Tabiiy fanlar fakulteti


I BOB. Ochiq urug’li o’simliklar va ularningklassifikatsiyasi



Yüklə 102,96 Kb.
səhifə2/7
tarix14.02.2023
ölçüsü102,96 Kb.
#84193
1   2   3   4   5   6   7
Tabiiy fanlar fakulteti

I BOB. Ochiq urug’li o’simliklar va ularningklassifikatsiyasi.
1.1. Ochiq urug’lilar va ularning umumiy tasnifi.

Ochiq urug`lilar qadimiy o`simliklar bo`lib, ularning qadimiy avlodlari toshko`mir davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug`li paporotniklar, bennettitlar, keytonlilar yo`qolib ketib, qazilma holda saqlanib qolganlar. Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda qarag`aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir.


Yer yuzida ochiq urug`lilarning hozir 660 turi mavjud bo`lib, asosan daraxt, qisman buta va liana turlari uchraydi.
Shoxlanishi monopodial bo`lib, poyasi kambiy va fellogen to`qimalarining faoliyati natijasida o`ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yugonlashish xususiyati bilan yopiq urug`li o`simliklarga yaqin tursada gistologi elementlaridan-tarxeyalardan tuzilganligi va o`tkazuvchi bog`lamlar yo`qligi bilan ulardan farq qiladi. Bargining tuzilishiga qarab ikki guruhga bo`linadi. 1. gr megofil linyasi bo`yicha poporotniklarga o`xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi bo`yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 yilda to`kiladi. Ochiq urug`lilar doimiy yashil o`simliklar bo`lib, ildizi-asosiy va yon ildizlardan iborat, mikoriza hosil bo`ladi.
Ochiq urug`li o`simliklarning xarakterli xususiyatlaridan biri urug` va urug` kurtakni ochiq bo`lishidir. Ularning urug`lari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. Urug`kurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo`lib, tashqi tomonidan intgument bilan o`rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug` rivojlanadi. Ochiq urug`lilarning muhim xususiyatlaridan biri spermatozoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo`lishi bu o`simliklarni suvsiz muhitida ham otalanishiga imkon yaratib beradi.
Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug’laridan ko’payadi. Ochiq urug’li o’simliklarning urug’lari gulli o’simliklarnikiga o’xshash meva ichida yoipiq holda emas , balki qubbalarining tangachalarida ochiq holda yetishadi. Ochiq urug’li o’simliklarga misol qilib archa, saur, qarag’ay, qoraqarag’ay, sekvoyadendron kabi o’simliklarni keltirish mumkin.
Archalar bo’yi 20 m gacha yetadigan , doimo yashil daraxtlardir. Tog’larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag’irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer bag’irlab o’sishga moslashgan turlari ham uchraydi.
Archalarning barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon yoki ignasimon.
Zarafshon archasi ikki uyli o’simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar hosil bo’lib, ularda juda ko’p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbalar deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0.5 -1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo’ladi.Bu qubbalar urug’kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug’chi qubbaning tangachalarida urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Changchi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi.
Urug’kurtakka tushgan chang donasining vegetativ hujayrasi o’sib chang nayini hosil qiladi. Generativ hujayradan hosil bo’ladigan hosil bo’ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayradan murtak, urug’kurtakdan urug’ rivojlanadi.
Urug’lanishdan so’ng urug’chi qubbani tashkil qilgan tangachalar texda o’sadi, yo’g’onlashadi va o’zlartidan ajralib chiqqan mum (smola) orqali bir-birlari bilan qo’shiliob, qubbani o’rab turuvchi etdor, yumshoq po’stga aylanadi.
Archaning urug’chi qubbalari urug’langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi.
O’rta Osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o’sadi, bulardan 3 tasi O’zbekiston tog’larida o’sadi (Zarafshon archasi, Turkiston archasi va Saur archa ). Bundan tashqari, shahar ko’chalarida, manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika.
Manzarali o’simlik sifatida yana Sharq sauri ham ekiladi. U tana va bargaining tuzilishi bilan archaga o’xshaydi, lekin yosh novdalarining o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis ochilishi bilan archalardan farq qiladi.
Qarag’ay turkumi qarag’aydoshlar oilasiga mansub bo’lib, yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o’sadi. Ular, asosan Shimoliy Yarimsharlarda tarqalgan. Yevropa, Osiyo va Amerikada katta- katta maydonlarda qarag’ay o’rmonlari mavjud.
O’zbekistonda qarag’aylar tabiiy holda o’smaydi. Ularning 10 ga yaqin turi O’zbekistonda eng yaxshi xushmanzara va yog’ochbop o’simlik sifatida ekib o’stiriladi. Oddiy qarag’ay bir uyli yorug’sevar, doimo yashil daraxt. Ochiq joylarda o’sgan tuplari juda ham sershox va salobatli bo’ladi. Barglari novdalarda 2 tadan bo’lib o’rnashgan, uzunligi 5-7 sm, och yashil rangli. Oddiy qarag’ay urug’idan yaxshi o’sadi.
Ochiq urug`lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va Kavkazda keng tarqalgandir. Ochiq urug`lilarnig kelib chiqishi, klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab bo`lmoqda. Barcha arxegonial o`simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq urug`lilargacha) tuxum xujayraning arxegoniyda hosil bo`lishidir.
Ochiq urug`lilarning taraqqiy etgan shakillarining hosil bo`lishi yopiq urug`lilarning hosil bo`lish davriga - devon davriga to`g`ri keladi. Ochiq urug`lilar quyidagi 3 ta sinfga bo`linadi. Sagovniklar, qubbalilar qobiqli urug`lilar.
Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag`aylar tartibiga bo`linadi.
Qarag`aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko`mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng tarqalgan. Yura davrida barq urib rivojlangan.
Qarag`aylarning 560 turi mavjud bo`lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo`linadi.
Qarag`aylar oilasi Pinaceae. Qarag`aylar oilasi vakillari MDH xududida keng tarqalgan o`simliklardir. Bu oilaga quyidagi turlar kiradi: oddiy qarag`ay - sosna, qoraqarag`ay - Yel, Tilog`och - list vennitsa, Oq qarag`ay - pixta, barglari qisqa ninasimon bo`lib, mutyovka shaklida yoki juft bo`lib joylashadi. Ildizi yaxshi rivojlangan bo`lib, yon ildizlar hosil qiladi. Qarag`ay bir uyli ayrim jinsli o`simlikdir.
Ochiq urug`lilarning ko`payishini oddiy qarag`ay Pinus sibirica misolida qurib chikamiz. Qarag`ay tabiatda keng tarqalgan bo`lib, bo`yi 50 m balandlikka yetadi, 400 yil hayot kechiradi. Sporafill erkak va urg`ochi qubbada hosil bo`ladi. Qubbalar bitta o`simlikda joylashadi. Uzunligi 4-5 sm, diametri 3-4 sm bo`lib, unda spiral ravishda mikrosporofill joylashgan bo`lib, chang hosil qilishga xizmat qiladi.
Mikrosporofill tuximsimon shaklda bo`lib, unda ko`p miqdorda mikrospora hosil bo`ladi. Mikrospora bir yadroli, tashqi tomondan intina va ekzina qavati bilan o`ralgan bo`lib, yonida 2 ta to`rsimon havo pufakchasini hosil qiladi. Mikrosporaning unishidan erkak gametofit - chang hosil bo`ladi. Mikrospora ikkiga bo`linib, undan ikkita xujayra hosil bo`ladi. (anteridiyli va vegetativ). Anteridiyli xujayra sperma hosil qilishga xizmat qilsa, vegetativ xujayra spermani tuxum xujayraga yetkazib beriishga xizmat qiladi.
Urg`ochi qubbalar yosh novdaning uchida joylashadi. Qubbaning asosiy o`qida tangachalar joylashgan bo`lib, unda ikkitadan urug`kurtak hosil bo`ladi. Urug`kurtak nutselus va integumentdan tuzilgan bo`ladi.
Nutselus tuxumsimon bo`lib, ustidan integument o`rab turadi. Nutselusning qubba o`qiga qaragan qismida chang kirishi uchun yo`l - mikropill joylashgan bo`ladi. Nutselus markazida dastlab bitta xujayra joylashib, unnig bo`linishidan 4 ta megospora hosil bo`lsa, undan 3 tasi xalak bo`ladi yoki undan endosperm hosil bo`ladi. Erkak qubbadagi chang urug`kutrakka tushib una boshlaydi. Dastlab changning ekzina qavati yorilib vegetativ xujayra chang nayini hosil qiladi. Ikkinchi xujayra anteridial xujayra 2 ga bo`linib, spermagenli xujayrani hosil qiladi. Spermagenli xujayraning bo`linishidan 2 ta sperma hosil bo`ladi. Bu sperma tuxum xujayrasini otalantiradi.
Ochiq urug`lilarning changlanishidan otalanishigacha 13 oy vaqt o`tadi. Undan murtak (2n) rivojlanadi. Murtakni rivojlanishi endospermdagi zapas oziq moddalar xiosbiga ro`y beradi.
Murtakda ilidzcha, poyacha va barga joylashgan bo`ladi. Murtakni tashqi tomonidan endosperma o`rab turadi. Urug`kurtak rivojlanib urug` hosil qiladi. Changlanish jarayoni o`tgandan keyin ikkinchi yil urug` yetiladi. Bu vaqtda qubbalar 4-6 sm uzunlikka ega bo`ladi. Shunday qilib, ochiq urug`lilar poporotniklarga nisbatan bir qancha belgilari bilan xarakterlanadi. Jumladan gametofit umuman mustakilligini yo`qotgandir, ular sporafitdan hosil bo`ladi. Otalanish suvsiz muhitda ro`y beradi.


Yüklə 102,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin