Sharoitlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish reja



Yüklə 63,68 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü63,68 Kb.
#209274
1   2   3
ZjIg83l8MHeNFfUC34

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish

samaradorligi
Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalar olinishini nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga bo‘ysunadi. Shu sababli xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin:
S mr = N mf,: Xmrx
Bu yerda:
Smr - Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi;
Nmf - ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijasi;
Xmrx - shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini xarakterlovchi yaxlit ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog‘liqligi xosdir.
Yuqorida bildirilgan fikr o‘ziga moliyaviy natija va moliyaviy xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko‘rsatkichlarga ham to‘liq tegishlidir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu majmuadan aynan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho siyosatining samaradorligini adekvat tarzda xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni ajratish muhimdir.
Shunisi muhimki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy faoliyatining samaradorligini adekvat ifodalovchi bo‘lib fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi ular operatsiyalarining daromadliligi hisoblanadi. Bu yerda, ma’lumki, pul (P*) go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi:
Smr = (P* - P) : P
Bu yerda:
Smr - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi;
P*-P - bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tomonidan olingan daromad.
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividentlar;

  • boshqa emitentlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan olingan dividentlar;

  • banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydasidagi valyutalar kurslari bo‘yicha farqlar va boshqalar.

Ajablanarlisi shundaki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarakterlovchi ko‘rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko‘pchilik hollarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori samaradorligining ko‘rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo‘lishlariga qaramasdan moliyaviy «spekulyasiyaning» imkoniyatlari ularni «cho‘kmasdan» turishlariga sharoit yaratadi.
Real sektor xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash
talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yuqoridagi ko‘rsatkichning haqqoniylik darajasi juda ko‘p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor baholari monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog‘liq.
Yuqorida ko’rib o‘tilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda mazmun va shakl o‘rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo‘ladiki, bu narsa bizning holatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarlshdan ajralib cliiqish (uzilish)ga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag‘laming aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarining fond qaytimi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblanadigan Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko‘rsatkichidir:
Ri = F : (Kayk + Kak + Anom)

Bu yerda:


Ri - Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy rentabelligi, biznesning rentabelligi; F - yillik foyda;
Kayk - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aylanma kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda);
Kak - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda);
Anom -xo‘jalik yurituvchi sub’ekt nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymatiy baholarda).
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda uning moliyaviy barqarorligi, to‘lovga layoqatligi va likvidligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardan chetda qolmaslik kerak. Bu yerda ham
o‘zining mazmuniga ko‘ra sof moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga absolyut va muddatli likvidlik koeffitsientlarini kiritish mumkinki, ular yordamida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning potensial to‘lov qobiliyati baholanadi:
Kal = (P + QQ) : Mqm Kmud = (P + QQ + DQ) : Mqm
Bu yerda: Kal - absolyut likvidlik koeffitsienti; Kmud - muddatli likvidlik koeffitsienti;
P - hisob varaqlardagi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kassasidagi pullar;
QQ - likvidli qimmatli qog‘ozlar;
DQ - mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari;
Mqm - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qisqa muddatli majburiyatlari.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari va moddiy resurslarining pulli (qiymatiy) bahosi aralashadigan ko‘rsatkich joriy likvidlik koeffitsientidir (qoplash koeffitsienti). U quyidagicha hisoblanadi:
Kjl = (PM + MAM) : Mqm
Bu yerda: Kjl — joriy liklidlik koeffitsienti;
PM- pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar (likvidli qimmatli qog‘ozlar va jalb qilingan debitorlik qarzlari);
MAM - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moddiy aylanma mablag‘larining qiymatiy bahosi;
Mqm - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ning qisqa muddatli majburiyatlari.



Yüklə 63,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin