Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
12
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx 
preparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


Dorixonada konsentrlangan eritmasi bo‘lmagan quruq dorivor moddalar mikstura 
tarkibining 3% ni tashqil kilsa, u holda ularni retseptda ko‘rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda 
eritib olinadi. Mikstura hajmini aniqlayotganda quruq modda egallagan hajm hisobga olinmaydi.
Rp: Sol. Hexamethylentetramini 3% - 100 ml
Ammonii chloridi 1,0
Liquoris ammonii anisati 3 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Pasporti:
Geksametilentetramin eritmasi (1:10) 3x10=30 ml
Ammoniy xlorid 1,0
Novshadil-arpabodiyon tomchisi 3 ml
Tozalangan suv 100ml - 30 ml = 70 ml
Umumiy hajm 103 ml.
Tayyorlash texnologiyasi: yordamchi idishda 1,0 g ammoniy xlorid 70 ml tozalangan 
suvda eritiladi. Eritma bemorga beriladigan idishga suzib solinadi. Ustiga byuretka 
moslamasidan 30 ml 10% li geksametilentetramin eritmasidan quyiladi. Tayyor miksturadan 5—
8 ml olib stakanga solinadi va 3 ml novshadil arpabodiyon tomchisi qo‘shib aralashtiriladi va 
shisha idishga solinadi. Tayyor miksturaga tegishli yorliqyopishtiriladi.
Tarkibida 3% dan ko‘p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 
Bunday miksturalarni tayyorlashda albatta o‘lchov idishlaridan foydalanish lozim yoki
quruq modda eriganda egallagan hajmni hisobga olib tayyorlanadi.
Rp.: Magnii sulfatis 20,0
Tincturae Valerianae
Tincturae Convallariae ana 6 ml
Aquae purificatae 200 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
Pasporti:
Magniy sulfat 20 g; (X.O.K. magniy sulfat= 0,5 g ml)
Valeriana nastoykasi 6 ml
Marvaridgul nastoykasi 6 ml
Tozalangan suv 190 ml 200 –( 20 x 0,5) = 190 ml
Umumiy hajmi 190 q 10 q 6 q 6 = 212 ml
Tayyorlash texnologiyasi: 200 ml li ulchov kolbasi (yoki silindr) ga 20,0 magniy sulfat
100 ml gacha tozalangan suv solib eritiladi. Eritma hajmi 200 ml gacha etkazilib bemorga 
beriladigan idishga suziladi. Shu idishga 6 ml dan marvaridgul va valeriana nastoykalaridan 
solinadi. Miksturani o‘lchov kolbasini ishlatmay ham tayyorlash mumkin. Magniy sulfatning 
hajm oshish koeffitsienti 0,50 ml/g ga teng, demak 20 g magniy sulfat eriganda 20 x 0,5 = 10 ml 
hajmni egallaydi. Bundan olinadigan tozalangan suv miqdori 190 ml ekanligi kelib chiqadi. 
Tayyor bo‘lgan miksturaga tegishli yorliqlar yopishtiriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin