Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə7/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
xorijmajmua 22-23

4-Mavzu: Talimda keys texnologiyasi. O‘quv -loyihaviy talimning asosiy tamoyillari.
1.“Keys-stadi” tushunchasining mohiyati va uning kelib chiqish tarixi,
2.Keys tipologiyalari, Keysni ishlab chiqish,
3.“Keys-stadi” texnologiyasi tuzulishi yoki pedagogik pasporti.
Tayanch tushunchalar: Keys‑stadi, Garvard, keys metodi, Keys-stadi maktablari, Keyslar tipologiyasi
Keys‑stadi inglizcha sase – aniq vaziyat, stadi – ta’lim co‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o‘quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod xarakteriga ega bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi.
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qo‘llanilgan. Garvard biznes maktabining o‘qituvchilari biznes yo‘nalishidagi aspirantura bo‘limi uchun to‘g‘ri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani echish uchun biznes maktabining o‘qituvchilari tomonidan qo‘yilgan dastlabki qadam etakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menejerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish bo‘ldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot to‘qnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa bo‘lib munozara tashkil etish asosida uning echimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida keng targ‘ib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari ko‘payib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab biznes-keyslar G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ommalashdi. Evropaning etakchi biznes maktablari INSEAD, LBS, HEC, LSE, ESADE va boshqalar keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.



Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin