Tabiiy fanlar fakulteti


Yuksak o`simliklarni bo`limlarga bo`linishi



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə3/11
tarix15.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#113641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs guruh talabasi ning

Yuksak o`simliklarni bo`limlarga bo`linishi.

  1. Riniyatoifa –Rhyniophyta

  2. Zoosteriofittoifa – Zoosterophyta

  3. Yo`sintoifa – Bryophyta

  4. Plauntoifa – Lycopodiophyta

  5. Psilottoifa - Psilotophyta

  6. Qirqbo`g’imtoifa – Eqvisetophyta

  7. Qirqquloqtoifa - Polypodiophyta

  8. Karag’aytoifa yoki Ochik urug’lilar – Pinophyta

  9. Magnoliyatoifa yoki gulli o`simliklar – Magnoliophyta, Anthophyta.

Yuksak o`simliklarning kelib chikishi.
Yusak usimliklar kelib chiqishi bo`yicha yashil suvo`tlarning eng qadimgilaridan hisoblanadi, Ularning kelib chiqishi va rivojlanishi ikki hil yo`nalishda, gametofit va sporofit nasl ustunligida bo`ladi. Ularni dastlabki ajdodlari tuban o`simliklar hisoblanadi. Ko`pchilik olimlar, qadimgi (proterozoy erasidagi) yashil suvo`tlari ularni dastlabki ajdodlari deb hisoblashadi. Bunga sabab shuki, qadimgi proterozoy erasida yashab so`ng yo`qolib ketgan yashil suvo`tlarda 2 xivchinli spermatozoidlarning bo`lishi aniqlangan. SHuningdek ularda xlorofill, xloroplastlar va boshqa pigmentlarning bo`lishidir. Ba`zi olimlar Yuksak o`simliklarning qadimgi ajdodlari deb hozirda bir muncha taraqqiy etgan qo`ng’ir suvo`tlarini ham keltirib o`tadi, lekin uni tasdiqlovchi, dalillar hozircha etarli emas.

1.2. MAGNOLIYATOIFA (YOPIQ URUG'LI) O'SIMLIKLAR
BO'LIMI - MAGNOLIOPHYTA, ANGYOSPERMAE
Ba'zi ilmiy manbalarda bu bo'lim urug'chili yoki ginetseyli o'simliklar deb ham yuritiladi. Magnoliyatoifalar deb atalishi esa so'nggi yillarda (A.L.Taxtadjan, 1966, 1980, 1987, 1997) qabul etilgan, gulli o'simliklarning kelib chiqishi va klassifikatsiyasi sohasidagi yangi ilmiy dalillarga asoslangan. Magnoliyatoifalar urug'li o'simliklarning ikkinchi bo'limi bo'lib, tanasining murakkab tuzilganligi, jinsiy ko'payishining o'ziga xosligi (gulning bo'lishi), turlar sonining va turli muhit sharoitlariga moslanuvchanlik imkoniyatlari juda katta bo'lganligi tufayli Yer sharida keng tarqalganligi bilan yuksak sporalilar va ochiq urug'li o'simliklardan keskin farq qiladi. Ular barcha yuksak o'simliklar orasida filogenetik jihatdan eng yoshi hisoblanib, barq urib rivojlanishi mezozoy erasi bo'r davrining ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. XX asrning boshida gulli o'simliklarning turlar soni 160 mingtagacha deb hisoblangan, asr o'rtalarida 200 mingdan ko'proq va hozirgi kunda esa 533 ta oila, 13000 ga yaqin turkumga mansub 25000 atrofida turlar mavjudligi aniqlangan.
Magnoliyatoifalar yoki gulli o'simliklar boshqa yuksak o'simliklardan vegetativ a'zolarining o'ta murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi. Ildizlari o'q ildiz, qo'shimcha ildizlaridan shakllangan popuk ildiz sistemasi, havodan nafas oluvchi va tayanch ildizlari bo'ladi. Ayrim hollarda ildizning tuganak bakteriyalari bilan birgalashib yashashi ham kuzatiladi (burchoqdoshlarda).
Magnoliyaloifalarning boshqa yuksak o'simliklardan farq qiladigan eng asosiy belgisi ularda maxsus jinsiy (generativ) ko'payish organining bo'lishidir. Barcha yuksak o'simliklardagidek ularning taraqqiyot siklida ham ikki faza (bosqich) mavjud: sporofit (diploid, jinssiz) va gametofit (gaploid, jinsiy). Tomchi suvli muhitga bog'liq bo'lmagan tarzda bu ikkala bosqich almashinib, gallanib sodir boiadi. Gul - metamorfozlangan poya va barglar kombinatsiyalaridan iborat bo'lib, poyaning kurtagi — g'unchadan rivojlanadigan generativ organdir. Gul tuzilishidagi quyidagi o'ziga xos belgilar magnoliyatoifalarni boshqa yuksak o'simliklardan keskin ajratib turadi:

  1. Urug'kurtaklari bir necha mevabarg (karpella)lardan iborat bo'lib, urug'chi tugunchasining ichida yopiq holda joylashgan.

  2. Chang donachalari to'g'ridan-to'g'ri urug'kurtak mikropilesiga emas, balki urug'chining tumshuqchasiga tushadi va o'rnashadi.

  3. Gametofitlar juda qisqargan, gametangiysi yo'q va gametofit bir necha marta bo'linish natijasida shakllanadi.

  4. Qo'shaloq urug'lanish sodir bo'ladi, spermiylardan biri urug'kurtak murtak xaltasi ichidagi tuxum hujayra bilan, ikkinchisi esa diploid xromosomali markaziy hujayra bilan qo'shiladi, natijada murtak va uni oziqlantiruvchi triploid endosperm to'qimasi hosil bo'ladi.

Gulli o'simliklarning urug'ida jamg'arma oziq moddalar nutsellusdayoq to'planadi va perisperm deb ataladi (chinniguldoshlarda), agar 2 urug'pallalilarda to'pianadigan bo'lsa (burchoqdoshlarda, qovoqdoshlarda, karamdoshlarda), u holda endosperm rivojlanmaydi. Magnoliyatoifalarning ko'payishi va rivojlanish siklida sporofilning ustunligi aniq ko'rinadi, gametofil bo'g'in esa nihoyatda qisqargan. Bundan tashqari, uning yana bir muhim xususiyati shundaki, ayrim hollarda ularning sporofitlari ham ikki uylidir. Masalan, Toldoshlar, Nashadoshlar, Chinniguldoshlar, Jiydadoshlar, Zarangdoshlar, hatto qoqio'tdoshlar va Palmadoshlarning ayrim vakillarida ham bunday holat kuzatiladi.
Qarag'aytoifalarda ikki uylilik nisbatan kamroq va uni sagovniklar, ginkgo, tiss. archalarda ko'rish mumkin. Gulli o'simliklarda ikki uylilikning ko'proq bo'lishi progressiv belgi, chunki chetdan changlanishning samaraliroq o'tishini ta'minlaydi deb tushuntiriladi.
Anatomik tuzilishiga ko'ra ham magnoliyatoifalar o'simliklar dunyosida eng yetuk va mutanosib murakkab tuzilishga ega o'sitmliklardir. To'qimalar har xil (10 dan ortiq) va o'ta differensiyalashgan, ayniqsa ksilema haqiqiy naylar (traxeya) dan iborat, ikkilamchi yo'g'onlashuv natijasida ikkilamchi to'qimalar ksilema, po`st periderma va po'stlar hosil bo'ladi. Bu xil tuzilish arxegonial o'simliklarning deyarli birontasida ham uchramaydi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin