Tez axborot uslublari
Bajarilgan harakatning sifati mushaklar tarangligi kuchi, aniqligi, uzoqligi va x.k. haqidagi axborot.
Masalan: video yozuv, boksda, tennisda zarb kuchi, to‘p, snaryadining uchish tezligi yugurish, suzish va x.k. tezligi, tranish kuchi xaqidagi axborot. Bu yo‘nalishdagi uslublardan foydalanish quidagi imkoniyatlarni beradi:
1.xar qanday murakkab xarakatlarga urgatish. 2.tananing xar qanday qismiga tanlab ta’sir yetish.
yuklamaning oz - ozdan yeng yuqorisigacha qat’iy qismlarga bo‘lib olib borish. 4.ayrim harakat sifatlarini tanlov asosida takomillashguncha rivojlantirish.
2.2. Harakat faoliyatiga o‘rgatish uslublari
Harakatlarni yaxlitligicha qismlarga bo‘lgan holda ikki hil uslub bilan o‘rgatish mumkin yaxlitligicha o‘rgatish uslubi harakatni yaxlitligicha bir necha marta qaytarish yo‘li blina o‘rganiladi va takomillashtiriladi. Uslubni ijoboy tomoni shundaki, harakat texnikasi to‘laligicha yegallanadi, uning barcha qismlari o‘zaro bog‘liq holda o‘rganiladi, harakat tarkibi, uning ritmiga zarar yetmaydi.
Birinchidan, o‘rganilayotgan mashqni to‘laligicha bajarilganda murabbiy sportchi yo‘l qo‘yayotgan hatolarning barchasiga E’tibor beraolmay qoladi. Shuning uchun murabbiy asosiy ko‘zga ko‘ringan xatolarga E’tibor berib texnikadagi ayrim yetishmovchiliklarni ko‘rmay qolishi mumkin, ularni tuzatishga E’tibor bermasiligi mumkin.
Ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘laligicha(ko‘p marta) takrorlayverish ayniqsa o‘rganishning boshida sportchini tez charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu uslub odatda texnik jixatdan murakkab bo‘lmagan yoki qismlarga bo‘lganda texnikani qo‘pol ravishda buzilishiga olib keluvchi mashqlardan foydalaniladi. Masalan : to‘p tutish, tortilish va x.k.
Yaxlitligicha o‘rgatish metodi harakatni mustaxkamlash va takomillashtirishda ayniqsa yaxshi samara beradi. Yaxlitligicha bajarish uslubidan quyidagi ko‘rinishlarda qo‘llaniladi.
harakatlar qismlarini sekin asta ishlab borib qayta bajarish;
texnika qismlarga ishlov berish bilan bajarish
v) ko‘nikmani mustaxkamlash maqsadida bajarish.
g) o‘sib boruvchi kuchlanish yoki tezlik bilan bajarish (harakat tezligiga qarshilik, uni oshirish).
d) tashqi muhit (zal, maydon, tomoshabinlar, raqiblar va x.k) o‘zgargan sharoitda bajarish.
ye) tananing turli xatolari bajarish
Xarakatni qismlarga bo‘lib o‘rgatish uslubi
Tarkibiga ko‘ra murakkab bo‘lgan xarakatlarni qismlarga bo‘lib o‘rgangan ma’qul.Bu uslubda harkatlar tizimi nisbatan mustaqil qismlarga (tizimchalarga) bo‘linadi, ular alohida o‘rganiladi va keyinchalik bir butun qilib birlashtiriladi. Masalan : "Oldinga cho‘zilib dumalash".
Ijobiy tomonlari :
o‘rganish uchun lozim bo‘lgan qismga barcha yetibor qaratiladi;
xatoga yo‘l qo‘yilgan qismlarini qayta bajarilmaydi;
mashqni to‘laligicha bajarishga qaraganda kamroq charchaydi. Uslubning kamchiliklari :
uni xarakatlar kismga ajralmaydigan yoki ajralsa xam texnikaga putur yetadigan holatlarga qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan : bir oyoqni siltab va ikkinchisi bilan itarilib qo‘llarda turish.
mashqlarni xar qanday va xatto omilkorlik bilan qismlarga ajratish harakatning qaysidir hususiyatlarini (vaqt, kuch, ritmikliligi) yo‘qotishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |