Sport fiziologiyasi fanidan ma’ruzalar matni Ma’ruza Kirish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/35
tarix17.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#61710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
спорт физ

Uzok muddatli adaptatsiya organizmga muxit omillarning uzok vakt davomida yoki kup kayta ta’sir etishida asta-sekin shakllanadi, ya’ni adaptatsiyaning bu turi oldindan shakllangan tayyor mexanizmlarga ega bulmaydi. Odamdagi adaptatsiyani urganish yashash sharoitiga moslashishning samarali choralarini aniklashga yul ochadi. Adaptatsiyani aktiv va passiv tiplari fark kiladi. Aktiv adaptatsiyada organizm atrof - muxit ugarishlari tuplamiga, atmosfera bosimi uzgarishi, yukori xarorat va kuesh
nuri ta’siri va boshkalarga faol moslashadi. Passiv adaptatsiyada organizm tashki omillar ta’sirida yuzaga kelgan ichki muxitdagi buzilishlarga moslashadi. Masalan, xarakat etishmasligi gipokineziya, vaznsizlik xolati va shunga uxshash sharoitlarda passiv adaptatsiya kuzatiladi. Uxshash bulmagan omillarning zararli ta’sirlariga organizmning bunday moslashishi passiv adaptatsiya nomi bilan ataladi. Dezadaptatsiya organizmning tashki va ichki muxit omillari ta’sirida moslashishning buzilishidir. Bunday xolat organizmga juda kuchli yoki gayriodatiy ta’sir bulganida yuzaga keladi. Masalan, muskulning shiddatli faoliyatiga moslashgan yukori malakali sportchiga beriladigan ish xajmi xaddan tashkari oshirib yuborilsa yoki mashk kilish tartibi
xaddan tashkari tezlashtirib yuborilsa, sportchi ish kobiliyatining tiklanishi uchun zarur vakt etarli bulmasa, dezadaptatsiya yuzaga keladi. Readaptatsiya - organizm funksiyalari va strukturasining tashki muxit sharoitlariga kayta moslashish jarayoni. Sportchi dezadaptatsiyadan keyin kaytadan oldingi sharoitda mashk kila boshlasa, unda ayni sharoitda jismoniy ish bajarishga moslashish kuzatiladi, ya’ni readaptatsiya xosil buladi. Deadaptatsiya - moslashish reaksiyasining erishgan darajasini saklash uchun etarli bulmagan, kam xajmli ishlar bilan shugullanish yoki mashk kilishni butunlay tuxtashi adaptatsiyaning yukolishiga, ya’ni deadaptatsiyaga olib keladi. Bushalgan bu strukturalar organizmning boshka sistemalari uchun zarur buladi, natijada muxit ta’sirida bir adaptatsiyadan boshka adaptatsiyaga utiladi.
Umumiy adaptatsiya sindromi.

1936 yili Kanada fiziologi Gans Sele tomonidan yashash muxitning uzgarishlariga nospetsifik moslashish mexanizmi yuzaga kelgan va umumiy adaptatsiya sindromi deb nom olgan..Bunda ancha katta kuchdagi yokimsiz omillarga,ya’ni stressni xosil kiladigan omillar, salbiy ruxiy kuchlanishlar(kurkish,gazab,achchiklanish)eniy ijobiy(tusatdan kuvonchli xabar eshitilishi) ruxiy kuchlanishlarga javoban yuzaga keladigan fiziologik ximoya reaksiyalyarining tuplami eki organizmning funksional kuchlanish xakidagi tushunchani yuzaga chikargan edi.


Nospetsifik ximoya reaksiyasining uyushtirilishida buyrak usti bezlarining pustlok kismi gormonlari-kortikosteroidlar va miyaning pastki kismi AKTGlari(adrenokortikotrop gormoni) asosiy axamiyatga ega bulib,moslashish reaksiyasini gipotalamus orkali boshkariladi.
Bir xil stressga turli odam xar xil javob beradi.Uzini boshkara oladigan asab sistemasi bardoshli odam ruxiy eki jismoniy stressni sovukkonlik bilan kabul kiladi,unchalik xotirjam bulmagan kishi kattik bezovlanadi. Umumiy adaptatsiya sindromi zta boskichga ega buladi:
1.Xavf-xatar boskichi.Bu boskiya ikkita pogonaga bulinadi:shok va shokka karshi.SHok pogonasi bevosita ta’sirdan keyin vujudga kelib ancha kiska muddatli buladi. Bu pogonada MNS faoliyati susayadi,muskul tonusi va AB pasayadi,oksillar parchalanishi kuchayadi,konda glyukoza mikdori kamayadi,konga gipofizning AKTG-ni kup mikdorda tushadi.SHok pogonasi shokka karshi pogonasi bilan almashiniladi. Bu pogonada yukorida
kursatilgan uzgarishlar xammasi aksincha sodir buladi.Bu jaraenlarning sodir bulishiga AKTG ta’sirida konda glyukokuortikoidlar kuchaishi asosiy sabab buladi.
Agar stress kuchi juda katta bulsa shok pogonasi eki shokka karshi pogona boshlanishida ulim yuzaga kelishi mumkin.
Agar stress kuchi uncha yukori bulmasa shok pogonasi urniga birdaniga shokka karshi pogona yuzoga keladi,bunda organizmning ximoya
kuchlari safarbar eiladi shundan kein chidamlilik boskichi yuzaga keladi.Uning muddati stressni davom etishiga va kuchiga boglik buladi.
2.CHidamlilik boskichi nospetsifik sistemalar reaksiyalarining kushilish natijasida bulib,stressorning uzok vakt(yoki kup marta) ta’sir etishi okibatida yuzaga keladi.Sressorga organizm karshiligining ortishi mazkur boskich uchun xos buladi..Bunda organizmning boshka sressorlarga karshiligi xam ortishi mumkin(nospetsifik chidamlilik),lekin u kupincha pasayadi.Bu boskichda xavflanish boskichiga xos bulgan morfologik va bioximik uzgarishlar yukoladi.Agar stresni kuchi va davom etishi uzok vakt davom etsa okibatida tolikmish boskichi yuzaga keladi.Bunda chidamlilikni bundan ortik ushlab turish imkoniyati bulmaydi.Bu boskichda xaf-xatar boskichiga xos bulgan uzgarishlar kaytadan yuzaga keladi va organizmning xar kanday stressga chidamliligi pasayadi.
3.Tolikish boskichi nospetsifik sistemalar reaksiyalarining tuplami bulib,stressorning xaddan tashkari uzok vakt ta’sir etishi okibatida rivojlanadi.Bunday xolatda,stressor ta’siri uchun oldin ishlashgan chidamlilikni bundan ortik ushlab turish imkoniyati bulmaydiBu boskichda xaf-xatar boskichiga xos bulgan uzgarishlar kaytadan yuzaga keladi va organizmning xar kanday stressga chidamliligi pasayadi.Tolikish kupincha ulim bilan tugaydi.Atrof muxitga va uning zararli
omillariga organizmning tez moslashishi spetsifik va nospetsifik yullar bilan yuzaga keladi,lekin bu moslashish kiska muddatli buladi.
YAshash muxitining uzgarishlariga organizmning tezlik bilan yuzaga kelgan maxsus bulmagan adaptatsiya 1936 yili Kanada fiziologi Sele tomonidan ochilgan va umumiy adaptatsiya sindromi nomini olgan nospetsifik moslashish uning mexanizmi katta axamiyatga ega. Masalan kuchli charchashda ovkat xazm bulish funksiyasi susayadi. YUkori xarorat ta’sirida xam shunday buladi.

Jismoniy ishlarga moslashish mexanizmi


Jismoniy ish –odamga ta’sir etuvchi tabiy omildir.Xarakat faolligi xayot faoliyatining ajralmas kismi ekanligi,xama kishilar xam uzok vakt davomida shiddatli muskul ishini bajara olish mumkin.Bunday ish kobiliyatiga uzok vakt davomida muntazam mashk kilish,adaptatsiya kilish natijasida erilishadi.Bujarayon,asosan shiddatli muskul faoliyati bilan boglik bulgan kishilarda,ya’ni sportchilarda kuzatiladi. Sport faoliyatidagi adaptatsiya uzining kup boskichligi bilan kishining boshka soxa faoliyatiga moslashishdan fark kiladi.,chunki sport faoliyatida,tobora murrakablashib boradigan sharoitdaga adaptatsiya kilinadi.Bunday adaptatsiya odam organizmni oldiga aloxida talablar kuyadi.


1.Jismonan chinikkan sportchi bajara oladigan shiddatli va uzok muddatli ishni chismonan chinikmagan kishi bajara olmaydi.
2.Jismonan chinnikkan sportchining tinch xolatida,ulchamli ish va ogir ish bajarilsa,fiziologik sistemalar tejamlilik bilan ishlaydi.Maksimal xajmdagi jismoniy ishlarni bajarishda funksional sistemalarning faoliyati juda yukori darajada kutariladi.,lekin jismonan chinikmagan kishining fiziologik sistemalari u darajaga erisha olmaydi.Masalan,chidamlilika chinikayotgan yukori malakali sportchilarning tinch xolatida yurakinining bir dakikadagi kiskarish soni 30-50 marta buladi(bradikardiya), nafas olishi bir minutida6-10 marta bulib,kislorod uzlashtirilishi 10-12% ga kamaygan buladi.
Utta shiddatli jismoniy ishlarni oxirgi imkoniyati bilan bajarishda yukori malakali sportchilarda kon aylanig,nafas olish sistemalari sport bilan shugulanmaydigan kishilarga nisbatan ancha kuchli safarbar etiladi.Masalan:yukori malakali sportchilarda kislorod uzlashtirilishi xar dakikasiga 1 kg vazniga 90 ml ga etadi,sport bilan shugullanmaydiganlarda esa,bu kursatkich 45 ml ni tashkil etadi,konning dakikalik xajmi yukori malakali sportchilarda 42 litrgacha boradi,jismonan chinikmaganlarda esa,20-25 litrgacha buladi.Maksimal kislorod karzi sportchilarda 25 l gacha etishi mumkin,sport bilan shugullanmaydiganlarda xammasi bulib 5,6 l gacha boradi.YUkori malakali sportchilarda simpatik adrenal sistema reaksiyasi xam,sport bilan shugulanmaydiganlarga nisbatan juda kuchli buladi.
3.Jismoniy ishlarga chinikkan organizm fakat shiddatli muskul ishiga emas,balki xayot faoliyatida buladigan xar xil zarali ta’sirlarga xam ancha chidamli buladi.
Jismoniy ishlarga adaptatsiyani ta’minlovchi sistema uzok muddatli va shiddatli ishni yuzaga keltiradigan xar kanday omilning birinchi ta’sir etishidayok shakllana boshlaydi. Ishni bildiradigan omil retseptorga ta’sir kursatishi bilan,unga javoban,tegishli afferent, motor va vegetativ markazlarda kuzgolish yuzaga keladi,endokrin bezlari funksiyasini jonlanishi orkali ayni xarakatni bajaradigan skelet muskullari va bu ishni energiya bilan ta’minlaydigan nafas,krn aylanish sistemalari safarbar etiladi.
Foydalanilgan asosiy adabiyotlar:



  1. Sport fiziologiyasi. I.G. Azimov.SH.S. Sobitov.Tashkent 1993

  2. Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar I.G. Azimov, A.K. Xamrakulov, SH.S.Sobitov,Toshkent,»Ukituvchi» 1992.

Kushimchalari:



  1. Fiziologiya cheloveka. Pod.obщ.red.prof. N.V. Zimkina, M. FiS 1975.

  2. Sportivnaya fiziologiya. Pod red.prof. YA.M. Kotsa.M.,FiS, 1986.

  3. Fiziologiya sporta. Farfel V.S. M.,FiS, 1960.

Problemы fiziologii sporta. Pod.obщ.red.V.S. Gippenreytra, M., FiS, 2003 g.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin