Savod o’rgatish jarayonida o’qish va yozuv faoliyatining bog’liqligi
Reja:
O’qish va yozuv darslarining o’ziga xos xususiyatlari nimada?
O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar:
Sinfda o’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari
YAxshi o’qish malakasining sifatlari
Boshlang’ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish
a) umumdidaktik;
b) maxsus va xususiyatlari.
O’qish va yozuv darslarining turlari.
Savod o’rgatish jarayonida o’qish va yozuv darslari sistemas (tizim)i .
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining xususiyatlari.
“Alifbe” kitoib va unga qo’yiladigan talablar.
“Alifbe” turlari qaysilar?
Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishiga qaramay o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud. Bu o’rinda umumdidaktik talablardan so’rab aniqlanadi. So’ngra ona tili darslariga qo’yiladigan talablar sanab ko’rsatiladi.
O’quvchilar nutqi uchun qayg’urish.
Darsda adabiy til nuqtai nazaridan to’g’ri, ifodali, obrazli, aniq, logik nutq eshittirish.
Darsda nutq madaniyati hukmron bo’ladi.
O’qish va yozuv ko’nikma malakalarini shakllantirish mashqlari darsda etakchi o’rinni egallab taxminan, darsning 3\2 qismiga to’g’ri kelishi lozim.
Har bir o’qish va yozuv darsida “Alifbe”dagi matnlar bilan bir qatorda Q.Muhammadiy, P.Mo’min, A.Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlanadi. SHunday qilib, o’qish sinfdan tashqari o’qish, o’qib berilgan matnni eshitish bilan bog’lanadi. O’qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog’lanadi: o’qish darsi o’quvchilarni yozuv darsiga tayyorlaydi, yozuv darsi oldingi o’qish darsining davomi sifatida xizmat qiladi.
Talabalar bilan “Dars va uning vazifalari, qurilishi” haqida suhbat qilinadi. Ularning javoblarini yakunlab, savod o’rgatish darslari quyidagi belgilarga ko’ra farqlanadi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilimi dars jarayonida ishlarga bog’lab aniqlanadi, bog’lanishli nutqni o’stirish ham o’qish va yozuv darslariga uzviy bog’lanib ketadi. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishlariga rahbarlik qilishlariga haftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.
Savod o’rgatish darslarida vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o’tkaziladi. Darslar sistemasi deyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rejali taqsimlangan darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bog’langan dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalaniladigan asosiy metodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi.
Amaldagi “Alifbe” darsliklari va ularga yozilgan qo’llanmalarga asosan savod o’rgatishda tayyorgarlik davri uchun 8 dars, alifbedan so’nggi davrga ham 8 dars ajratiladi. Oraliq davr “Alifbe” davri hisoblanadi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Darsning tizimini qurilishida ichki mantiqiylik bo’lib, har bir tizimda yangi tovush harf o’rganiladigan dars bilan yangi mavzu o’rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va so’zning bo’g’in tuzilishi haqida ma’lumot berish, o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar tizimi takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi.
Oz komplektli maktablarda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi. Bunday sinflarda o’qituvchi bir vaqtning o’zida bir necha sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqa qisqartirilishi mumkin.
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi. SHuning uchun mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. CHunonchi, harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlar yoki hikoya qilishga tayyorlanish, texnika vositalaridan foydalanish va hokazo.
“Alifbe” darsligi sizningcha qanday bo’lishi kerak?” savoliga olingan javoblar umumlashtiriladi.
“Alifbe” materiali bolalarda ongli, to’g’ri, ravon o’qish va to’g’ri yozish malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak.
O’qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bo’lishi, shu bilan birga ularning tafakkuri va nutqini o’stirish.
“Alifbe” tuzilishida tovush harflarning tez va ko’p ishlatilishi tamoyilidan foydalaniladi.
“Alifbe” turlarini sanang.
“Alifbe”ning hajmi savod o’rgatishga ajratilgan vaqtga mos bo’lishi kerak.
“Alifbe” mualliflarini ayting.
“Alifbe”ning harfi terilishi, qog’ozi, rasmlarining bo’yoqlari gigienik talablarga javob berishi.
“Alifbe”ning tuzilishi qanday?
“Alifbe”ning tashqi ko’rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o’ziga tortadigan bo’lishi kerak.
“Alifbe”, “YOzuv daftari” va savod o’rgatish metodikasi qo’llanmalarini qiyoslang. Savod o’rgatish darslarini tahlil qiling.
Alifbega qo’yilgan barcha talab va tamoyillarni faqatgina alifbe tuzuvchilari emas, balki u bilan ishlaydigan o’qituvchi ham bilishi zarur; o’qituvchi, avvalo, alifbening mazmunini, tuzilishini, yaxshi bilib olib, undagi materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida dars rejasini tuzish, darslar sistemasini belgilash, alifbe materialiga qo’shimcha material tanlash, ba’zi materiallarni qayta ko’rib chiqish)da foydalanadi. SHundagina o’qituvchi kitobga ijodiy yondoshib, undan metodika talablari va o’zining pedagogik tajribasidan kelib chiqib foydalangan bo’ladi.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
Savod o’rgatish davrida qanday darslar o’tkaziladi? Farqli va umumiy tomonlari, o’xshash tomonlarini izohlang.
Darslarga qo’yiladigan asosiy talablarni ayting.
Umumdidaktik talablar.
Maxsus talablar.
DTS talablari
Ma’naviy-ahloqiy talablar.
Dars turlarini tushuntiring.
Tayanch so’zlar: savod o’rgatish darslari, darslarga qo’yiladigan talablar, umumdidaktik, maxsus, DTS, ma’naviy, ahloqiy talablar, alifbe tuzilishi, mazmuni, bezagi.
Dostları ilə paylaş: |