68
«Saqili Feruz shohi». 4. Segoh maqomina: «Saqili Feruz shohi»,
«Se usuli Feruz shohi», «Chor usuli Feruz». 6. Iroq maqomina:
«Birinchi muhammasi Feruz shohi», «Ikkinchi muhammasi Feruz
shohi». 7. Panjgoh maqomina: «Saqili Feruz shohi» bo‘lib, jami o‘n
uch nag‘ma bog‘lagandur»
1
.
XIX asr oxiri va XX asr boshlari Xorazm bastakorlik maktabining
yirik namoyandalari sifatida Matyoqub Xarratov, Matyusuf Xarratov,
Matpano Xudoyberganov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Safo
Mug‘anniy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov kabi san’at
namoyandalarini keltirish joizdir. Avvalo, ularning ijodi asosan
maqom va maqom yo‘llariga xos hamda suvoralar ijodiyoti bilan
bog‘liq.
XX asr ikkinchi yarmi va XXI asrda Xorazm xalq bastakorlik
san’atida o‘ziga xos rivojlanish sezilmoqda. An’anaviy musiqada
o‘zlashtirish jarayoni kechayotgan bo‘lsa, xalq bastakorligida
zamonaviy milliy estradaga e’tibor sezilmoqda. Xonanda bastakorlar
ijodi o‘ziga xos ravnaq topayotganligini kuzatish mumkin. Jum-
ladan, Otajon Xudoyshukurovning bastakorlik ijodida 300 ga yaqin
musiqiy namunalar yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: