Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Fotosintez to‘g‘risida nazariyalar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə48/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

2.Fotosintez to‘g‘risida nazariyalar.

1779 yilda gollandiyalik vrach YA. Ingenxauz juda ko‘p marta Pristli tajribasini takrorladi va o‘simliklar faqat yorug‘likda havoni tozalaydi, qorong‘ida esa hayvonlar kabi havoni buzadi, degan xulosaga keldi. Shunday qilib, Pristli va Ingenxauzlar o‘simliklarda qarama - qarshi ikki xil jarayon mavjudligini aniqladilar. Lekin o‘simliklar uchun buni nima ahamiyati borligini tushunmadilar. Shveysariyalik olim J.Senebe 1782 yilda tajribalar natijasida o‘simliklar yorug‘likda kislorod ajratadi va shu bilan bir vaqtda buzilgan havoni (ya’ni CO2 ni) yutadi, degan xulosaga keldi. 1804 yilda shveysariyalik olim T.Sossyur o‘simliklarning yorug‘likda CO2 ni yutib o‘z tanasida uglerod to‘plashini aniqladi. U qabul qilingan karbonat angidrid va ajralib chiqadigan kislorodning nisbati bir-biriga tengligini, organik modda hosil bo‘lishi jarayonida karbonat angidrid bilan bir qatorda suv ham ishtirok etishini birinchi marta tajribalar asosida ko‘rsatdi. Fransuz agrokimyogari J.B.Bussengo 1840 yilda fotosintez sohasida qilinadigan ishlar natijalarini xar tomonlama tekshirib ko‘rdi va Sossyurning xulosalarini tasdiqladi, ilk bor fotosintezning shakliy tenglamasini tuzdi:


6C02 + 6H2O — C6H1206 + 602.
Yorug‘likning fotosintez jarayonidagi rolini aniqlash masalasi bilan amerikalik fizik Dj.U.Dreper, keyinchalik YU.Saks va V.Pfeffyerlar shug‘ullandilar. Ular fotosintez jarayoni yorug‘lik spektrining sariq nurlarida eng yaxshi sodir bo‘ladi, degan xulosaga keldilar. Lekin 1875 yilda yirik fiziolog olim K.A.Timiryazev bu xulosa xato ekanligini aniqladi.
Tajribalar asosida u eng kuchli fotosintez jarayoni xlorofill molekulasi yutadigan qizil nurlarda sodir bo‘lishini ko‘rsatdi. Shunday qilib, XUIII va XIX asrlarda yashil o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni va uning asosiy tomonlari aniqlandi: karbonat angidridning yutilishi, molekulyar kislorodning ajralishi, yorug‘likning zarurligi, xlorofillning ishtiroki va organik moddalarning hosil bo‘lishi.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin