137
nostandart shakli yaqin vaqtlarda o‘z malakasini oshirish yoki boshqa
kasbni olishni mo‘ljallagan odamlarni ham jalb qilishi mumkin.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi mehnatkashlar tarkibida
vaqtincha xodimlarning salmog‘i 3 dan 10 % gacha doirasida o‘zgarib
turadi.
Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holatida ish bilan
bandlik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning samarali
tizimi, aholining har xil guruhlari bo‘yicha ularning ehtiyojlari
rivojlanishini hisobga olmasdan nostandart ish bilan bandlik shakllarini
yaratish mumkin emas. Shubhasiz, aholining
har xil guruhlari uchun
nostandart ish bilan bandlikning u yoki bu shakllarida ishtirok etish
darajasi har xildir, buning ustiga uning o‘zgarishi qandaydir ijtimoiy-
kasbiy guruhga tegishliliga qaraganda jinsiy va yosh guruhiga ko‘proq
bog‘liqdir.
Ish bilan bandlikning nostandart shakllarini rivojlantirish
dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
– ish bilan bandlikning nostandart
shakllarining ish bilan
bandlikning umumiy muammolarini hal qilishdagi o‘rnini belgilash;
– ish bilan bandlikning ushbu shakllari qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan iqtisodiyot sohalari, ish turlari, ishni
tashkil qilish shakllarini
aniqlash;
– ish bilan bandlikning ushbu shakllari sharoitlarida ish
beruvchilar tomonidan ish joylarini tashkil qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni aniqlash;
– aholi uchun ish bilan bandlikning nostandart shakllari afzal
bo‘lgan guruhlarini aniqlash.
Ish bilan bandlikning egiluvchan shakllari ishsizlik muammolarini
hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bir tomondan,
ular mehnatga
qobiliyatli aholiga xodimlarning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish
bilan ish bilan bandlikning eng qulay shakllarini yoki ishlash tartiblarini
beradi, boshqa tomondan, ular tadbirkorlarga ishlab chiqarishning
rivojlanish ehtiyojlari va vujudga kelgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda, mehnat resurslarining miqdori va
sifati bilan manipulatsiya
qilishda yordam beradi. Shunday qilib, egiluvchan ish bilan bandlikning
oshishi zamonaviy mehnat bozori shakllanishining eng muhim istiqbolli
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ammo faqat ishlab chiqaruvchilar-
ning hamkorligini oshirishga mo‘ljallangan egiluvchan mehnat bozorini
138
oshirishning bunday jarayoni tarixan o‘zini oqlaydi, bu faqat xodimning
manfaatlarini har tomonlama rivojlanishida qanoatlantirishi mumkin.
Ma’lumki, mehnat bilan vaqtincha bandlikning muddati bir
kundan (kunbay ishlash) tortib ikki yilgacha yoki aniq belgilangan
muddatgacha davom etishi mumkin. Keyingi yillarda muayyan
muddatga mo‘ljallangan mehnat bilan vaqtincha
bandlik va vositachi
firmalar orqali vaqtincha ish bilan bandlik shakllari ancha kengroq
yoyilmoqda. Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda ko‘pchilik
fuqarolar ish bilan bandlikka ko‘maklashish xizmatlari orqali emas,
balki korxonalar va tashkilotlarning bevosita kadrlar xizmatiga
murojaat qilib yoki xususiy vositachi agentliklar yordamida ishga
joylashmoqdalar. Korxonalar mazkur firmalar
orqali muayyan kate-
goriyadagi va mutaxassislikdagi ish kuchini vaqtincha yollashga
buyurtmalarini rasmiylashtiradilar. Firmalar kontrakt shartlariga
muvofiq o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydilar. Ma’lum miqdordagi
ijtimoiy to‘lovlar va imtiyozlar bilan ta’minlaydilar, oraliq kasblar
bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradilar.
Mehnatkashlarni
Dostları ilə paylaş: