Tabiiy fanlar fakulteti


Zaharli ayiqtovon –(Ranunculus scelratus L)



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə10/11
tarix15.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#113641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs guruh talabasi ning

Zaharli ayiqtovon –(Ranunculus scelratus L) tugmabosh, quyon o’t ham deb ataladi.Ushbu o‘simlik hayotiy shakliga ko‘ra bir yillik. Poyasi 20–45 sm, tuksiz kam hollarda yotiq tukli, tekis chiziqli, shoxlangan, to’pgulli. Pastki barglari qirqilgan, bo’laklari enli, uzunchoq yoki rombsimon, to’proq, yirik tishchali. Poyadagi barglari ham uch bo’lakka ajralgan yoki qirqilgan bo’laklari qalamsimon yoki nashtarsimon, uzunchoq parrak shaklida. Guldon poyasi tukli. Guli 710 mm enlilikda. Kosachabarglari pastga egilgan, tojbarglari uzun, 5–6 ta changchilariga teng yoki deyarli teng tig’simon. Mevasi 1–1,3 mm uzunlikda, juda ko’p, uzunchoq silindrsimon kallakcha yig’ilgan, yon tomonlari siqilgan, burmali, kalta, uchi o’tkir tumshuqchali. Aprel–Iyun oylarida gullab, mevasi yetiladi.
Kimyoviy tarkibi: tarkibida protonemanin bo’lgan efir moyli, saponinlar, 0,013% alkoloidlar, nitrobirikmalar: xolin, 4,2% oshlovchi moddalar, ko’marinlar, j–laktonlar.
Ahamiyati: sil, bosh og’rig’i, havo yetishmasligi, yurak bezovtaligi, assit, ich qotishi, teri kasalliklarida, saratonda ishlatiladi. Veternariyada otlarning yiringli va narkotik yaralarida qo’llaniladi. Antifungal va antibakteriostatik xususiyatga ega. Yer ustki organlari gomeopatiyada teri kasalliklarida, revmatezmda, gripda, tibit tabobatida shishlarda, assitda, bosh og’rig’i, genikologik kasalliklarni davolashda turli sho’rvalarga solinadi. Bargi hind tabobatida teri yiringli kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.

2.4. Oʻzbekiston olimlari yangi oʻsimlik kashf etishdi
Boysun togʻlaridan ayiqtovon turkumiga kiruvchi yangi oʻsimlik topildi va unga “Ranunculus tojibaevii” deb nom berildi.
Oʻzbekistonda soʻnggi 80 yilda ilk bor Ayiqtovon turkumiga kiruvchi yangi tur kashf etildi. Bu haqida Botanika Instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi mudiri (Phd) Ziyoviddin Yusupov Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar beridi.
Yangi kashf etilgan oʻsimlikka - “Ranunculus tojibaevii” nomi berildi. Mazkur oʻsimlik - Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ayiqtovon turkumini turi hisoblanadi (lyutik). Yangi tur hozir faqat Oʻzbekistonda uchraydi - bu xildagi oʻsimlik turlari endemik deyiladi va ayiqtovon turkumi boʻyicha Oʻzbekistonda yagona endemik tur hisoblanadi”, deydi Ziyoviddin Yusupov.
Oʻsimlik nomi - OʻzRFA Botanika institutida uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan va Oʻzbekistonda botanika sohasiga oʻzining mashaqqatli mehnati bilan ulkan hissa qoʻshgan akademik Komiljon Tojibayev Sharofitdinovich sharafiga qoʻyildi.
Aytish joizki, 2022 yil 1 aprelda OʻzRFA Botanika instituti Molekulyar filogeniya va Biogeografiya laboratoriyasi, Oʻzbekiston Florasi laboratoriyasi xodimlari hamda xalqaro botanik olimlar hamkorligida Botanika sohasida mashhur “PhytoKeys” jurnalida Ayiqtovon turkumiga mansub boʻlgan mazkur turning Oʻzbekiston hududidan topilganligi va uni toʻliq Oʻzbekiston florasi uchun noyob endemik tur ekanligi haqida maqola chop etildi. Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Maʼlumot oʻrnida, Ayiqtovon (Ranunculus) – ayiqtovon turkumiga mansub koʻp yillik va baʼzan bir yillik oʻsimliklar turkumi hisoblanadi. Barglari panjasimon boʻlma va oʻyma. Gullari sariq. Mevasi parcha, apokarp, quruq.
Mazkur turkumga kiruvchi Oʻzbekiston florasida topilgan eng oxirgi yangi tur 1941 yil aniqlagan edi. U “Ranunculus vvedenskyi” deb nomlangan edi.


XULOSA
Ushbu o‘simliklardan daraxtlarga archa, terak, tol, jiyda, olma. Butalarga oddiy maymunjon, itburun na‘matak, archasimon yulg’un. Chala butalarga– tuksiz mevali potrium, haqiqiy isiriq, tikanli kovul, shuvoq. Ko’p yillik o’tlarga dorivor qoqi, dala qirqbo‘g‘imi, dalachoy, tatar chuchmomasi, kesik to’ng’iztaroq. Ikki yilliklar guruhiga qora mingidevona, bangidevona, oqkarrak, sigirquyruq. Bir yillik turlarga–suvqalampir, oq sho’ra, qizg‘ish sho’ra, oddiy jag’-jag’, egilgan qizg’aldoq, dag’al kanop kabi turlarni o‘sishi kuzatildi.
3 Tanxozdaryo hududida olib borgan kuzatishlarimiz natijasida eng ko‘p tarqalib, o‘ziga xos formatsiyalar hosil qiladigan oilalarga bug’doydoshlar(Poaceae), qoqio’tdoshlar-(Asteraceae.) ayiqtovondoshlar- (Ranunculaceae), ra‘nodoshlar-(Rosaceae Juss), burchoqdoshlar-(Fabaceae), yalpizdoshlar(Lamiaceae Lind), gulxayridoshlar-(Malvaceae), ituzumdoshlar- (Solanceae) kabilarni ta‘kidlab o‘tish mumkin.

  1. Mavjud turlardan 32 turi dorivor Qizilmiya- (Glycirrhiza glabra),

Qirqmabarg moychechak, ramashka- (Matricaria recutita L), Oddiy sachratqi- (Cichorium intybus L) Dorivor tizimgul-(Verbena officinalis L), Dorivor gulxayri- (Althaea officinalis L), Oq baxmalgul- (Altha nudiflora L),kabilar.

  1. 27 turi yem–xashak, Oddiy oqkarrak-(Onopordon accenthium), Sariq qashqarbeda-(Melilotus offianalis L), Otquloq-(Rumex tianchanicus L),–

Yirikbarg zubturum, bargizub-(Plantago major.L), Oddiy jag’–jag’, achambiti (Capsilla bursa pastoris Medic), Yovvoyi sabzi-(Daucus carota L)

  1. 7 tur nodir o‘simliklar–Oddiy bo’ymadaron- (Achillea millefolium),

Olmoso’t, Severtsov ayiqtovoni (Ranunculus severtrovii), Oddiy dastirbosh-
(Tanacetum vulgare), Haqiqiy isiriq -(Peganum harmala), Tatar chuchmomasi(Ixiolirion tataricum) o‘sishi aniqlandi.
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki mavjud turlar orasida turli omillar ta‘sida inqirozga uchragan o‘simlik turlari mavjudligi kuzatildi. Salbiy ta‘sir etuvchi omillarga daryo atrofidagi maydonlarni mahalliy aholi tomonidan o‘zlashtirilishi, chorva mollarini ko‘plab boqilishi, bahor faslida bo‘lib turadigan suv toshqinlaridir.


Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin