Mavzu: aylantdoshlar (simaroubaceae lindl), zarangdoshlar (aceraceae juss), soxtakashtandoshlar (hippocastanaceae dc), naykosadoshlar (lythraceae jaumest hil) oilalarining dorivor turlari



Yüklə 6,6 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,6 Kb.
#201428
3-mavzu

Mavzu: aylantdoshlar (simaroubaceae lindl), zarangdoshlar (aceraceae juss), soxtakashtandoshlar (hippocastanaceae dc), naykosadoshlar (lythraceae jaumest.hil) oilalarining dorivor turlari.

Reja:


Aylantdoshlar (simaroubaceae lindl) oilasining dorivor turlari
Zarangdoshlar (aceraceae juss) oilasining dorivor turlari
Soxtakashtandoshlar (hippocastanaceae dc) oilasining dorivor turlari
Naykosadoshlar (lythraceae jaumest.hil) oilasining dorivor turlari

Aylantdoshlar (simaroubaceae lindl) oilasining dorivor turlari

  • Baland bo’yli sassiq daraxt—Alianthus altissima (Mill) Swingle.
  • Ko’p yillik, poyasi yuqori qismidan shoxlanuvchi, balandligi 20-30 sm. Bargi (30)-45-60-(80) sm uzunlikda, yaproqlari 11-25-(41) tagacha, ovalsimon uzun nashtarsimon. Gullari siyrak supurgisimon, uzunligi 20-30 sm har ikki jinsdagi gular shu joyda joylashgan. Tojbarglari yashilga moyil-sariq, 2,5-3,5 mm uzunlikda, mevalari qanotchali 3-4 sm uzunlikda.
  • May oyida gullab, iyul-avgust oylarida urug’lari yetiladi.
  • O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.
  • Tibbiyotda mevasi ishlatiladi. Mevasi tarkibida moy, achchiq moddalar, po’stlog’ida laktonlar, saporinlar, kumarinlar, oz miqdorda alkaloidlar, oshlovchi moddlar bor.

Aylantning kimyoviy tarkibi taninlar;
alkaloidlar;
saponinlar va sterollar;
simarubin lakton;
kumarin geterozidi;
ailantin va boshqa achchiq moddalar;
S vitamini;
efir moylari;
karotin;
uglevodlar.

Zarangdoshlar (aceraceae juss) oilasining dorivor turlari

  • Shakarli zarang—acer saccharinum L.
  • Ko’p yillik, balandligi 40 m bo’lgan ser shoh daraxt. Barg yaproqlari yarmigacha bo’laklarga bo’lingan, 6-12 sm uzunlikda va eni 5-10 sm, chetlari yirik tishli qirqilgan, bandlari qo’ng’ir qizil. Gullari ko’rimsiz yirik. Urug’ qanotlari 3,5-4 sm uzunlikda. Gullari barglaridan oldin ochiladi.
  • Aprel oyida gullab, iyunda urug’lari yetiladi. Respublikamizning hamma tuman va shaharlarida ekiladi.

Soxtakashtandoshlar (hippocastanaceae dc) oilasining dorivor turlari

  • Ko’p yillik, poyasi 30 m bo’lgan daraxt. Barglari qarama-qarshi joylashgan, panjasimon. Bandlari 15-20 sm. Yaprog’ining uzunligi 20 sm va eni 10 sm. Gullari yirik, 20-30 sm uzunlikda tik turuvchi shingilda joylashgan. Tojbarglari biroz bukilgan chetlari kipriksimon, och pushti, asosi sariq rangda.ko’ragi tikanli, 1-2 urug’lardan iborat.
  • Aprel-may oylarida gullaydi, avgust-sentyabr oylarida urug’lari yetiladi.o’zbekistonning hamma shahar va tumanlarida manzarali daraxt sifatida ekiladi.

Kashtanning kimyoviy tarkibi
Kashtan tarkibiga quyidagilar kiradi:
uglevodlar;
oqsillar;
yog'lar;
tola;
A vitamini;
b vitaminlari;
S vitamini;
taninlar;
pektinlar;
fosfor;
kaltsiy;
magniy;
titan;
kobalt;
ftor;
sink.
100 gr uchun xom kashtan kaloriyasi. 166 kkal. Qovurilgan yong'oq 100 gr uchun 182 kkalni o'z ichiga oladi
Kashtanning afzalliklari uning boy tarkibida yotadi. Yong'oqlari yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Ular tezda og'riqli yo'talni engillashtiradilar, bronxlarni tozalaydilar
Ular ishtahani yaxshilaydi va diareya bilan yordam beradi. Yong'oqlar diuretik ta'sirga ega va buyraklar faoliyatini normallantiradi.
Kashtan qon bosimini pasaytiradi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, varikoz tomirlarini engillashtiradi. Yong'oqlar gemostatik va yarani davolovchi ta'sirga ega. Ular terini kesish yoki kuyishdan keyin tiklash uchun ishlatiladi.
Kashtandan foydalanishga qarshi ko'rsatmalar:
buyrak etishmovchiligi;
oshqozondan qon ketishi;
hayz davrining buzilishi;
qandli diabet;
individual intolerans.
Kashtanning kunlik iste'moli 40 gr. Yong'oqni ortiqcha iste'mol qilish ovqat hazm qilish buzilishiga olib keladi:

Naykosadoshlar (lythraceae jaumest.hil) oilasining dorivor turlari

  • Oddiy naykosa (ko’k yo’ng’ichqa)—lythraceae salicaria L.
  • Ko’p yillik, poyasi tik o’suvchi, shoxlangan, balandligi 7-10 sm. Barglari qarama-qarshshi joylashgan, ayrim hollarda halqasimon joylashgan. O’troq uzun nashtarsimon. Gullari poya shohchalar uchida joylashgan. Kosachasi tomirli, 5-7 mm uzunlikda. Tojbarglari to’q qizil rangda.
  • Iyun-avgust oylarida gullab urug’laydi. Ariq va soylar qirg’og’ida, tog’ oldi tekisliklarida o’sadi, Toshkent, Xorazm, Samarqand, Surxon va Qoraqalpog’istonda tarqalgan.
  • Ildiz va gullaridan tayyorlangan qaynatmasi qon yo’qotishda, quturgan hayvonlar tishlaganda, og’riqni qoldiruvchi sifatida qo’llaniladi.

Yüklə 6,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin