Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Suvsiz eritmalarga misol qilib yana eliksirlarni olsa bo‘ladi. Eleksir



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Suvsiz eritmalarga misol qilib yana eliksirlarni olsa bo‘ladi. Eleksir
-tiniq tiniq
eritmalar bo‘lib, spirtlarda eriydigan dori moddasi bo‘ladi. Eleksirlar spirtlarda, suv spirt 
aralashmalarida, polietilenglikollarda, propileglikol, sorbitol va glitsirinda tayyorlanadi. 
Ma‘lumki glitserin eritish xususiyati bo‘yicha spirtga o‘xshab ketadi.
Texnologiyasi suvsiz eritmlar texnologiyasiga o‘xshab ketadi. Bunda spirtning 
konsentratsiyasi va eritmaning rNga aloxida e‘tibor qilish kerak.
15
MOYLI ERITMALAR
Normal sharoitda tiniq, qovushqoq suyuqliklar kimyoviy jixatdan palmitin, stearin, olein 
kislotalarini glitserin bilan bergan uch atomli efirlari. Tibbiy amaliyotda ishlatiladigan moylar 
sovuq usulda presslab olingan bo‘lishi kerak.
Ko‘p ishlatiladigan moylarga bodom moyi Oleum Amygdalarum — achchiq va chuchuk 
bodom danagidan olinadi. SHaftoli moyi — Oleum Persicorum — oddiy shaftoli, o‘rik, olxo‘ri 
va olcha danaklaridan olinadi.
Bu moylar tibbiy amaliyotda dorivor moylar hisoblanib, dorilarning moyli eritmalarini va 
in‘eksion eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Moyli eritmalarni tayyorlashda kungabokar moyi 
(Oleum Helianthi) araxis moyi — eryongokdan olinadi, kunjut moyi (Oleum Ricini) va boshqa 
moylar ham qo‘llaniladi.
Moylarda mentol, fenol, fenilsalitsilat, alkaloid asoslari, efir moylari, kamfora va boshqa 
moddalar yaxshi eriydi. Erituvchi sifatida moylarni ishlatilganda uning erituvchi xususiyati bilan 
birga, moddalar turg‘unligini saqlash hamda dori ta‘sir davrini o‘zaytirish kabi xususiyatlari ham 
muxim o‘rinda turadi.
Dorixona sharoitida moylarni shisha va metall idishlarda to‘ldirib saqlanadi.
Rp.:Phenoli puri 0,15
Olei Helianthi 10, 0
M. D. S. quloq tomchisi.
Moyli eritmalar faqat og‘irlik usuli bilan tayyorlanadi. Eritmaning umumiy og‘irligi dori 
modda va erituvchi og‘irligi bilan birga olinadi. Fenolning tozasi va suv bilan aralashgani 
bo‘ladi. Suv bilan aralashgani — suyuq fenol deb ham yuritiladi. Toza fenolning har bir qismiga
— 1 qism suv qo‘shib suyuq fenol olinadi. Suyuq fenol suvli eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. 
Suv bilan turli nisbatda yaxshi aralashadi. Ko‘rsatilgan dorixatni tayyorlashda toza fenoldan 0,15 
tortib olinib, beriladigan rangli idishga solinadi. Fenol bilan ishlashda extiyot bo‘lish kerak. 
Fenol teriga tegsa, uni o‘yib yuboradi. SHuning uchun uni tortish va idishga solishda to‘kmay, 
extiyotlik bilan ishlatish kerak. Tortib olingan fenol ustiga 10 g kungabokar moyidan solib 
yaxshilab aralashtiriladi. Mexaniq iflosliklar bo‘lsa paxta orqali o‘tkazib tozalanadi.
Rp.:Solutionis Camphorae oleosae 10% — 100,0
S.
Toza va kuritilgan 100,0 ml hajmda mo‘ljallangan shisha idish olinadi. 10,0 kamfora solib
idishni posongili torozida muvozanatga keltiriladi va unga 90,0 g moy tortiladi. So‘ng chayqatib 
eritiladi. Zarur bo‘lmasa suzilmaydi. Eritma ifloslanganda ikki qavatli doka orqali suziladi. 
O‘simlik moylari, vazelin moyi va glitserin qovushqoqligi yuqori suyuqliklar bo‘lganidan bu 
suyuqliklarda moddalar erishi kiyin bo‘ladi. Eritishni tezlatish maqsadida bu suyuqliklar qisman 
isitiladi. O‘simlik moylari va vazelin moyida tayyorlangan eritmalar quruq idishlarda 
tayyorlanishi kerak.
15
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya 
lekarstvennыxpreparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


Sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan eritmalarni ko‘pchiligi tayyorlanganda ularning ta‘sir 
muddatini o‘zaytirish maqsadida, dori modda eruvchanligini hisobga olgan holda erituvchilardan 
spirt, efir va xloroform, o‘simlik moyi, vazelin moyi va glitserin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda 
tutish kerakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat farmakopeyasi talablariga javob berishi zarur. 
Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo‘lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan 
idish toza va quruq bo‘lishi kerak. Suvsiz erituvchilarni (moy, glitserin, xloroform) 
qovushqoqligi yuqori bo‘lgani sababli ularni og‘irlik usulida tayyorlanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin