Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 534
w www.oriens.uz May 2022 o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar, bazaviy
hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘laydi. Ushbu summa to‘liqligicha
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Shundan kelib chiqqan
holda YaTTlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi
aniqlanadi .
Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining aynan ishsizlik muammosini hal
etishga qaratilgan chora-tadbirlari bu borada qator ijobiy natijalar bermoqda. Ayniqsa,
ishsiz yoshlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlashga yunaltirilgan ishlar haqida alohida
to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Xususan, “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi
yurtboshimiz topshirig‘iga asosan hokimliklar, sektor rahbarlari va mutasaddi
tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 2020-yilning
I-choragi natijalariga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 25 mingdan ziyod gektar yer
maydonlari yoshlarga ajratildi. Jumladan, 1277 ga. sabzavot, 1787 ga poliz, 10296
ga dukkakli ekinlar, 7727 ga boshoqli don ekinlari va 391 ga kartoshka ekish uchun, 3
866 ga esa bog‘ yaratish uchun ajratib berildi.
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri – ishchi
kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya’ni ish bilan band
bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi
marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida
yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.
2020- yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz tomonidan
imzolangan “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning
mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi
bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ham
aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini
amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat
kasb etadiPrezidentimiz qaroriga asosan, ushbu loyihalar ijrosini ta’minlash uchun
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish
jamg‘armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 150
milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Bu chora-tadbirlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, iqtisodiyot
rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o‘sishiga mustahkam zamin
yaratmoqda.Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularing
mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda
shartli ravishda ikki katta guruhni -o‘quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib
ko‘rsatish mumkin.