Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   444
farmatsevtik texnologiya

ICHISHGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR.


(GUTTAE AD USUM INTERNUM)
Tomchilarning bu guruhi rang-barangligi bilan farqlanib, ular quyidagi misollar bilan 
cheklanadi.
Rp.: Solutionis Platyphyllini hydrotartratis 0,2 % 10 ml 
D.S. 10 tomchidan ovqatdan oldin ichilsin.
Retseptda suvda oson eriydigan kristall moddaning (1:10) eritmasi yozilgan, eritmaning 
konsentratsiyasi va umumiy og‗irligini saqlash uchun 1-shisha filtrdan foydalaniladi. Agar bu 
filtr bo‗lmasa, uniyuqorida ko‗rsa- tilgandek suzilib, qadoqlangan holda beriladi.
Rp.:Tincturae Convallariae majalis
Tincturae Valerianae aa 10 ml
M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal
Rp.: Aethylmorphyni hydrochloridi 0,2
Mentholi 0,3
Natrii bromidi 1,0
Adonisidi 5 ml
M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal
Tarkibiga ko‗ra, tomchi murakkab bo‗lib, uch xil tuzli komponentlar va uch xil o‗simlik 
xomashyosidan, ya‘ni spirtli ajratmadan iborat (2 ta nastoyka, 70 % etanolda tayyorlangan va 
yangi galen preparat adonizid tarkibida 18—20 % etanol saqlaydi). Mentolni eritish uchun 70
dan kichik bo‗lgan etanol kerak bo‗ladi, u avval nastoykalar aralashmasida eritiladi 
(bemorga beriladigan flakonga). Uncha katta bo‗lmagan alohida stakanga 5 ml adonizidda
0,2 
g dionin eritiladi (dioninning suvda va etanolda eruvchanligi 1:30), so‗ngra natriy bromid
eritiladi (suvda va mentolda oson eriydi) va eritma flakonga quyiladi (agar kerak bo‗lsa paxta 
tamponda suziladi).
Ichishga mo‗ljallangan tomchilarni tayyorlashda «A» va «B» ro‗yxatdagi preparatlarning 
dozalarini tekshirish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bunda dori turi umumiy hajmining 
tomchilar soni tekshiriladi (spirtli eritmalar 
1
ml.da turli miqdorda tomchi saqlaydi), so‗ngra 
proporsiya bilan «zaharli» yoki «kuchli ta‘sir etuvchi» ro‗yxatidagi moddaning retseptdagi bir 
martalik tomchilar soniga ko‗ra ularning miqdori aniqlanadi. Retsept bo‗yicha 25 tomchida 
0,004 g dionin bor (yuqori bir martalik doza 0,03 g). Hisob: dori turining umumiy hajmi 25 
ml.da 0,008 g dionin bor) yoki 50 tomchi spirtli preparatda, 25 tomchida es a 0,004 g dionin bor.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin