Umumrivojlantiruvchi mashqlarning maqsadi va vazifalari:
-texnik tayyorgarlikda qurilish materiali rolini o‘ynovchi yordamchi vazifaga yega bo‘lgan, musobaqa mashqlari yoki maxsus mashqlarini bajarishni yaxshilashga yordam beruvchi ko‘nikma va malalalarni ijobiy ko‘chirish bo‘yicha shakllantirish, mustahkamlash yoki takomillashtirish uchun;
tanlangan sport turi bo‘yicha yetarli darajada rivojlanmagan sifatlarni tarbiyalash vositasi sifatida, ish qobilyatining umumiy darajasini oshirish uchun;
-faol dam olish sifatida qo‘llaniladi.
Sport mashg‘ulotlarining qo‘shimcha vositalari. Jismoniy mashq o‘z ahamiyatiga ko‘ra sportchini tayyorlash tizimida asosiy asosiy vosita hisoblansa, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari (quyosh, havo, suv) va gigienik omillar (shaxsiy va jamoa gigienasi) jismoniy mashqlarning samarali ta’sir yetishiga imkon beruvchi (ulardan to‘g‘ri foydalanilganda) qo‘shimcha vosita sifatida foydalaniladi.
Jismoniy mashqlar tasnifi. Tanlashga qulay bo‘lishi uchun jismoniy mashqlar o‘zlarining butun bir guruxiga xos bo‘lgan umumiy belgilarga ko‘ra tasniflanadi.
mashqlarning anatomik belgilariga ko‘ra tasnifi:
qo‘l mushaklari va yelka, bel uchun;
tana va bo‘yin mushaklari uchun;
oyoq va tos mushaklari uchun.
Harakat ifodaviyligi
Harakat yo‘nalishiga ishga jalb yetilgan mushaklar tarkibi bog‘liq. Bu mushaklarni mustahkamlash uchun mashqlar tanlashda muhim ahamiyatga yega.
Vaqt tavsifi
Ularga harakat davomiyligi, tezligi va uzviyligi mansub.
-harakatni davom yetish vaqti
Mashqni davom yetishi umuman uning tanaga ta’siri, yuklamaning kattaligini belgilaydi (yugurish, arqon bilan sakrash va x.k).
Ayrim harakatning davomiyligi barcha mashqlarga ta’sir yetishi mumkin.
Masalan: harakatning biror bir qismidaga yegilish yoki rostlanishning davomiyligini buzilishi butun mashqning bajarilmasligiga sabab bo‘ladi. Saltoni bajarishda guruhlashtirilmaganidan keyin yerta yoki kech ochilish yerga tushishda aniq bo‘lmasligiga olib keladi.
Harakat tezligi vaqt orlig‘ida harakat miqdorini belgilaydi. Siljish tezligi harakat tezligiga bog‘liq (yugurish, suzish, yeshkak yeshish va x.k) harakat tezligiga yuklamani kattaligi ham bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |