlarga: dastalar, tugmachalar va tepkilarning shakli; ularning joylashishi; ish harakati qiymati, o ‘rindiqlar shakli va joylashishi; kabina, eshik va lyuklar o ‘lchamlari va boshqalar kiradi.
Fiziologik va psixiologik ko‘rsatkichlar buyum va uning qismlari odamning kuch va tezlik imkoniyatlariga mosligi tavsiflaydi. Bunday ko‘rsatkichlar misollari boshqarish a’zolardagi kuch, qo‘l, operasiyalarini bajarish maksimal tezligi, yorug ‘lik signallar rangi va ravshanligi, tovush signallarining tembri, kuch va hokazo.
Psixologik ko ‘rsatkichlar buyumning odam psixologik xususiyatlari va imkoniyatlariga mosligi, “odam-buyum-muhit” tizimida ma’lumot almashinuv mukammalligini tavsiflaydi. Masalan, bu ko‘rsatkichlarga ish harakati yoki operasiyalar soni, operator kuzatishi zarur bo‘lgan nazorat va signal asbob-uskunalar soni, joylashishi va boshqalar kiradi.
Estetik ko‘rsatkichlar mahsulot ma’lumotining ma’nodorligi, shaklining ma’qulligi, kompozitsiya butunligi va ishlab chiqarish mukammallini tavsiflaydi. Bu guruxga quyidagi ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin:usub va modaga mosligi, hajm-fazo tuzilmasi, ranglar uyg‘unligi, birikmalar, tutashuv yuzalar, yumaloqlashishlarning bajarishligi, tozaligi, firma belgilari, ko‘rsatkichlari va buyumdonni ayni bajarilishi. Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘z mashinasozlik buyumlarida sifatning estetik ko ‘rsatkichlari kam namoyon qilingan. Bu ko ‘rsatkichlar dizayn bo‘yicha muhandislar uchun o‘zlashtirilmagan “qo‘riq” dir.
Texnologik ko‘satkichlar mahsulot ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi, mahsulot tayyorlash va undan foydalanish paytida materiallar, mehnat vositalari hamda vaqt sarflanishining maqbul taqsimlanishini shartlaydigan xususiyatlarni tavsiflaydi. Asosiy texnologik ko‘rsatkichlar mahsulot tayyorlashning mehnat sig‘imi va tannarxidir. Texnologik ko‘rsatkichlar:

  • buyum va uning elementlari zamonaviy ishlab chiqarish maqbul sharoitlarga mosligi darajasini;

  • konstruktsiyali materiallar qo‘llanishining ma’qulligi;

  • ishlab chiqarishning ilg‘or texnologik usullari, namunaviy texnologik jarayonlar va boshqalarni qo‘llash imkonlarini tavsiflaydi.

Texnologiyalarning eng muhim ko ‘rsatkichlari quyidagilar:
Buyumning yig ‘ilish (bloklik) koyeffitsenti. Bu ko‘rsatkich buyum konstruktsiyasida yig‘ilgan holda montaj qilinadigan bloklar nisbiy miqdorini tavsiflaydi. Bloklik koyeffitsiyenti quyidagi formula orqalim hisoblanadi:

Bu yerda, Qbl - yig ‘ilgan holda montaj qilinadigan bloklar soni;


Qo - buyum bloklarining umumiy soni.
Ma’qbul materiallardan foydalanish koeffitsenti. Buyum kontruksiyasi texnik va iqtisodiy jihatdan ma’qbul material turlari, masalan, alyuminiy qotishmalari, polimer materiallar, navli prokat va boshqalar bilan to‘yinganligi darajasini tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Bu yerda: – ma’qbul materialladan tayyorlangan detallar yig ‘indi massasi;


Qb – buyum massasi.
Ishlab chiqarishning solishtirma mehnat sig ‘imi me’yor soatda vaqt sarfining buyum asosiy parametriga bo‘lgan nisbati

Bu yerda, T - buyum ishlab chikarishning me’yor – soat hisobida mehnat sig‘imi; V – buyum asosiy parametrining qiymati (yuk ko‘tarishi, quvvati va boshqalar).


Texnologiyaning birinchi ikkita ko‘rsatkichlari loyihalash bosqichida ham, ishlab chiqarishni texnologik tayyorgarligi bosqichida ham nazarda tutiladi. Uchinchi ko‘rsatkich esa texnologik tayyorgarlik bosqichida nazarda tutiladi.
Transportlash ko‘rsatkichlari mahsulotdan foydalanish yoki iste’mol qilish bilan bog ‘liq bo ‘lmagan fazoda joyni almashtirishga moslashganligini tavsiflaydi. Bu bosqichlar soniga mahsulotlarni transportlash uchun tayyorlashning o ‘rtacha davomiyligi, mahsulotni transport vositasiga o ‘rnatishning o ‘rtacha davomiyligi, transport vositasi hajmidan foydalanish koyeffitsenti kiradi.
Unifikatsiya va o ‘zaro almashuvchanlik ko ‘rsatkichlari buyum bir xillashtirilgan va mustaqil ravishda ishlangan qismlari bilan to‘yinganligini hamda boshqa buyumlar bilan bir xillashtirish darajasini hamda bu buyumlarning o‘zaro almashuvchanligini tavsiflaydi.
Patent – huquqiy ko‘rsatkichlari mahsulotda qo‘llangan texnikaviy yechimlar yangilanganligi darajasini, ularning patent tozaligi va himoyasini hamda mahsulot mamlakatimizda va xorijda to‘siqsiz sotilishi imkonini tavsiflaydi. Ular ichiga patent tozaligi va himoyasi, hududiy tarqalish ko‘rsatkichlari kiradi.
Ayniqsa, ikki ko ‘rsatkich – patentqobilyatlik va patent tozaligi – aloxida muxumdir. Agar buyumda kamida bitta mamlakatda ixtiro deb tan olinadigan texnikaviy yechimlar qo ‘llangan bo ‘lsa ular patent qobilyatlidir. Patent tozaligiga kelganda, tarkibida patent ixtiroga yakka huquq va shunga o ‘xshaganlar ta’siriga tushadigan tuxnikaviy yechimlar bo ‘lmagan buyum ega bo ‘ladi.
Ekologik ko‘rsatkichlar mahsulotdan foydalanish va uni iste’mol qilish paytida paydo bo‘ladigan atrof-muhitga zararli ta’sirlar darajasini tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkichlarga atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishi ehtimolligi va darajasi kiradi.
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari mahsulotning undan foydalanish paytida xizmat xodimlarining xavfsizligini ta’minlovchi xususiyatlarni tavsiflaydi. Xavfsizlik ko‘rsatkichlari soniga to‘xtamasdan ishlash ehtimolligi, himoya qurilmalarining ishga tushish vaqti, buyumning to o‘tkazadigan qismlarning elektr mustahkamligi, tormozlanish paytida o‘rtacha sekinlashish, statistik barqarorlik burchaklari, ko‘rinishlilik va boshqalar kiradi.
Binobarin, tovar sifati marketingni tutib turgan “fil”lardan biri bo‘lib, loyihalash bosqichida asos solinadigan va texnologik tayyorganlik hamda ishlab chiqarish bosqichlarda amalga oshiriladigan sifatning turli ko‘rsatkichlari majmuasi bilan tavsiflanadi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin