Amaliy mashg‘ulot: O‘zbek bastakorlik ijodiyotida mahalliy
uslublar talqini va o‘ziga xos jihatlari. Musiqiy namunalar orqali
mahalliy uslublarga xarakterli bo‘lgan jihatlarni ochib berish.
Mahalliy uslublar negizida bastakorlik ijodiyotida qo‘llaniladigan
musiqiy iboralar, usullarning o‘ziga xosligi va turkumli asarlarda
yetakchi hisoblangan «Saraxbor», «Tani maqom» kabi asarlarni
tinglab vohaviy xususiyatlari tavsifini o‘rganish.
Buxoro-Samarqand, Xorazm, Surxondaryo-Qashqadaryo va
Farg‘ona-Toshkent mahalliy uslublariga xos musiqiy namunalar
bilan tanishish.
Tayanch so‘zlar: voha, mahalliy, lokal, uslub, maqom yo‘llari,
turkum, suvora, katta ashula, cholg‘u yo‘llari.
Nazorat savollari
1. O‘zbek bastakorligida qanday mahalliy uslublar mavjud va ularga
tushuncha bering.
2. Mahalliy uslublarning o‘ziga xos jihatlari va janrlaridagi uyg‘unlik
hamda janrlar ko‘lami.
3. Mahalliy bastakorlik maktablar namoyandalari, ularning hayoti va
ijodi xususida nimalarni bilasiz?
4. Xorazm, Buxoro va Farg‘ona bastakorlik maktablari namoyandalarini
sanab o‘ting?
Madrahim Sheroziy va Mulla To‘ychi Toshmuhamedov.
34
2.1. BUXORO-SAMARQAND BASTAKORLIK
MAKTABI
Buxoro-Samarqand bastakorlik maktabi o‘zbek xalqining
mumtoz musiqa merosining eng mukammal janri bo‘lgan maqomlar
yaratilishida asosiy zamin bo‘lgan. Buxoro maqomlari ta’sirida
o‘zbek mumtoz musiqa ijodiyotining boshqa vohalarda shakllanishi
va rivojlanishi, turli janrlarga ta’siri va mumtozlik kasb etishini
alohida qayd etish lozimdir.
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoroning musiqa ijodiyoti va
ijrochiligi amaliyotida Mirzo Hidoyat, Mullaboy, Abdurahmonbek,
Abdulxayr Mahmud, Mirbobo, Mirvose’ kabi musiqa bilimdonlari
faoliyat olib borganlari xususida manbalarda ma’lumotlar zikr
etilgan.
Qayd etish joizki, maqom san’ati Markaziy Osiyo miqyosida
aynan Buxoroda shakllangan. Uning shakllanish jarayoni bir
qator o‘ziga xos xususiyatlar doirasida qaror topgan. Mukammal
asarlar turkumi yetuklik va mohirlik bilan ijro etilgan ijrolar
bir qator chig‘iriqlardan o‘tgandan so‘ng meros shaklida tarkib
topadi. Asarlarning tarkib topishida ijrochilik an’analarining
ta’siri beqiyosdir. Ijrochilik musiqiy merosning shakllanishida
bitmas-tuganmas ilhom manbayi sifatida muhim ahamiyat va
katta manba bo‘lib kelgan. Chunki bir-biridan o‘rnak, rang olib va
boshqa xususiyat va sifatlaridan bahramand bo‘lib, «O‘xshatish»,
«Savt», «Nazira», ilhomlanish, qayta ishlash, moslashtirish kabi
ijod uslublari orqali maqomlar va mumtoz musiqa namunalarining
shakllanishida alohida o‘rin kasb etib kelgan.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida yashab ijod
etgan va ustozona musiqasining bilimdoni sifatida tarixga nomi
bitilgan san’atkor, maqomdon hofiz Ota Jalol Nosirov Buxoro
bastakorlik maktabining yorqin namoyandalaridan biridir.
|