Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə8/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
xorijmajmua 22-23

1-rasm. Keys-stadi maktablari

2000 yillarning birinchi yarmidan boshlab chet el oliy o‘quv yurtlarida tabiiy fanlar va texnik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanish tendensiyasi kuzatilib, hozirgi kunda keys-stadi ta’lim texnologiyasi muammoli ta’limning etakchi usullaridan bo‘lib qoldi., eng umumiy tarzda keys-stadi texnologiyasining mohiyati quyidagicha izohlanishi mumkin: ushbu texnologiya vositasida o‘quvchi (o‘quvchi)ga real hayotiy vaziyatni anglash taklif etiladi, ayni paytda bu vaziyatning tavsifida nafaqat u yoki bu amaliy muammo, balki shu muammoni echish natijasida egallanishi zarur bo‘lgan bilimlar kompleksi aktuallashishi ham kuzatiladi. Ta’kidlash joizki, muammoning o‘zi mohiyatan echimga ega bo‘lmaydi.


Keys-stadi ta’lim texnologiyasining Rossiya ta’lim tizimiga kirib kelishi XX asrning 70-80 yillariga to‘g‘ri kelsada, amalda ushbu texnologiyaning ta’lim tizimi sharoitida ommalashuvi XXI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Rossiyada ushbu metodni ishlab chiqish va asoslashga G.A.Bryanskiy, YU.YU.Ekaterinoslavskiy, O.V.Kozlova, YU.D.Krasovskiy, V.YA. Platov, D.A.Pospelov, O.A.Ovsyannikov, V.S.Rapopport va boshqalar hissa qo‘shdilar. Ayni paytda O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham keys-stadi ta’lim texnologiyasi muammoli ta’lim texnologiyalari qatorida kirib kelgan va bugungi kunda eng samarali metodlardan biri hisoblanadi.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasi – bu ta’limdagi metodik yangilik bo‘libgina qolmay, balki uning ta’lim tizimida keng ishlatilishi zamonaviy ta’lim tizimidagi vaziyatga ham bog‘liq. Aytish mumkinki, ushbu texnologiya asosan yangi bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga emas, o‘qituvchi va o‘quvchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida o‘quvchilar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod o‘quvchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) o‘quvchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. Bunga albatta, ta’lim tizimining demokratlashuvi va modernizatsiyalashuvi, pedagogik kreativlikka ochilgan keng yo‘l, ularda progressiv tafakkur uslubini hamda pedagogik etika, pedagogik faoliyat motivatsiyasini shakllantirishi ham misol bo‘la oladi.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasi tarkibidagi keysdagi harakatlar tavsif ko‘rinishida berilishi mumkin, bunda o‘quvchidan ushbu tavsifni anglash, ya’ni tavsiflangan vaziyatning natijalari, samaradorligi yuzasidan mushohada yuritish talab etiladi. Aks holda ular muammoning echimlari sifatida taklif etiladi. Har ikkala holatda ham amaliy harakatlar modelini ishlab chiqish ta’lim oluvchilarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
V.YA. Platov keys-stadi texnologiyasining quyidagi afzalliklari va boshqa ta’lim texnologiyalaridan ajralib turuvchi jixatlarini belgilaydi:

  1. U yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim modelining mavjudligi hamda ushbu model holatining muayyan vaqt birligi ichida tahlil etilishi.

  2. Muammo echimini aniqlashga jamoaviy tarzda erishish. Muammoning echimida turli muqobil javoblarning mavjudligi. YAgona echimning mantiqan mavjud emasligi.

  3. Muammo echimini izlashda yagona maqsadning qo‘yilishi.

  4. Faoliyatni baholashning guruhiy tizimining mavjudligi.

Ushbu o‘ziga xosliklar va boshqa omillar ta’sirida keys-stadi ta’lim texnologiyasi ta’lim tizimi sharoitida keng tarqalmoqda. Ammo ushbu metodning ta’lim tizimida samarali qo‘llanilishida bir qator qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Eng avvalo, bunday qiyinchiliklar pedagog-kadrlarning tegishli metodning metodologik asosiga yuzaki yondashuvi natijasida vujudga keladi. Ko‘pincha, keys-stadi ta’lim texnologiyasi ostida ta’lim tizimiga “soxta” vaziyatlar, boshqacha aytganda “hayotiy” vaziyatlarning kirib kelishi kuzatiladi, ta’limiy munozara esa “hayot haqidagi suhbat”ga aylanadi. Ammo ayni paytda keys-stadi ta’lim texnologiyasi o‘qituvchining kasbiy kompetentligini oshirish vositasi bo‘lib, ta’limning tarbiyaviy, ta’limiy va tadqiqotchilik funksiyalarini birlashtirishga xizmat qilishi mumkin. Ushbu metodning samaradorligini oshiruvchi yana bir omillardan biri uning boshqa ta’lim metodlari bilan oson birikishidadir.
Keys-stadi ta’lim metodining kategorial apparatini shakllantirish undan foydalanishning samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini beradi hamda ta’lim jarayonida metodning texnologizatsiyasiga yo‘l ochadi. Keys-stadi ta’lim texnologiyasining asosiy tushunchalari qatoriga “vaziyat” va “tahlil”, ushbu ikki tushunchaning uyg‘unlashuvidan kelib chiqqan “vaziyat tahlili” kiradi. Falsafiy nuqtai nazardan “vaziyat” atamasi o‘z ichiga bir qator kontekstlarni birlashtiradi. SHuning uchun, ushbu atama yuqori darajadagi barqarorsizlik bilan tavsiflanuvchi va o‘z tarkibida bir qator ziddiyatlarga ega bo‘lgan muayyan holat sifatida izohlanishi mumkin. Vaziyat aksariyat hollarda o‘zgarish moyilligiga ega bo‘lib, uning o‘zgarishi ushbu vaziyatda ishtirok etuvchi insonlarning faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Vaziyat insonlar ta’siriga nisbatan ochiq bo‘lib, insonlarning xatti-harakatlari esa bu vaziyatda o‘z maqsadlariga erishishlari va qiziqishlarini qondirishlariga bog‘liq bo‘ladi. Vaziyatlar shunday ijtimoiy tizimlarda “paydo bo‘ladi”ki, ularda xulq-atvorning qattiq determinatsiyasi kuzatilmaydi, ijtimoiy sohada ko‘plab ijtimoiy kuchlarning o‘rtasida o‘zaro ta’sir, raqobat va kurash mavjud bo‘ladi. SHu tufayli vaziyatlar tahliliga asoslangan har qanday metod kabi keys-stadi ta’lim texnologiyasi plyuralizm, o‘z-o‘zini anglash va jamoaviylik, ayni paytda mustaqillikni taqozo etadi.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasining yana bir bazaviy kategoriyasi bu “tahlil (analiz)”dir. Tahlil etish kategoriyasi ob’ektni xayolan bo‘laklarga bo‘lish yoki ilmiy tadqiq etish sifatida tushunilishi mumkin. Analizning turli klasifikatsiyalari mavjud bo‘lib ommaviy analiz tasnifini quyidagicha belgilaymiz: tizimli analiz, korrelyasion analiz, faktorli analiz, statistik analiz va boshqalar. Umuman olganda aytish mumkinki, analizning ushbu barcha turlari keys-stadi texnologiyasi doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bu holat texnologiyaning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Keys-stadida vaziyatni anglash, tafakkur qilish jarayonida amalga oshishi mumkin bo‘lgan bir qator analitik faoliyat turlari ishtirok etishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan yuqori darajadagi metodologik madaniyatni talab etadi.
Quyidagi jadvalda keys-stadi texnologiyasida foydalanish mumkin bo‘lgan analiz turlarining imkoniyatlari berilgan (1-jadval):

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin