Amaliy mashg‘ulot: Alisher Navoiyning Pahlavon Muhammad
ijodiga bergan ta’rifi. Bastakorning ijodiyotida naqsh, savt, kavl,
so‘fiya, amal janr va shakllardagi ijodi. Bastakor asarlarining
«Chohorgoh», «Segoh», «Panjgoh» va shunga o‘xshash nomlar
bilan atalishida, maqom yo‘llariga yaqinligi. «Holoti Pahlavon
Muhammad» asari bayoni asosida Alisher Navoiyning musiqa
borasidagi bilimining aks etilishi.
Darvish Ali Changiyning risolasi bilan tanishib chiqish. Risolada
keltirilgan bastakorlar va sozanda-xonandalarning ijodini o‘rganish va
iboralar, asarlar nomi, turkumlik jihatlari, janrlarga xoslik jihatlarini
aniqlab bayon etish. Bastakorlar tomonidan musiqa ijodiyotining
qaysi turlari bilan shug‘ullanganliklari xususida munozaralar olib
borish.
Tayanch so‘zlar: Darvish Ali Changiy, musiqiy risola, bastakor,
sozanda, maqom, «Shashmaqom», usul, sho‘ba, advor, tanbur,
g‘jjak, ud, mutrib.
Nazorat savollari
1. O‘rta asrlar musiqiy risolalaridagi o‘z davrining bastakorlik san’ati
haqida so‘z yuriting.
2. Darvish Ali Changiyning «Musiqa risolasi»da bayon etilgan
bastakorlar va ularning ijodi xususida fikr yuriting va hozirgi
musiqa ijodiyoti bilan nazira qiling.
3. Darvish Ali Changiyning musiqa rivojiga qo‘shgan hissasini qanday
izohlaysiz?
4. Risolada keltirilgan musiqiy janrlar bilan hozirgi davr janr va
shakllarining umumiylik jihatlarini so‘zlab bering.
5. Amir Temur va Temuriylar davrining musiqa rivojidagi o‘rni.
6. Alisher Navoiy asarlarida musiqa ilmi, amaliyoti va bastakorlik
ilodiyoti qanday yoritilgan?
27
II bob
. O‘ZBEK BASTAKORLIGIDA MAHALLIY
USLUBLAR
«Bastakor» iborasi fors-tojik so‘zlar birikmasidan hosil bo‘lgan
bo‘lib, «basta» – bog‘lash, «kor» – ish, mashg‘ulot degan ma’nolarni
bildiradi
1
. Musiqada bastakor – mumtoz musiqa yo‘nalishlarida,
uslublarida badiiy asar yaratgan ijodkorlarga nisbatan qo‘llanilib
kelinadi. Tarix davomida bastakorlar, ya’ni musiqa ijodi bilan
shag‘ullangan ijodkorlar turli davrlarda va o‘zgacha nomlar
bilan atalib kelingan. Jumladan, «O‘zbek va tojiklar – bastakor
(shuningdek, ohangdon, navosoz va b.), ozarbayjon, arman va
turklar – oshiq, qozoq va qirg‘izlar – oqin, kyuyshi, salsere kabi
atamalar ishlatishadi»
2
.
Bastakor iborasi negizida musiqa yaratuvchilik bilan bog‘liq bir
qator amallarni o‘zida mujassam etgan turlar mavjud.
Musiqa ijrochiligida mohirlikka erishib, faqat o‘z ijrosi va us-
lubida musiqa ijod etganlar ham uchraydi, (ayniqsa, hozirgi davrga
kelib bu yo‘nalish ancha ommalashgan
3
.
Bastakorlik ijodiyotida kuy bastalash bilan birga ushbu kasbning
xususiyati bilan bog‘liq yana bir qator jihatlarni aks etuvchi amal-
larni qamrab oluvchilar ham mavjud. Azaldan ushbu kasb egalari
ham xalq musiqa ijodiyotida o‘z o‘rniga ega ekanligi musiqiy riso-
lalarda bayon etilgan. Jumladan, A.Navoiy asarlarida zikr etilgan
«lahnpardoz», «nag‘mapardoz» so‘zlaridir.
Bastakorlikning turli an’analari asrlar osha ustoz-shogird an’analari
negizida kamol topib kelgan. Asarlarning turli so‘zlar bilan aytili-
shi yoki aksincha, cholg‘u yo‘llarining aytim yo‘llariga moslanishi,
aytim yo‘llarini cholg‘u ijrochiligida talqin qilish an’analarining
1
I. Akbarov. Musiqa lug‘ati. – T., 1987. 40-b.
2
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. B harfi. 38,39-betlar.
3
Jumladan, Nuriddin Hamroqulov, Ortiq Otajonov, Xayrulla
Lutfullayev va h.k.
28
barchasi ijrochilik amaliyoti va ustozlarning an’anasiga aylanganli-
gini e’tirof etish mumkin. Faqat har bir davr o‘z zamonasi va basta-
korlik ijodiyotining rivojlanish bosqichlari darajasida bo‘lganligi
muqarrardir. Eng muhimi, bastakorlik faoliyatining o‘ziga xos
tarkibiy qismlari, ijrochilik ekanligidadir. Bastakorlik ijrochilik me-
zonini yaratib beruvchi omil bo‘lsa, bastakorlik o‘z o‘rnida ijro-
chilik mezonlarini ta’minlovchi sifatida alohida ahamiyatga egadir.
Ijrochilik jarayoni sozandalik va xonandalikdan iborat bo‘lsa, uning
zaminida barcha cholg‘u dunyosi vositachi sifatida xizmat qiladi.
Bastakorlikning o‘zi ham ana shu jarayonlar, ya’ni ijrochilik va
cholg‘ular dunyosining rivojlanish jarayoni mevasidir. Bu jarayon
har bir xalq, millat va elatlar doirasida shakllanib, milliy qadriyatlar
asosida rivojlanib kelingan.
Ma’lumki, o‘zbek bastakorlik ijodi ham turli davrlar rivojini o‘tagan
va rivojlangan. Bastakorlikning keng qamrovliligi, keng ko‘lamliligi,
oddiy va marakkab jihatlar bilan sug‘orilganligida o‘ziga xos milliy
an’analarni mujassam etgandir. O‘zbekiston hududida o‘zining lokal
xususiyatlari doirasida 4 ta voha mavjud bo‘lib, o‘ziga xos mahal-
liy uslublar bilan ajralib turadi. Bular Buxoro-Samarqand; Xorazm;
Surxondaryo-Qashqadaryo va Farg‘ona-Toshkent uslublaridir.
Ko‘p asrlar davomida rivojlanib, kamol topib kelgan o‘zbek
bastakorlik ijodi, avvalo, xalqimizning ma’naviy dunyosiga mos
rivojlanish jarayonini o‘tganligini e’tirof etish lozim. Buning negi-
zida mukammal asarlar yaratilishi, ushbu sohada mahoratli basta-
korlar yetishib chiqqanini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, bastakorlik ijo-
dining keng qamrovliligi hamda ijrochilik amaliyoti bilan bevosita
uyg‘unligida soha keng ommalashib rivojlanganligini qayd etish
mumkin. Bu, albatta, bastakorlik ijodining janr jihatidan keng
qamrovlilikda, joy, makon va zamon an’analari asosida o‘sib-boyib
borishi hamda lokal xususiyatlarda rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Natijada, har bir vohaning o‘ziga xos lokal an’analariga asoslangan
mahalliy uslublari shakllanadi.
29
Odatda, muayyan vohaning ijtimoiy hayoti doirasida yuzaga kel-
gan barcha xarakterli xususiyatlari, qadriyatlari va an’analari ma-
halliy darajada ifoda etilgan jarayon mahalliy uslub deb yuritiladi.
Bu jarayon ko‘proq vohalarning so‘zlashuv tilida yaqqol namoyon
bo‘lib, odatga ko‘ra sheva iborasi bilan yuritilib kelinadi. Bu jarayon
musiqa va musiqiy an’analarda ham o‘z ifodasini topganligini alohi-
da e’tirof etish lozim. Bunga yorqin misol, bastakorlik ijodi ning eng
mukammal ko‘rinishi bo‘lgan maqom va maqom yo‘llarida yara-
tilgan musiqiy janrlardir. Chunonchi, har bir vohaning o‘ziga xos
musiqiy, ijroviy va ijodiy xususiyatlari mavjuddir.
Buxoro bastakorlik ijodi musiqa an’analarida yuzaga kelgan na-
munalar, ya’ni «Shashmaqom», o‘zining mukammalligi, shaklan,
tarkiban muayyan tizimga asoslanganligi bilan o‘zbek bastakorlik
san’atida yetakchi o‘rinni egallaydi. «Shashmaqom, – deb yozadi
maqomdon olim I. Rajabov, – maqom janrining taraqqiy etilgan eng
so‘nggi shakli sifatida, bastakorlik san’atining va yuqoridagi musiqa
risolalarida ko‘rsatilgan kuy turi va shakllarining rivojlantirilishi
natijasida yaratildi»
1
.
Xorazm mahalliy uslubi, avvalo, o‘zining qadimiyligi bilan aha-
miyat kasb etsa, mumtoz musiqa ijodiyotida yuzaga kelgan Xorazm
maqomlari, dutor maqomlari, suvoralari bastakorlik ijodining yor-
qin namunalari sifatida o‘zining vohaga xosligi va mukammalligini
ko‘rsatib turadi.
Dostları ilə paylaş: |