Шўро даври адабиёти



Yüklə 214,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix02.01.2022
ölçüsü214,86 Kb.
#47373
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ozbek adabiyoti tarixi

Matn adabiyotlar:

1. Mirtemir. Asarlar (4 tomlik).-T.: “Adabiyot  va san`at”, 1980-83.

2. Mirtemir. “Qoraqalpoq daftari”, “Surat”. // Mirtemir. She`rlari.-T.:

O`zadabiynashr, 1961.

3. Azizov Q. Mirtemir. Adabiy portret.-T.: 1969.

4. Jalilov T. Mirtemir mahorati.-T.: 1980.

5. Xalilov T. Mirtemir  mahorati.-T.: “Adabiyot  va san`at”, 1980.



33

6. Xudoyberganov N. Mirtemir ijodiga oid qaydlar. //

Adabiyotimizning yarim asri.-T.: “Adabiyot  va san`at”, 1975.

7. Qurbonov V. Mirtemir-do`stlik va qardoshlik kuychisi.-T.: “Fan”,

1981.

8. G’afurov I. Ona yurt kuychisi. (Mirtemirning hayoti va ijodiy



yo`li).-T.: 1970.

9. G’afurov I. Mirtemir.// O`zbek adabiyoti tarixi (3 tomlik).-T.:

“Fan”, 3-tom, 1-kitob, 1972.

Mirtemir o`z ijodi bilan o`zbek she`riyatidagi realistik yo`nalishni

yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan, hozirgi zamon o`zbek adabiyoti

tarixidan milliy shoir sifatida mustahkam o`rin egallagan  ijodkor. U 1910-

yili, bug’doy o`rog’ida, Turkiston shahriga qarashli Iqon qishlog’ida

dunyoga keldi. O`z qishlog’ida xat-savodini chiqargach, o`n bir yoshida

Toshkentga keladi. Almoiy nomidagi ish maktabiga joylashadi. Oradan

ikki yil o`tgach, yangi shahardagi O`lka o`zbek bilim yurtiga o`qishga

kirdi. Mirtemir bilim yurtida o`qib yurgan kezlarida  she`riyatga qiziqib,

1926-yilda yoshlar gazetasida “Tanburim tovushi” degan dastlabki she`rini

e`lon qildi. 1928-yili esa uning nomini yoshlar orasida mashhur qilgan.

“Shu`lalar qo`ynida” degan ilk she`rlar to`plami nashr etildi. 1929-yili

Samarqanddagi  Pedagogika akademiyasiga o`qishga kiradi. Bu yillarda

uning “Zafar” (1929), “Qaynashlar”, “Kammuna”, “Bong” (1932) singari

to`plamlari ketma-ket nashr etilgan, she`riyat muxlislari o`rtasidagi

shuhrati  tobora ortib borayotgan Mirtemirni  ko`ra olmagan ayrim shoir

va tanqidchilar uning “feodal oila”da tug’ilgani, ocherklarida Cho`lpondan

ko`chirmalar keltirgani va boshqalar haqida matbuotda “childirma

chaladilar”. Xasadchilarning yosh shoirga qarshi boshlagan xurujlari

natijasiz qolmaydi. NKVD xodimlari 1932-yil 7-avgust kuni 22 yashar

Mirtemirni Samarqandda qamoqqa oladilar. U Quyliqdagi mehnat-tuzatish

lagerida ekanligida jajji qizi ham onasi ham vafot etadi. 1934-yilning

o`rtalarida Moskvadagi Dmitrov lageriga etap bilan yuboriladi va Moskva-

Volga kanali qurilishida ishlaydi. (Uning qurilish hayotidan olingan

“Nomus” dostoni shu yerda yozilgan). Yosh shoir 1935-yilning boshlarida

afv etilib, ona yurtiga qaytadi. Ikkinchi jahon urushi  yillarida Mirtemir

O`zbekiston radio qo`mitasi (1941) va O`zbekiston Davlat  nashriyotida

(1942) Muharrir, Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943-44),

uyushmasida adabiy maslahatchi, Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir

vazifalarida xizmat qiladi.




34

Mirtemirning adabiy merosi she`riyat, dramaturgiya (“Birinchi

prezident” pyesasi), publisistik va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda

tarjima asarlarini o`z ichiga oladi.

Lirik she`riyat shoir qalbining kundaligidir. 30-yillarning ikkinchi

yarmida  shoir qalami she`rdan she`rga charxlanib boradi. Mirtemir shu

yillari she`riyatni oziqlantiradigan qudratli manbalardan biri xalq ijodiyoti

ekanini o`qib oladi va xalq poeziyasini chuqur o`rganishga kirishadi. Bu

esa, uning she`rlariga yangicha ruh, yangicha rang bag’ishlaydi. U

ko`pgina she`rlarida xalq qo`shiqlarining shaklini, qofiyalar va radiflar

tartibini, ichki kompozitsion qurilishini, ritmikasini o`zlashtirib, ularni

deyarli o`zgartirmagan holda yangicha mazmunni ifodalaydi.

“Qo`shiqlar”, “Ko`zlarim yo`lingda”, “Bo`sasi qand” kabi she`rlar shular

jumlasidandir.

Shoirning harbiy lirikasida dastavval ko`zga tashlanadigan xususiyat

yovuz dushmanga nafrat va muqaddas vatanga muhabbat tuyg’ularini bor

ovoz bilan hayqirib aytishdir. Urushning ilk kunlaridanoq foshizmning

mohiyatini fosh qiluvchi “Vabo” she`rini yozadi. Shoir tinch hayot

sukunatini buzgan yovni “vabo” deb aytadi, uning vahshiy qiyofasini

ochadi. Mirtemirning urush davri ijodida Vatan obrazi alohida o`rin tutadi.

“Sevgi”, “Bu mening Vatanim”, “Soy”, “Ona shahar”, “Qirg’oq”,

“Yodgor”, “Dengiz bo`yida” she`rlari harbiy libos yopingan, qahri qattiq,

irodasi zo`r, mehri oftob Vatan haqidagi eng yaxshi she`rlardandir.

Urushdan keyingi yillarda qardosh xalqlar hayotidan  asarlar yozish

poeziyaning eng yaxshi an`analaridan edi. Bu mavzu Mirtemirni ham

anchadan buyon qiziqtirib kelar edi. U 30-yillardayoq Qoraqalpoq hayotini

aks ettiruvchi “Amuqirg’oqlari”, “Oysanamning to`yida”. Shundan keyin

shoir ko`p yillar mobaynida  bo`lajak turkum uchun materiallar yig’adi, bir

necha marta Qoraqalpog’istonga boradi, qardosh xalqning hayotini,

madaniyatini, adabiyotini o`rganadi. Shu maqsadda 1957-yili “Qoraqalpoq

daftari” maydonga keladi. 20 she`rdan iborat bo`lgan bu turkum  qardosh

xalqning bugungi hayoti va odamlari haqidagi yaxlit poetik qissadir.

“Qoraqalpoq daftari” haqiqiy poeziyaning ashaddiy dushmani bo`lgan

ritorikadan, quruq suxandonlikdan sun`iy yaltiroqlikdan, bachkana

balandparvozlikdan xoli. Shoir har bir she`rida shunday poetik obrazlar,

shunday detallar ishlatadiki, ular tufayli biz hayotning ulug’ haqiqatlarini

chuqurroq bilib olamiz, hayotning shu pay  tgacha  bizga  ko`rinmagan

tomonlarini ko`rib, uning go`zalligini, nafosatini his etamiz. Shu ma`noda

“Qoraqalpoq daftari” ga kirgan qariyb har bir she`rni poetik kashfiyot deb

atash mumkin.




35

“Qoraqalpoq daftari” turkumiga  Mirtemirning “Surat” degan ixcham

lirik qissasi ham kiradi. Shoir poemalari ichida ana shu asar alohida ajralib

turadi. Bu lirik qissa Mirtemirning inson ruhini butun murakkabligi bilan

tasvirlay olishidan, “qalb dialektikasi” ga chuqur kira olganidan  dalolat

beradi. Poema yaxlit syujet chizig’iga  ega emas, balki qahramon

kechinmalarini ifodalaydigan ayrim-ayrim lirik lavhalardan tashkil topgan.

Ammo bu lavhalardagi hislar, tuyg’ular shu qadar tiniq, shu qadar aniq  va

tabiiyki, ular birgalikda qahramonning hayot yo`lini ham, boshiga tushgan

og’ir sinovlarni ham, uning ma`naviy go`zalligini ham yoritib beradi.

Mirtemir o`zbek tarjima maktabiga ham o`zining beqiyos hissasini

qo`shgan. A.S.Pushkinning she`rlari va “Ruslan va Lyudmila” ertagini,

M.V.Lermontovning “Ismoilbek”, “Savdogar Kalashnikov haqida qissa”,

N.A.Nekrasovning “Rusiyada kim yaxshi yashaydi?” dostonlari

Sh.Rustavilining “Yo`lbars terisini yopingan pahlavon” dostonini,

(A.Umariy bilan hamkorlikda) Genrix Geyne, M.Gorkiy, Pablo Neruda,

Nozim Hikmat, Abay Mahtumquli, Berdaq, Samad Vurg’un asarlari va

“Manas” qirg’iz eposining 1-kitobini o`zbek tiliga mahorat bilan o`girib,

adabiyotimiz xazinasini tarjima asarlari bilan boyitgan. Mirtemir 2002-

yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan  taqdirlangan.




Yüklə 214,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin