Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 533
w www.oriens.uz May 2022 mlrd.dan ortig‘i norasmiy iqtisodiyotda ish bilan banddir. Bular, jami ish bilan
bandlarning 62 %ni tashkil etadi. Norasmiy ish bilan bandlik past rivojlangan
mamlakatlarda 90,0 %ga yaqinni, o‘rta rivojlangan mamlakatlarda 67,0 % va
rivojlangan mamlakatlarda 18,0 % atrofida tashkil etadi. Yoshlarni ish bilan
bandlikni ta’ minlovchilarni rag‘batlantirish inqirozli holatlarni ijtimoiy va
iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish uchun zarurdir. Bunday choralar samarali
muloqot asosida inqirozga qarshi choralarni adolatli, samarali bo‘lishi va bevosita
ishtirokchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga
oshirilishi lozim. Tahlikali vaziyat ish beruvchilar, xodimlar va hukumat o‘rtasida
samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy sheriklik jarayoniga norasmiy ish
bilan bandlarni ham jalb etish imkonini beradi.Xalqaro mehnat meyorlari barchani
qamrab olishga qaratilib, inson huquqlari, imkoniyatlar tengligi, har kimning sog‘lig‘i
holatini e’tiborga olgan holda hech kamsitishlarsiz adolatli siyosat olib borishga
xizmat qiladi. Bu esa asosan inqirozlarga norasmiy iqtisodiyotni inobatga olgan holda
samarali qarshi kurashish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy
ma’lumot- lariga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,7 mln kishi
band bo‘lib, ulardan 5,8 mln kishi rasmiy va 7,9 mln kishi norasmiy sektorda, shu
jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda.Norasmiy
iqtisodiyotdagi ish bilan bandlar hamda korxonalar pandemiya sharoitida inqirozga
uchrashi mumkin bo‘lgan eng zaif qatlam hisoblanadi. Ushbu qatlamni qo‘llab-
quvvatlamaslik mehnat bozori inqirozga yuz tutishi hamda kambag‘allik darajasini
oshishiga olib kelishi mumkin. Moliyaviy texnologiyalar, kasaba uyushmalari, ish
beruvchilar, biznes vakillari hamda mahalliy hokimiyatlar hamjihatlikda ishni tashkil
e tishi orqali norasmiy ish bilan bandlarni qamrab olishi mumkin. Munosib
rag‘batlantirish imkoniyatlari, texnik ko‘maklashish qisq va uzoq muddatda norasmiy
korxonalarni rasmiylashtirish imkonini beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va o‘rta korxonalarda norasmiy
iqtisodiyotni
qisqartirish
chora-tadbirlari
oqibatlarini
yumshatish
ushbu
korxonalarning norasmiy sektorga yana qaytishini oldini olish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. 2020-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni
soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2020-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish
bo‘yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida ro‘yxatga olish tartibi
joriy etilgan edi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni